Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Makroiqtisodiy o’zgarishlar

 2017-09-19 16:27:53    395

PDF yuklash
Chop etish


Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish chiqarish (prognoz 107,0% amalda 107,0%), hududiy sanoat (prognoz 115,1% - amalda 115,1%), halq iste’moli mollari (prognoz 108,3% - amalda 108,4%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (prognoz 106,2% - amalda 106,3%), qurilish ishlari (prognoz 111,3% - amalda 111,4%), jami xizmatlar (prognoz 112,9% - amalda 111,2%) Savdo aylanmasi (prognoz 112,6% - amalda 112,6%)  hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
7524,7 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 106,5 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YaHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 53,1 foizga (2016 yil 1-yarim yillikda 53,2 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 53,9 foizga (52,6%) teng bo’ldi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 2104,2 ming so’mdan (2016 yil 1-yarim yillikda 1831,8 ming so’m) to’g’ri keldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra tashqi savdo aylanmasi
617,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shundan 252,4 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

 

2. Moliyaviy holat.

Byudjet-soliq siyosati. Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko’rsatkichi 964,3 mlrd. so’m bo’lib, haqiqatda 977,7 mlrd. so’mga bajarilishiga (101,4%) erishildi. 

Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa
1075,7 mlrd. so’m belgilanib, amalda 1040,6 mlrd. so’mga (96,7%) bajarildi.

Soliq va to’lovlar tushumi. Viloyatda soliq va to’lovlar tushumi yanvar-iyun oylarida 983,8 mlrd. so’mga (102,2 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan 21,2 mlrd. so’mdan ko’proq mablag’ byudjetga jalb etildi.

Debitor va kreditor qarzdorliklar.

2017 yil 1 iyun holatiga debitorlik qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 72,7 foizga etib 3 136,7 mlrd. so’mni tashkil qildi.

Bunga debitorlik qazdorliklarni yil boshiga nisbatan Dang’ara tumanida 3,6 martaga, Rishton tumanida 2,9 martaga, Yozyovon tumanida 160,2 foizga, Buvayda tumanida 138,2 foizga, Furqat tumanida 128,7 foizga, Quva tumanida 125,3 foizga, Farg’ona tumanida 118,2 foizga, O’zbekiston tumanida 111,2 foizga, Qo’shtepa tumanida 110,1 foizga ortganligi sabab bo’lmoqda.

Muddati o’tgan debitorlik qarzdorliklar yil boshiga davriga nisbatan Quvasoy shahrida 4,6 martaga, ortishiga yo’l qo’yilgan.

Kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 68,3 foizga etib 3840,9 mlrd. so’mni tashkil qildi. 

Yil boshiga nisbatan kreditorlik qazdorliklari Dang’ara tumanida 4,3 martaga, Farg’ona tumanida 3,1 martaga, Toshloq tumanida 141,4 foizga, Yozyovon tumanida 139,5 foizga, Furqat  tumanida 129,3 foizga, Qo’shtepa tumanida 100,5 foizga,  ortishiga  yo’l qo’yilgan.

 “Indorama Kokand tekstil” QKda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2014 yildagi 2114-qaroriga asosan sobiq “Qurilish tugallanmagan “Qo’qon tekstil kombinati” DKning mulkiy majmuasi bazasida zamonaviy tekstil sanoatini yo’lga qo’yish” loyihasini ishga tushirish uchun investitsiya jarayoni davom etayotganligi sababli o’z faoliyatini 1,9 mlrd so’m zarar bilan yakunlagan.

Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari. Viloyatda 79 ta tijorat banklari, 95 ta mini banklar, 139 ta maxsus kassalari va 5 ta mikrokredit tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

2017 yilda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida dastlabki ma’lumotlarga ko’ra viloyat tijorat banklarining barcha moliyalashtirish manbalaridan jami 711,9 mlrd. so’m, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 137,8 mlrd. so’m (124,0 %) ortiq (590,9 mlrd.so’mi uzoq muddatli) kredit mablag’lari ajratildi.

13.28 KB