Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish

 2017-09-19 16:34:46    326

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda 2017 yil 1 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo’lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo’lga qo’yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 2897,6 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan
171,7 mlrd. so’m (106,3%)ga ko’p bajarildi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 76,2 foizi yoki 2207,9 mlrd. so’mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 23,8 foizi yoki
689,7 mlrd.so’mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari ulushi 27,5 foizni, dehqon xo’jaliklarining ulushi esa 69,8 foizni tashkil etdi.

 

G’allachilik sohasida viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida sohada alohida tizim yaratilganligi, ko’p yillik to’plangan boy tajriba, urug’chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida to’g’ri tashkil etilayotganligi turibdi.

 

Viloyatda jami 110 ming 700 gektar maydonlarga kuzgi boshoqli don ekilgan. Barcha maydonlarda g’alla to’liq pishib-etilgan.

Dehqonlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga etishtirilgan g’allani nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda sifatli o’rib olish maqsadida don o’rimi bo’yicha 330 ta otryad tashkil qilingan. Otryad tarkibiga jami 330 dona kombaynlari biriktirilgan. Shundan 29 dona “Klaas Dominator-130” rusumli g’alla o’rish kombaynlari  yangidan sotib olindi.

Shu kunda viloyat bo’yicha barcha kombaynlar don o’rish ishlarida to’liq qatnashmoqda. Mavsum boshidan buyon davlat omborlariga o’rtacha 61,7 tsG’ga dan jami 344 ming 606 tonna don etkazib berildi. (Yalpi hosil shartnoma bo’yicha 323 ming tonna) Davlatga boshoqli don sotish rejasi 106,7 foizga bajarildi.

 

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo’yicha.

 

Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini  barqaror  ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko’paytirish va ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go’sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

Viloyatda 2017 yilda jami 132,2 ming gektar maydonlarning 47158 gektarga sabzavot, 20133 gektariga kartoshka, 8165 gektariga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari bugungi kunda viloyatimizda 49,9 ming gektar bog’ va 6,7 ming gektar uzumzorlardan jami 2 mln. 405 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan, shundan 545 ming tonna meva, 1 mln. 138 ming tonna sabzavot, 440 ming tonna kartoshka, 140  ming tonna poliz,
135 ming tonna uzum maxsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Etishtirilgan jami 1 mln. 979,6 ming tonna mahsulotlarning
201,3 ming tonnasi qayta ishlashga, 125,5 ming tonnasi eksportga,
84,5 ming tonnasi zaxiraga, 80,1 ming tonnasi urug’likka va qolgan 1488,2 ming tonnasi ichki iste’mol va zaxiraga yo’naltirilishi rejalashtirilgan.

 

Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Viloyatda bugungi kunda 41 ming gektardan ortiq sug’oriladigan shaxsiy tomorqa erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog’liq masala juda dolzarb bo’lib turibdi.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yilganligi o’zining katta samarasini bermoqda.

Joriy 2017 yilda ham viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo’lgan aholining shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarining 3,5 ming gektariga g’alla, 18,1 ming gektariga sabzavot, 6,0 ming gektariga kartoshka, 1,9 ming gektariga poliz, 1,5 ming gektariga dukkakli va qariyb 10 ming gektariga ozuqa ekinlarining ekilishi ta’minlandi.

Natijada 17,4 ming tonna g’alla, 552,8 ming tonna sabzavot, 169 ming tonna kartoshka, 37,3 ming tonna poliz, 9,2 ming tonna dukkali donlar, 91,1 ming tonna meva, 87,3 ming tonna uzum, 147,5 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko’zda tutilgan.

 

Takroriy ekinlarni ekish bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi
PQ-3027-sonli qarorlariga asosan viloyat hokimining 2017 yil
3 iyundagi 314-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan joriy yilda g’alla hosilidan bo’shagan 110,7 ming gektar maydonlarning 101,5 ming gektariga takroriy ekinlarni (shundan 36 ming 500 gektariga sabzavot (36%), 5 ming
400 gektariga kartoshka (5,3%), 5 ming 500 gektariga poliz (5,4%), 1000 gektariga soya (1%), 10 ming 200 gektariga ozuqa ekinlar (10%), 8 ming 400 gektariga sholi (8%), 7 ming gektariga supurgi (7%), 27 ming 500 gektariga (27%) dukkakli ekinlar)
ekish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda g’alladan bo’shagan maydonlarga o’z vaqtida takroriy ekin ekish ishlarini tashkil etish maqsadida 105 ta otryadlari tashkil etilib, otryadlarga g’alla maydonlarini somondan tozalash bo’yicha
425 dona somon to’plagich, 385 dona haydov, 1850 dona ekish va boshqa texnikalar biriktirib chiqildi.

2017 yil g’alla hosilidan bo’shagan maydonlarga ekilgan ekinlardan jami  952,6 ming tonna hosil (shundan 680,5 ming tonna sabzavot, 113,6 ming tonna kartoshka, 115,7 ming tonna poliz, 1,5 ming tonna soya, 41,2 ming tonna dukkakli don mahsulotlarining) olinishi rejalashtirilmoqda.

Etishtirilgan yalpi hosilning 91,5 ming tonnasi qayta ishlashga,
166,3 ming tonnasi eksportga, 21,6 ming tonnasi 2017-2018 yil qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga, 20,5 ming tonnasi Toshkent shaxar va boshqa yarmarkalarga, 9,5 ming tonnasi keyingi yil hosili uchun urug’likka hamda qolgan 643,3 ming tonnasi ichki bozor va aholi iste’moliga va yo’naltiriladi.

Muzlatkichli kameralar qurish bo’yicha

Viloyatda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish uchun yangi sovutkichli sig’imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo’yicha Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 19,5 ming tonna sig’imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd.so’m shundan o’z mablag’idan
34 mlrd.so’m, tijorat banklari hisobidan 21 mlrd.so’m sarflanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga kulib, 2017 yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning 13 tasining ishga tuirilishi evaziga umumiy sig’imi
7550 tonnali omborxonalar tashkil etilib, mazkur maqsadlar uchun jami 3240 ming dollar (yoki 12,1 mlrd. so’m) miqdoridagi mablag’larlar sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 14 ta loyixalar bo’yicha tarmoq jadvallari bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

 

Chorvachilik bo’yicha.

   So’nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug’lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko’paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan,

2017 yilda 1 choragida: qoramollar bosh soni 1009,0 ming bosh (102,0%), jumladan, sigirlar bosh soni 361,0 ming bosh (100,4%), qo’y-echkilar 834,3 ming boshga (100,7%), parrandalar bosh soni 5726,1 ming boshga (124,3%) boshga etkazildi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 92 ta loyihada
1744 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 9,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 11,8 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 574 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 16 ta loyihada 60 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 815 mln. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 805 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 94 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 19 ta loyiha amalga oshirilib, unda jami 102 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 4,2 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 123 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha 8 ta loyiha amalga oshirilib, unda 780 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 705 mln. so’m mablag’lar  sarflandi. Loyihani amalga oshirish hisobiga 37 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Issiqxonalar tashkil etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 18 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda jami 6 gektar er maydonlariga issiqxonalar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,4 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 1,3 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida
92 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Intensiv bog’lar tashkil etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami
13 ta loyiha amalga oshirilib, unda jami 65 gektar er maydonlariga intensiv bog’lar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,7 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 576 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida
78 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Tokzorlar barpo etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 15 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda jami 107 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 8,7 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 12,8 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 246 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Muzlatkichli kameralar barpo etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 16 ta loyihalar amalga oshirilib, unda jami 8000 tonna quvvatlar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 4,2 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 7,2 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 120 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

18.62 KB