Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Yanvar 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalqaro hamkorlik bitimlari va kelishuvlarni ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyatimiz tomonidan chora-tadbirlar

 2017-09-19 16:20:34    156

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4-5 aprelda Rossiya (12.04.2017 y. PQ-2885-sonli qaror) hamda 11-13 may kunlari Xitoy (19.05.2017 y. PQ-2982-sonli qaror) davlatlariga tashriflari davomida imzolangan xalqaro hamkorlik bitimlari va kelishuvlarni ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyatimiz tomonidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasi bilan 15,9 mlrd. AQSh dollar, Xitoy Xalq Respublikasi bilan 22,8 mlrd. AQSh dollarga teng (jami                    38,7 mlrd. AQSh dollar) shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Mazkur qarorlarga asosan shartnoma va kelishuvlarning o’z vaqtida so’zsiz bajarilishini ta’minlash bo’yicha respublika Hukumati, tegishli vazirlik va qo’mitalarga topshiriqlar berilgan.

Rossiya Federatsiyasi bilan xamkorlik bo’yicha investitsiya sohasida
12,1 mlrd. dollarlik 20 ta, savdo sohasida 3,8 mlrd. dollarlik 14 ta shundan
12 tasi (3,5 mlrd. dollar) eksport bo’yicha kelishuvlarga erishilgan.

Investitsiya sohasi bo’yicha kelishuvlardan samarali foydalangan holda viloyatda Rossiya Federatsiyasi “Vneshekonombank” va “Gazprombank” banklarining eksportni qo’llab quvvatlash, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish uchun yo’naltiriladigan 1,0 mlrd.dollar miqdoridagi kredit liniyalaridan samarali foydalanish. Buning uchun Markaziy bank, tijorat banklari, Tashqi savdo vazirligining viloyatdagi vakili, Investitsiya boshqarmasi, “Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi” viloyat vakili, Savdo-sanoat palatasi, shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish yo’nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taklifini ishlab chiqildi;

Savdo sohasi bo’yicha kelishuvlardan samarali foydalangan holda viloyatdagi yangi pishib etilgan vaqayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish choralarini ko’rilmoqda;

Xitoy Xalq Respublikasi bilan xamkorlik bo’yicha investitsiya sohasida 18,9 mlrd. dollarlik 85 ta, savdo sohasida 3,8 mlrd. dollarlik 17 ta shundan
12 tasi (3,7 mlrd. dollar) eksport bo’yicha kelishuvlarga erishilgan.

Investitsiya sohasidagi kelishuvlardan samarali foydalangan holda viloyatida Xitoy davlatining “Kommertsiya” vazirligi bilan hamkorlikda kichik va o’rtacha gidroelektrostantsiyalar qurish loyihasi bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

- Xitoyning “Poli interneyshnl” korxonasi bilan hamkorlikda biogaz uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxonalar tuzish bo’yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

- “Shandong Sengong mashineri glas” bilan hamkorlikda mahalliy xom-ashyo bo’lgan daraxt paraxalaridan plita, ya’ni DSP ishlab chiqarish bo’yicha istiqbolli loyihalar taklifini ishlab chiqilmoqda.

- “Shanxay poni texnologi” kompaniyasi bilan xamkorlikda “Kvarts” AJ negizida qiymati 60 mln.dollar bo’lgan “oyna listlari” ishlab chiqarish bo’yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda va loyihani 2018 yil 2-chorakda texnologiyalarni olib kelish va o’rnatish bo’yicha shartnomalarni imzolash hamda moliyalashni ochish vazifalari belgilab olindi.

Moddiy-texnika sohasi bo’yicha umumiy o’rta-ta’lim maktablarining              5-9 sinflarida “Informatika” va “Xorijiy til” fanlarini o’rganish darajasini oshirish bo’yicha respublika uchun ajratiladigan                                   16 mln. dollarlik “grant”dan viloyatda unumli foydalanish zarur bo’ladi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlariga Davlat tashriflari doirasida imzolangan shartnoma va kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha viloyat hududiy tasarrufdagi korxonalarning 2017-2021 yillarda:

- Qozog’iston davlatiga 16 mln.dollarlik engil sanoat, charm-poyabzal va qurilish mahsulotlari;

- Rossiya davlatiga 15,3 mln.dollarlik meva-sabzavot va engil sanoat mahsulotlari;

- Xitoy davlatiga 46,3 mln.dollarlik engil sanoat mahsulotlari;

- Turkmaniston davlatiga 1,6 mln.dollarlik charm-poyabzal va qurilish mahsulotlari;

- Turkiya davlatiga 800 ming.dollarlik engil sanoat (ipak gilam) mahsulotlari eksport qilish prognozlari belgilab olindi.

Joriy yilning 2017 yil 4-5 sentyabr kunlari Qirg’izston poytaxti Bishkek shahrida o’tkazilgan “Biznes-Forum”da Farg’ona viloyatidan 8 ta korxona qatnashdi va maxalliy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Natijada hamkorlik kelishuvlari va 11 mln. 593 ming AQSh dollar miqdoridagi shartnomalar imzolandi. Bu bilan ishlab chiqarishda korporativ boshqarish tizimini kengaytirishga erishilmoqda.

12-14 sentyabr kunlari Qirg’izston Respublikasi O’sh shaxrining “TAATAN-OSh” savdo markazida tashkilashtirilgan Xalqaro “Yug Ekspo-2017” ko’rgazmasida Farg’ona viloyatining 50 nafar delegatsiyasi ishtirok etdi. Shundan 42 tadbirkorlik sub’ekti o’z maxsulotlari bilan ko’rgazmada qatnashib, jami 6 mln. 815 ming AQSh dollar miqdoridagi eksport va 950 ming AQSh dollar miqdoridagi import bo’yicha xamkorlik kelishuvlari imzolandi. O’sh shaxrida 2 ta qo’shma korxona tashkil etishga kelishildi.

Qirg’izston Respublikasining O’sh, Jalolobod va Botken shaxarlarida Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni savdosini markazlashgan xolda tashkil etish maqsadida Savdo uylarini ochish choralari ko’rilmoqda. Bu bilan viloyatning eksport hajmi va geografiyasi kengayadi.

Joriy yilning 16- sentyabr kuni Toshkent shahri “O’zekspomarkaz” pavilonida o’tkazilgan O’zbekiston-Qozog’iston “Biznes forum”da viloyatimiz ishlab chiqarish korxonalir ishtirok etishdi. Biznes-Forum doirasida xamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borildi va muayan kelishularga erishildi. Natijada “Farg’ona mukammal servis” MChJ va Qozog’istonlik “Rauan” sharbat ishlab chiqaruvchi korxona hamda “Newline production sho’rsuv “ MChJ va Qozog’istonlik “ASA” qurilish mollari sotish bo’yicha kompaniya o’rtasida o’zaro xamkorlik qilish  bo’yicha shartnomalari imzolandi.

41.00 KB