Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Sanoat

 2017-09-19 16:33:24    520

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda 2017 yilning 1-yarim yilligida 4406,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi.

2017 yilning yanvar-iyun oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1794,7 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 115,1 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko’rsatkich bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 40,7 foizni tashkil etdi.

Viloyatda yalpi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichning bajarilishi ta’minlangan bo’lsada, Viloyatda 2 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish xajmi o’tgan yilga nisbatan 97,3 mlrd.so’mga pasaytirilgan. Jumladan,

Farg’ona shahridagi "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi" UKda 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 653,2 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 96,7 foizga teng bo’ldi Reja-topshiriqni bajarilmagani va o’sish sur’atiga erishilmaganini asosiy sababi uglevodorod xom ashyosi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 70,6 ming tonna (shundan 50 ming tonna import) kam  olib kelingan,  63,6 tonna kam ishlangan qayta ishlangan. Import xom ashyolarini moliyalashtirish uchun valyuta mablag’larining etishmaganligi, xamda reja-topshiriqda belgilangan tolling asosida  chetdan xom ashyoni jalb qilishning imkoni bo’lmaganligidir.

“Farg’onaazot” aktsionerlik jamiyati joriy yilning
1-yarim yilligida 218,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilib, o’sish sura’ti 74,5 foizni tashkil etgan hamda ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 74,7 mlrd.so’mga pasaygan. Buning asosiy sababi “Uztransgaz" AK tomonidan qish mavsumiga aholini gaz bilan ta’minlash maqsadida korxonaga gaz ta’minoti etarli darajada bo’lmaganligi sabab bo’ldi. Korxona amiak tsexida 23 fevral kuni texnik nosozlik tufayli to’xtatilgan va 17 mart kunidan faoliyat boshladi.

Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Xususan, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida “UZSUNGWOO” QKda
30,4 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 655,2 foizni, Qo’qon shahridagi “Mastona” AJda 17,2 mlrd so’mlik sonoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 111,0 foizni, “Indorama Kokand tekstil” qo’shma korxonasida 149 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 135,5 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 35 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o’sish
111,7 foizga yoki 1500 mlrd.so’mlik, elektrotexnika sanoatida
112,0 foizga yoki 152,6 mlrd.so’mlik, un-krupa va kombikorma sanoatida 108,3 foizga yoki 120,8 mlrd. so’mlik, oziq-ovqat sanoatida 108,3 foizga yoki 807,6 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishga erishildi.

2017 yil yanvar-iyun oylarida 1672,7 mlrd. so’mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 108,4 foizni tashkil etdi.

Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 823,3 mlrd.so’mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 829,9 mlrd. so’mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa 19,5 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2698-sonli qarorlariga asosan mahalliylashtirish dasturiga jami hududiy tassarufdagi 21 ta sanoat korxonalarida 28 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida bolalar yumshoq o’yinchoqlari, elektr choynaklar, isitish batareyalari, izolyatsiya plyonkasi, kimyoviy dori sepish apparatlari, shokolad, kandolat mahsulotlari, bolalar maktab sumkalari, quyultirilgan sut, quruq sut, bolalar velosipedlari, “Dji-Em O’zbekiston” avtomobillari uchun xavo filtrlari, rezina granulalari kabi yana boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2017 yilning 2 choragida hududiy tasarrufdagi 28 ta loyihalarda 15,04 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib prognoz 103,0 foizga bajarildi. Shundan 10,63 mlrd. so’mlik mahsulotlar sotilib, natijada 3,4 mln. dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi, 30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Viloyatda 2017 yilning 3 choragiga hududiy tasarrufdagi 28 ta loyihalarda 23,78 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan. Joriy yilning yakuniga 30,5 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan.

Viloyatning Quvasoy shahri, Bag’dod hamda Beshariq tumanlarida mahalliylashtirish dasturiga loyihalar kiritilmagan bo’lib. Bugungi kunda Bag’dod tumanida "Baxtiyor" xususiy savdo korxonasi tomonidan elektro shitlar ishlab chiqarish, Beshariq tumanidagi “Ta’minot” xususiy korxonasida ayollar gigienik vositalari, Quvasoy shahrida "Dave Exlusive" oylaviy korxonasida  kir yuvish vositalari (poroshok), Qo’qon shahrida "KOKAND BICYCLES" xususiy korxonasida velosiped ishlab chiqarish, “Mavzuniy Arus” MChJda DJI EM-O’zbekiston avtomobillari uchun shtamplangan detallar, “Shaffof Metan Servis” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasida avtomobillar uchun metan gaz balonlari, “Inovation Manufacturing Master” MChJ tomonidan bir va ikki komforkali gaz plitalari, mini elektr pechlar, elektron tarozilar hamda metall urnalar, Dang’ara tumanida “Dang’ara Mega Ketl” MChJ tomonidan elektr plitalar, elektr dazmollari, So’x tumanida "Hermes Sirius" MChJ da polietilentereftalat mahsulotlari, bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatiga tashkrifi davomida berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, Buvayda tumanida "Tarrachi Zamin Saxovat" agrofirmasi tomonidan parrandalarga qafaslar, Farg’ona shahridagi “New Special Product” xorijiy korxonasi tomonidan yozuv ruchkalari ishlab chiqarish bo’yicha loyihalar takliflari mahsus komissiyaga pasportlari tayyorlanib yuborilgan.

Bugungi kunda viloyatning Marg’ilon shahrida “Optik plast servis” MChJ tomonidan gigienik vositalari (tish yuvish shetkasi) ishlab chiqarish, Qo’qon shahrida “Tarrqiyot Fazilati” MChJ tomonidan elektr tejamkor lampalar, elektr choynaklar, elektr plitalar va boshqa elektr jixozlari, “Ayron plyus gold” MChJ tomonidan otvod, shrup, gayka, bolt mahsulotlari, Quvasoy shahridagi "Mediteren oil petrolium” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan motor moylari ishlab chiqarish loyihalari bo’yicha pasportlari tayyorlanmoqda.

14.89 KB