Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Fevral 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi

 2017-09-19 16:31:26    683

PDF yuklash
Chop etish


Investitsiya siyosati. 2017 yil yanvar-iyun oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 1344,3 mlrd.so’mlik mablag’lar o’zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag’lari hisobidan 81,6 mlrd. so’m, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 29,9 mlrd. so’m, hukumat kafolati ostidagi horijiy investitsiyalar va kreditlar
5,2 mlrd.so’m, korxonalar o’z mablag’lari hisobidan 435,5 mlrd. so’m, aholi mablag’lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 447,6 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 228,5 mlrd. so’m hamda chet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 116,1  mlrd.so’mni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
23 dekabrdagi PQ-2697-sonli “O’zbekiston Respublikasining
2017 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 14 ta korxonalarga jami 150,8 mlrd. so’m, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 37,4 mlrd.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 70,3 mlrd.so’m va 43,0 mln.dollar to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 255 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 58,6 mlrd.so’m (shundan 23,0 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 32,5 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga, 2,4 mlrd.so’m boshqa harajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Shundan Marg’ilon shaxridagi "Avtomobilict" XKda mevani qayta ishlashni tashkil etish loyixasi foydalanishga topshirilib 20 ta ish o’rinlari yaratildi.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2017 yilga hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 138 ta loyihalar kiritilgan bo’lib jami 358,1 mlrd. so’m miqdorida (shundan 135,1 mlrd. so’m o’z mablag’i, 207,7 mlrd. so’m bank krediti va 15,2 mlrd. so’m xorijiy) investitsiyalar o’zlashtirilishi va
4326 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Hisobot davrida 139,9 mlrd.so’m (shundan jihozlar sotib olishga 78,4 mlrd. so’m, qurilish montaj ishlariga 44,5 mlrd.so’m va boshqa harajatlarga 17,1 mlrd.so’m) miqdorida mablag’ o’zlashtirilib, rejaga nisbatan 99,1 foizga bajarildi. Hozirgi kunda 43 ta loyihalar (shundan, Beshariq tumanida 2 ta(5 400 mln.so’m) loyiha, Buvayda tumanida 1 ta (226 mln.so’m) loyiha, Dang’ara tumanida 4 ta (2 850 mln.so’m) loyiha,  Yozyovon tumanida 3 ta (1 800 mln.so’m) loyiha, Quva tumanida 2 ta (1850 mln.so’m) loyiha, Quvasoy shahrida 2 ta (1 925 mln.so’m) loyiha, Qo’qon shahrida 4 ta (30 700 mln.so’m) loyiha, Qo’shtepa tumanida 2 ta (1950 mln.so’m) loyiha, Marg’ilon shahrida 2 ta (4 300 mln. so’m) loyiha, Oltiariq tumanida 1 ta (900 mln.so’m) loyiha, Rishton tumanida 6 ta (3 700 mln.so’m) loyiha, So’x tumanida 2 ta(800 mln.so’m) loyiha, Toshloq tumanida 2 ta (1 800 mln.so’m) loyiha, Uchko’prik tumanida 4 ta (5 800 mln.so’m) loyiha, Farg’ona shahrida 6 ta (15 440 mln.so’m) loyiha) foydalanishga topshirilib, 892 nafar ish o’rinlari yaratildi.

 

Pudrat ishlari. 2017 yil yanvar-iyun oyi yakuniga ko’ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 1117,1 mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 111,4 foizni tashkil etmoqda.

 

Yo’l transport infratuzilmasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 mart kungi “2015-2019 yillarda yo’l-transport infratuzilmasi va muxandislik kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2313 sonli hamda 2016 yil 23 dekabr kungi "O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risidagi" PQ-2697 sonli qarorlariga asosan Farg’ona viloyati hududidagi A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ekti kiritilgan bo’lib, 12,1 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilgan.

2017 yil yanvar-iyun oylari rejasi 840,0 mln.so’m bo’lib, amalda 842,9 mln.so’mlik (100,3%) ishlar bajarilgan.

Bundan tashqari qo’shimcha tartibda 4R-17e “A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining 4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ektini 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritish bo’yicha Sharqiy XDAAYSITFK va Respublika yo’l jamg’armasi o’rtasida qo’shimcha kelishuvlar rasmiylashtirilgan.

2017 yil yanvar-iyun oylari rejasi 1200,0 mln.so’m bo’lib, amalda 1266,8 mln.so’mlik (105,6%) ishlar bajarilgan.

Shuningdek viloyatning barcha  shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Joriy yilda 27,0 mlrd.so’m mablag’ sarflanib viloyatdagi 257,0 km (192 km tuproq yo’llar – shag’al va qattiq qoplamali yo’llarga, 45 km shag’al qoplamali yo’llar – asfaltobeton qoplamali yo’llarga o’tkaziladi, shuningdek, 20 km asfaltobeton qoplamali yo’llar joriy ta’mir) uzunlikdagi ichki yo’llarni ta’mirlash belgilangan.

Bugungi kungacha tuman yo’llardan foydalanish korxonalari tomonidan Dasturda belgilab berilgan 170,2 km uzunlikdagi ichki yo’llarni tuproq qoplamadan shag’al qoplamaga o’tkazish ishlari,
139,6 km qismiga asfalt qoplama yotqizildi.

 

To’la ta’mirlash 2016 yildan 2017 yilga o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha.

 

Farg’ona viloyati xududidagi Respublika yo’l jamg’armasi buyurtmachiligidagi  7 ta 2016 yildan 2017 yilga o’tuvchi ob’ektlarda joriy yil uchun pudrat shartnomalari rasmiylashtirilib ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ob’ektlarning 2017 yil yanvar-iyun oylari rejasi
2309,9 mln.so’mni tashkil etib, amalda 3106,2 mln.so’mlik (134%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Jumladan:

1. 4r-112 “Farg’ona xalqasi” avtomobil yo’lining 223-227 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 1203,1 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona KFUK);

2. 4r-145 “Farg’ona aylanma yo’li” avtomobil yo’lining 0-9,4 km qismini to’la ta’mirlash ob’ktida 1025,0 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona KFUK);

3. A-373b “Qo’qon shaxriga kirish yo’li”ning 28-32 km qismlarini to’la ta’mirlash ob’ektida 286,2 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona YMFUK);

4. Farg’ona TYFUKga qarashli ABZni to’la ta’mirlash ob’ektida 199,7 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona TYFUK);

5. 4R-153 “Qo’qon shaxri Mingtut-Aeroport-Sariqo’rg’on” yo’lini 0-3 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 205,4 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona YMFUK);

6. 4R-148a "Furkat temir yul stantsiyasiga shaxobcha" avtomobil yo’lining 21-23,6 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 2017 yil
2-yarim yilligidan boshlab ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi (pudratchi-Bog’dod TYFUK);

7. Bog’dod TYFUKga qarashli ABZni to’la ta’mirlash ob’ektida 186,7 mln.so’mlik (pudratchi-Bog’dod TYFUK) ishlar amalga oshirilgan.

 

Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 18 iyul  PQ-2214-sonli «Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish» loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari kanalizatsiya tizimini rekonstruktsiya qilish loyixasi doirasida 2016-2018 yillarda jami 52,6 mln.AQSh dollar mablag’larni o’zlashtirish belgilangan bo’lib, bugungi kunda shaxarlardagi okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish loyixasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

“Farg’ona va Marg’ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish” loyihasi bo’yicha.

"Suvoqava” DUK Farg’ona shahar filiali ma’muriyat binosi;

"Suvoqava” DUK Marg’ilon shahar filiali ma’muriyat binosi;

KNS "Toshloq" binosi;

KNS "Atlas" binosi

KNS "Vodstroy" binolarida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurish, qayta qurish va modernizatsiyalash bo’yicha 2017 yilda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

- 83,5 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

- 816 portga teng FTTx tarmoqlarini qurish.

- 116 ta Uzmobayl baza stantsiyalarini o’rnatish.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:

2017 yilda amalga oshirilayotgan loyihalar va tarmoqni rivojlantirish maqsadida jami 62,75 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish ishlari yakunlandi:

FTTb texnologiyasi asosida 12 ta ko’p qavatli uylarga 3,1 km dan ortiq optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

2016 yil iyun oyida Farg’ona viloyatining Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon va Quvasoy shaharlari jamoat joylari va ko’chalari nazoratini kuchaytirish uchun videokamera va kuzatuv qurilmalari o’rnatish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o’tkazilgan yig’ilishning 53-sonli bayonnomasiga asosan Qo’qon shahrida 17,3 km OTAL tashkil etilib, 43 ta videokuzatuv kameralari o’rnatildi.

“O’zbektelekom” AK Farg’ona filialining 2017 yil manzilli dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha shahar, tuman prokuraturalariga 12,6 km OTAL tashkil etildi.

“O’zMobayl” filiali GSM tarmog’i baza stantsiyalariga 11,4 km OTAL tashkil etildi.

Keng polosali tarmoqni kengaytirish uchun mini MSAN qurilmalarini o’rnatish maqsadida jami 18,352 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

Hisobot davrida 12 ta ko’p qavatli uylarga va Farg’ona shahar hududidagi xizmat uylariga 14 dona, jami 336 portga teng  Switch qurilmalari o’rnatilib, ko’p qavatli uylarda keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

“O’zmobayl” milliy mobil aloqa operatori tomonidan jami
12 ta (Farg’ona shahrida 5 ta, Marg’ilon shahrida 2 ta, Qo’shtepa tumanida 2 ta, Farg’ona, Uchko’prik va Toshloq tumanlarida 1 tadan) GSM tipidagi baza stantsiyalarining qurilish montaj ishlari tugatilib, ishga tushirilgan.

Shuningdek, 15 ta (Farg’ona shahrida 2 ta, Quvasoy shahrida 1 ta, Qo’qon shahrida 1 ta, Farg’ona tumanida 2 ta, Beshariq, Buvayda, Uchko’prik, Quva, Toshloq, Yozyovon, Oltiariq va O’zbekiston tumanlarida 1 tadan) CDMA tipidagi baza stantsiyalar montaj qilinib, ishga tushirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda
qishloq joylarda yangilangan loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida”gi
PQ-2639-sonli qaroriga asosan
  2017 yilda viloyatni 15 ta tumanlarining 30 ta massivlarida jami 1228 ta (158,5 mlrd.so’mlik) uy-joylar qurilishi belgilangan. Jumladan, 130 ta 2-qavatli

4-xonali 2 xonadonli uylar (4 sotixli), 254 ta 1 qavatli 3,4 xona
6 sotixli uylar, 604 ta 1-qavatli 3 xonali (2 sotixli) uylar hamda 14 ta 2 va 3 qavatli 4-podezli 16 xonadonli uylar jami 240 ta (120 tasi 3 xonali, 120 tasi 2 xonali) xonadonli uy-joylar qurilishi belgilanib, 107 ta pudrat tashkilotlari aniqlangan.

Pudrat tashkilotlariga (reja 152,0 mlrd.so’m) 83,6 mlrd.so’m (55%) mablag’lar moliyalashtirilib, 114,03 mlrd.so’mlik (75%) qurilish montaj ishlari bajarilib, 608 ta uy-joylar foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda 1228 ta uy-joylarda er va poydevor ishlari, 1217 ta uylarda g’isht terish ishlari, 1187 ta uylarda plita yopish ishlari, 754 ta uylarda tom yopish ishlari, 1065 ta uylarda elektr va santexnika ishlari, 1056 ta uylarda ichki suvoq ishlari,
608 ta uylarda ichki pardozlash ishlari, 936 ta uylarda tashqi suvoq ishlari, 796 ta uylarda tashqi devor va xovli qurilmalari qurish ishlari olib borilmoqda. Ob’ektlarga 11476 ta ishchi xodimlar jalb etilgan.

2017 yil dasturi doirasida 30,6 km. (3,7 mlrd.so’m) ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi bo’yicha pudrat tanlanib, manziliy dastur Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan kelishildi.

17,44 km. (5,4 mlrd.so’m) avtomobil yo’llari qurilishi bo’yicha pudrat tanlanib, manziliy dastur yo’l jamg’armasi va Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari bilan kelishildi.

24,1 km. (2,7 mlrd.so’mlik) elektr tarmoqlari qurilishi bo’yicha bugungi kunda 2,2 km elektr tarmoqlari tortildi. Elektr tarmoqlari qurilishi ishlari 1 avgustga qadar yakunlanadi.

27,2 km. (2,5 mlrd.so’mlik) tabiiy gaz tarmog’idan 8,4 km. gaz tarmoqlari tortildi. Gaz tarmoqlari qurilishi ishlari 1 avgustga qadar yakunlanadi.

17.64 KB