Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning birinchi o’rinbosarlari va o’rinbosarlarining namunaviy funktsional vazifalari TAQSIMOTI

 2017-09-14 11:57:22    21

PDF yuklash
Chop etish


 I. Umumiy qoidalar

 “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyat (shahar) hokimlari, ularning birinchi o’rinbosarlari va o’rinbosarlarining namunaviy funktsional vazifalari mazkur hujjat bilan belgilanadi.

Viloyat (shahar) hokimi viloyat (shahar)ning oliy mansabdor shaxsi bo’lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.

Viloyat (shahar) hokimi o’z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi va o’zi rahbarlik qilayotgan organning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir.

Viloyat (shahar) hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi oldida hisobdordir.

Hokim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlarga ega bo’ladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o’rinbosari hamda o’rinbosarlari hokim tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritiladi.

Hokimning o’rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo’qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o’rinbosar yoki hokimning topshirig’iga binoan uning o’rinbosarlaridan biri bajaradi.

Hokim, uning o’rinbosarlari boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 100-moddasiga asosan viloyat (shahar) hokimligi ixtiyoriga quyidagilar kiradi:

qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;

atrof-muhitni muhofaza qilish;

fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

 

II. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning birinchi o’rinbosarlari va o’rinbosarlarining vazifalari

 

Viloyat (shahar) hokimi

 

1. Quyidagilar viloyat (shahar) hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat (shahar) hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat (shahar)ni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;

Qonunlarning hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko’rsatishiga har tomonlama ko’maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;

viloyat (shahar)ni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, viloyat (shahar) byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini
va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashining sessiyasi tasdig’iga taqdim etadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda viloyat hokimining o’rinbosarlarini, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig’iga kiritadi;

hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi
va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida viloyat (shahar) tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan viloyat (shahar) Kengashi tasdigiga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma, kontsern, korxona
va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash bo’yicha respublika idoralariga takliflar kiritadi;

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimining qarorlariga zid bo’lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to’g’risida taqdimnoma kiritadi;

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining ishini nazorat qiladi;

Xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyat (shahar)ning rasmiy vakili sifatida ish ko’radi;

o’ziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o’tkazish, qo’shimcha korxonalar, xo’jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg’unlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi boshqa viloyat (shahar)lari, shaharlari
va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o’zaro munosabatlar o’rnatadi;

viloyat (shahar)dagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashining hamda viloyat (shahar) hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo’yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;

zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning xujjatlarini imzo qo’yib tasdiqlaydi;

olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashiga axborot beradi;

viloyat (shahar) huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;

yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o’zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko’radi;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni,
shu jumladan, ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya,  demarkatsiya va  redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat (shahar), tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida
o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Viloyat (shahar) hokimi o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat (shahar) hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

2. Viloyat hokimi quyidagi komissiya va Kengashlarga raislik qiladi:

viloyat (shahar)  hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya;

odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat (shahar) idoralararo komissiyasi;

narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining viloyat (shahar) hududiy komissiyasi;

geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha viloyat (shahar) hududiy komissiyasi;

viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi;

O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat filiali homiylik kengashi;

kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha viloyat (shahar) muvofiqlashtiruvchi kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

3. Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi viloyat tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi:

Milliy xavfsizlik xizmati viloyat (shahar) boshqarmasi;

viloyat (shahar) prokuraturasi;

viloyat (shahar) prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

viloyat (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (Yong’inga qarshi kurash, yo’l harakati xafvsizigi boshqarmalari);

viloyat (shahar) adliya boshqarmasi;

jinoyat ishlari bo’yicha viloyat (shahar) sudi, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat (shahar) sudi, viloyat (shahar) xo’jalik sudi;

viloyat (shahar) davlat bojxona boshqarmasi;

viloyat (shahar) favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;

viloyat (shahar) mudofaa ishlari boshqarmasi;

O’zbekiston advokatlar uyushmasi viloyat (shahar) vakili;

Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining viloyat (shahar) hududiy boshqarmasi.

 

Viloyat (shahar) hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik

masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

 

1. Quyidagilar viloyat (shahar) hokimining iqtisodiyot
va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini,
shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko’rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo’yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo’mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o’rtasida muloqot o’rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank
va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo’lga qo’yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish
va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsilashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag’ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti
va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini,
shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo’jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga,
shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish
va bartaraf etish;

qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo’jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o’rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo’yicha kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

turizmni rviojlantirish, turizm infratuzilmalarini shakllantirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish va chet davlatlarda hududning turistik salohiyatini keng targ’ib qilish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari
va xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik
va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot
va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

to’lov muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish
va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash viloyat (shahar) komissiya;

jazoni o’tash joylaridan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko’rsatish bo’yicha viloyat (shahar) hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasi;

harbiy xizmatga majburlarni zaxiralashtirish masalalari bo’yicha viloyat (shahar) komissiyasi;

Qurolli kuchlarda xizmat qilishga chaqiriluvchi yoshgacha bo’lgan va chaqiriluv yoshidagi yigitlarni tayyorlash holatini tekshirish va amaliy yordam berish komissiyasi;

tariflar va uy-joy kommunal xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlar Dasturi bajarilishini monitoringini olib borish viloyat (shahar) komissiyasi.

viloyat (shahar) pul-kredit siyosati komissiyasi;

kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha viloyat (shahar) muvofiqlashtiruvchi kengash;

 qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat (shahar) hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat (shahar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi;

viloyat (shahar) moliya boshqarmasi;

viloyat (shahar) G’aznachilik boshqarmasi;

Moliya vazirligi viloyat bo’yicha nazorat-taftish boshqarmasi;

byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi viloyat (shahar) boshqarmasi;

viloyat (shahar) davlat soliq boshqarmasi;

viloyat (shahar) statistika boshqarmasi

xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi;

viloyat (shahar) Mehnat boshqarmasi

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi;

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining hududiy boshqarmasi;

“O’zbekinvest” kompaniyasi, “O’zagrosug’urta” AJ, “Kafolat” AJ, “Madad” sug’urta agentligi viloyat (shahar) bo’limi va boshqa sug’urta kompaniyalari filiallari;

Markaziy bank viloyat (shahar) bosh boshqarmasi va barcha tijorat banklari hududiy bo’limlari;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalvrni rivojlantirish boshqarmasi;

“O’zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati viloyat (shahar) bo’limi;

“O’zbektelekom” kompaniyasi viloyat (shahar) filiali;

tovar xom-ashyo birjasi;

viloyat (shahar)dagi ulgurji sharob bazalari;

viloyat (shahar)dagi barcha avtodilerlar;

viloyat (shahar)dagi ulgurji savdo bazalari;

viloyat (shahar) bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi.

viloyat (shahar) “Hunarmand” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi viloyat (shahar) boshqarmasi.

 

Viloyat (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari

 

1. Quyidagilar viloyat (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o’ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar,
yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish va ularni keyinchalik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o’qish bilan to’liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o’quv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta’lim yo’nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko’rsatkichlarining hududlar bo’yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga
ega bo’lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’quv jarayoni sifatini, o’quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko’rish
va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o’zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko’rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg’or ko’nikmalariga o’rgatish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli
chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to’garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o’smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo’yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o’rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o’rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,
yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko’maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo’yicha
chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko’rish.

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish, xayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo’lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o’rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko’rsatish, sog’liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash
va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida  tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning
ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko’p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to’liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog’lom turmush tarzini, shu jumladan sog’lom ovqatlanishni targ’ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar
va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish, tug’ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo’lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to’laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

aholiga tashhis qo’yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo’lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar
va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el etakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko’lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o’rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko’rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalla fuqarolar yig’inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o’rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ’ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o’rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog’lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik
va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat
va qadriyatlarni saqlash, targ’ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash
va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash
chora-tadbirlarini ko’rish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ’ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o’rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan,
shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalarida ko’maklashish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat (shahar)lar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat (shahar) Kengashi;

O’zbekiston Respublikasining “Davlat  tili to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish viloyat (shahar) komissiyasi;

ommaviy tadbirlarni o’tkazish komissiyasi;

tanosil kasalliklariga qarshi kurashish viloyat (shahar) idoralararo komissiyasi;

favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish viloyat (shahar) komissiyasi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat (shahar) hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat (shahar) bo’limi Kengashi;

viloyat (shahar) xalq ta’limi boshqarmasi;

viloyat (shahar) O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi;

viloyat (shahar)dagi oliy o’quv yurtlari;

viloyat (shahar) hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi;

viloyat (shahar) Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi;

madaniyat va sport ishlari boshqarmasi;

Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi;

“Ma’naviyat va ma’rifat” targ’ibot markazi viloyat (shahar) bo’limi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat (shahar) bo’limi;

viloyat (shahar) kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;

viloyat (shahar) hokimligi huzuridagi Fuqarolar yig’inlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kursi;

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat (shahar) bo’limi;

Davlat Test markazi viloyat (shahar) bo’limi;

viloyat (shahar) matbuot boshqarmasi;

ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie);

“O’zbekkino” milliy agentligi viloyat (shahar) bo’limi;

Yozuvchilar uyushmasi viloyat (shahar) bo’limi;

Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat (shahar) bo’limi;

“Rassom” va “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmalari;

viloyat (shahar)dagi  Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari;

teatrlar.

 

Viloyat (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari

 

1. Quyidagilar viloyat (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo’jaligi xomashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish  dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash
chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyat (shahar) hududida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash;

ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko’rsatishiga har tomonlama ko’maklashishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmog’i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

o’ta muhim va toifalangan inshootlarning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qiluvchi hududiy idoralararo viloyat (shahar) komissiyasi;

toshqinga qarshi favqulodda komissiya;

yonilg’i-energetika resurslarini tejash bo’yicha viloyat (shahar) komissiyasi;

mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar
va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha maxsus komissiya;

yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyasi;

viloyat (shahar) hokimligining “O’zdavzahira” faoliyati bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat (shahar) hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi;

Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspektsiyasi viloyat bo’limi;

viloyat (shahar) Davlat ekspertiza boshqarmasi;

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

“O’ztarnsgaz” AK hududiy tashkilotlari;

viloyat (shahar) elektr tarmoqlari korxonasi;

viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi;

“Sinov va sertifikatlashtirish” davlat korxonasi;

O’zbekiston avtomobil va daryo tarnsporti agentligining viloyat bo’limi;

Aeroport;

mintaqaviy temir yo’l uzelining viloyat bo’limi;

kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) markazi;

“O’zavtoyo’l” AK hududiy tashkiloti;

“O’zdavneftegazinspektsiya” ning viloyat (shahar) bo’limi”

“O’zdavenergonazorat” inspektsiyasi viloyat (shahar) bo’limi;

Qora va rangli metallar tayyorlov idoralari;

“O’zneftmahsulot” kompaniyasi unitar korxonalari;

og’ir sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalari;

agrosanoat korxonalaridan tashqari sanoat korxonalari;

qurilish industriyasi korxonalari;

qurilish-montaj pudrat tashkilotlari;

loyihalash muassasalari;

transport tashkilotlari;

kommunal xo’jalik tizimi korxonalari;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.

 

Viloyat hokimining qishloq va suv
xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari

 

1. Quyidagilar viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko’rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash,   naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko’paytirish;

urug’chilik va selektsiya ishlarini rivojlantirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan sohaga oid hududiy komissiyalar va kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;

qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyalari;

gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi;

viloyat suv nazorat inspektsiyasi;

viloyat “Davsuvxo’jaliknazorat” inspektsiyasi;

don mahsulot korxonalari;

viloyat “Mashina traktor parklari birlashmasi” aktsiyadorlik jamiyati;

“O’zagrolizing” viloyat filiali”

“Hududiy paxtasanoat” AJ

“Davurug’nazoratmarkazi” viloyat bo’limi;

viloyat chorvachilikda naslchilik inspektsiyasi;

Davlat o’rmon xo’jaligi viloyat boshqarmasi;

viloyat er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;

“O’zdaverloyiha” viloyat filiali;

viloyat “Pilla” tashkiloti;

viloyat “G’o’za urug’chiligi” birlashmasi

“O’zagrokimyohimoya” AJ hududiy tashkiloti;

O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti viloyat filiali;

viloyat fermerlar kengashi;

viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi;

viloyat veterinariya boshqarmasi;

Respublika “Sifat” markazi viloyat bo’limi;

mintaqaviy paxta terminallari;

O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining viloyat (shahar) bo’limi;

viloyat o’simliklar karantini davlat inspektsiyasi;

“O’zdavdoninspektsiyasi” viloyat bo’limi;

viloyat “Davtexnazorat” inspektsiyasi;

viloyat (shahar)dagi fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, omuhta-em, yoqilg’i-moylash va mineral o’g’it shaxobchalari, “Agrotexservis MTP” MChJ

barcha yo’nalishdagi fermer xo’jaliklari.

 

Viloyat (shahar) hokimining jamoat va diniy tashkilotlar
bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari

 

1. Quyidagilar viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar
bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining viloyat (shahar)da joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini o’tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari
va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari  amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag’ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do’stlik printsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash
chora-tadbirlarini ko’rish;

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko’maklashish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha Hay’ati;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat (shahar) hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

O’zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat (shahar)dagi vakilligi
va viloyat (shahar)dagi boshqa  diniy tashkilotlar;

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi viloyat (shahar) bo’limi;

O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat (shahar) koordinatori;

Respublika “Oltin meros” xayriya jamg’armasi viloyat (shahar) bo’limi;

O’zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat (shahar) bo’limi;

O’zbekiston Chernobilchilar assotsiatsiyasi viloyat (shahar) bo’limi;

O’zbekiston Respublikasi “Ko’zi ojizlar” jamiyati viloyat (shahar) bo’limi;

Jangchi faxriylar (baynalminalchilar) birlashmasi viloyat (shahar) bo’limi;

Xalqaro Amir Temur jamg’armasi viloyat (shahar) bo’limi;

“Mehr-shavqat” jamg’armasi;

Siyosiy partiyalar viloyat (shahar) bo’limlari;

O’zbekiston Ekologik harakati viloyat (shahar) bo’limi;

Milliy madaniy markazlar;

O’zbekiston Xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy ma’rifiy aloqalar jamiyati hududiy tuzilmasi.

 

Viloyat (shahar) hokimining o’rinbosari - viloyat (shahar)
xotin-qizlar qo’mitasi raisi

 

1. Quyidagilar viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat (shahar)
xotin-qizlar qo’mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o’rganish va baholash;

xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko’maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik
va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko’maklashish;

oilada, mahalla va mehnat jamoatlarida xotin-qizlarning mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini yuritish, ayollarning mehnat sharoitini yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlarining shu masalalarga oid faoliyatini va harakatlarini muvofiqlashtiradi, korxona, tashkilot
va muassasalarda ayollarning ijtimoiy muhofazasini yaxshilashda ishtirok etish,. shuningdek, xotin-qizlar o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish;

mahallalar, o’quv muassasalari, mehnat jamoalarida ayollarni yuksak vatanparvarlik, milliy va diniy bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashga oid targ’ibot ishlarini tashkil etadi, ayollar o’rtasida buzg’unchi g’oyalar tarqalishining oldini olish choralarini ko’rish;

xotin-qizlarni ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza etishga yo’naltirilgan tadbirlarni uyushtiradi. Xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotini ta’minlashga, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy va tibbiy bilimlarini oshirishga oid tadbirlarni tashkil qiladi. Mahalla fuqarolar yig’inining diniy-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya bo’yicha maslahatchilari ishini takomillashtirishda ishtirok etadi. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ular o’rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish;

shaharlar, tumanlar hokimlarining o’rinbosarlari-xotin-qizlar qo’mitalari raislari  faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

xotin-qizlarni viloyat (shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga keng jalb etish;

viloyat (shahar)dagi fuqarolar yig’inlarining diniy-ma’rifat
va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilarining faoliyatini rivojlantirish, ularga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish masalalarini muvofiqlashtirish;

ayollarni ijtimoiy muhofaza etilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ularning mehnatga doir huquqlarini himoya qilinishini tahlil etib borish;

oilani mustahkamlash va jamiyatdagi ijtimoiy axamiyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilinishi choralarini ko’rish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ayollarni sog’ligini mustahkamlash, sog’lom avlod tug’ilishi va uni tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;

oila va bolaga, yolg’iz va ko’p bolali onalarga, nogiron xotin-qizlarga yordam berish masalasi bilan shug’ullanuvchi davlat, jamoat va xayriya tashkilotlari ishini muvofiqlashtirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari (qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari) faoliyatida ayollar va xotin-qizlar manfaatlarini amalga oshirish masalalari bo’yicha hamkorligini ta’minlash;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

 

2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

Davlat va jamoat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tibbiy-ijtimoiy patronaj komissiyasi;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish viloyat (shahar) komissiyasi;

Sog’lom avlod, ayollar va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish masalalari bo’yicha doimiy ishlovchi viloyat (shahar) komissiyasi;

Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat (shahar) hududiy bo’limi ishtirokchilari Kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

 

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat (shahar) hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat (shahar) xotin-qizlar qo’mitasi;

“Bolalar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish” assotsiatsiyasi viloyat (shahar) mintaqaviy filiali;

“Sog’lom avlod uchun" jamg’armasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyat (shahar) bo’limi;

“Qizil yarim oy” jamiyati va “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat (shahar) bo’limi.

 

III. Yakunlovchi qoidalar

 

1. Viloyat hokimi birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari kotibiyatlarining vazifalari tegishli tarkibiy bo’linmalar to’g’risidagi nizomlarda va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.

2. Mazkur funktsional vazifalar taqsimotiga qonunchilikda belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritish mumkin.

202.00 KB