Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Fevral 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

 2017-09-19 16:37:14    226

PDF yuklash
Chop etish


2017 yilning 1-yarim yilligida dastlabki tahlilar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasi 617,4 mln. AQSh dollarini, shundan mahsulot eksporti 252,4 mln. AQSh dollarini, importi esa 365 mln. AQSh dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -112,7 mln. AQSh dollari xajmida  yakunlanmoqda.

O’tgan yilning 6 oyiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 100,1 foizni, mahsulot  eksporti 107,8 foizni,  importi 95,4 foizni tashkil etmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi prognozi 100,8 foizga, eksport prognozi 101,8 foizga, import prognozi esa 100,1 foizga bajarilmoqda.

Eksport tuzilmasida paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 112,7 foizga, tolasi eksporti 6,8 martaga, oziq-ovqat mahsulotlari 2 martaga ortdi.

Shu bilan birga, neft mahsulotlari (56,85%), kimyo mahsulotlari (86,7%), xizmatlar (9,8%) eksporti kamaydi.

Bunga asosiy sabab neft va kimyo mahsulotlarini ichki bozga chiqarilgani sabab bo’lmoqda.

Import tuzilmasida esa korxonalarni qayta jihozlash xisobiga qora va rangli metallar 2 martaga, boshqa mahsulotlar importi 1,9 martaga o’sdi. Shu bilan birga mashina va jihozlar 81,1 foizni, energiya resurslari 94,3 frizni, oziq-ovqat mahsulotlari 70,3 foizni, xizmat ko’rsatish esa 24,5 foizni tashkil etdi.

Xududiy korxonalar tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida  78,8 mln.dollarlik eksport amalga oshirilib, 1-yarim yillik eksport topshirig’i 111,0 foizga bajarildi. Shundan, 16,5 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari (topshiriq bajarilishi 150,47%), 62,2 mln.dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari (103,7%) eksporti amalga oshirildi.

O’tgan yilga nisbatan xududiy korxonalar eksporti 174 foizga o’sdi, shundan sanoat mahsulotlari eksporti 160 foizga, meva-sabzavotlar eksporti 178 foizga o’sdi.

O’tgan oylarda chetga mahsulot chiqargan korxonalar va xususiy tadbirkorlar soni 257 taga etdi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan eksporter korxonalar soni  64 taga ortdi.

2017 yil uchun eksport prognozi belgilanmagan 70 ta sanoat korxonalari va xususiy tadbirkorlar eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 2,5 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilindi.

Shulardan 29 tasi modernizatsiya va texnik qayta jihozlash bilan eksportbob sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilgan korxonalardir.

Buning natijasida xudud korxonalarining eksport geografiyasi Germaniya, Polsha, Latviya, Eron, Rossiya davlatlariga kengayishi bilan, Eksporning salmog’i qo’shni davlatlar xisobiga ortdi. O’tgan oylarda eksportning ko’lami Qazog’istonning 6 ta, Qirg’istonning 3 ta, Turmanistonning 3 ta, Tojikistonning 2 ta, Rossiyaning 12 ta yangi firmasi xisobiga kengaydi.

Viloyat korxonalarining eksport geografiyasida  Rossiya davlati ulushi 21,7 foizdan 24,4 foizga, Qozog’iston davlati ulushi 7,1 foizdan 9,6 foizga, Ukraina, Beloruss, Turkmaniston davlatlari  ulushi 0,7 foizdan 0,8 foizga o’sdi. 

Shunga qaramay o’tgan oylarda shahar va tuman korxonalarining eksport imkoniyatlari to’liq safarbar etilmadi. Jumladan, o’tgan oylarda eksport prognozi belgilangan 21 ta korxona eksport prognozini bajarmadi va 23 tasi esa chetga mahsulot chiqarmadi.

Bunga asosiy sabab, korxonalarda modernizatsiya ishlarini olib borilayotgani, mahsulotlarga xalqaro sifat tizimini joriy etilayotgani, tashqi bozordagi narxlarni xisobga olgan xolda korxonalar 1-chorak eksport shartnomalari muddatlarini kelgusi choraklarga belgilanganligi o’z ta’sirini o’tkazdi.

Natijada belgilangan eksport prognozini Quvasoy shahri 30,7 foizga,  Oltiariq, Rishton, Furqat, Farg’ona tumanlari 35-60 foizga bajarmoqda xolos.

Viloyatda 2017 yil 1 iyul holatiga ro’yhatdan o’tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 180 tani tashkil etib, o’tgan yilning 6 oyiga nisbatan 23 taga ortdi. Korxonalarning 175 tasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar xajmi joriy yilning 1-yarim yilligida 760,2 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 123,3 foizni tashkil etmoqda. Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 22 foizdan 23,1 foizgacha ortdi.

Qo’shma korxonalarning eksportida o’sish 187,2 foizni, importida esa 80,5 foizni tashkil etmoqda.

O’tgan oylarda 23 ta yangi xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etildi. (2016 yil 6 oyida 7 ta yangi korxona tashkil etilgan)

Jumladan, Farg’ona shahrida "FERGANA KONDOR" MChJ, “HABIBSEVAR SAVDO" MChJ, "FERGANA PHARMACEUTICAL" MChJ, "FERGANA WU CHONG" MChJ, FERGANA BREWERY" MChJ, "MU EN MAO YI GONG SI" MChJ,  "MATXALIKOV ABDUNABI FAYZI", "SHAHLO-AKBAR" MCHJ shaklidagi, “Gred Silk Road tekstil” MChJ, “Xinjang internotsional trayding” MChJ,  “Prorityu Grup oning” MChJ, “Indorama Fergana Chemikal” MChJ, “Maks Pro stroy” MChJ, “Dolina Yog’” MChJ, Qo’qon shahrida "INDORAMA KOKAND FERTILIZERS" MCHJ, "AYLIN TEKSTIL" MChJ shaklidagi, “Savalan Standart grupp2 MChJ, “Galion TsentrAziya” MChJ, “Xuang Yunion Grup” MChJ, Marg’ilon shahrida “Singapur Marg’ilon teks” MChJ,  Oltiariq tumanida “Sola Natural Frukt Ko” MChJ, Quva tumanida "KARIM-A EXPORT" MChJ shaklidagi, Dang’ara tumanida "XINJIANG FEIYAKAI INTERNATIONAL TRADE" MChJ,  "SILVER OIL" MChJ xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etildi.

2017 yilning 1 iyul xolatiga 5 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat ko’rsatmayapdi. Jumladan,

Farg’ona shahridagi O’zbekiston-Eron “Uz-Sozon” qo’shma korxonasi «GM» avtomobillariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, nizom jamg’armasini to’liq shakllantirilmaganligi sababli, viloyat Xo’jalik sudining 2010 yil 15 apreldagi 15-11-05G’7634-sonli hal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxonaning mol-mulklari qayta xisoblanib, baholashga qo’yilgan. Shu bilan birga korxona ta’sischisi “O’zavtosanoat AKsi tomonidan korxona mol-mulkini o’z tasarrufiga o’tkazish bo’yicha amaliy ishlar qilinmagani sababli,

Dang’ara tumanidagi “Nika Uqarqak” qo’shma korxona Nizom jamg’armasini to’liq shakllantirish, moliyaviy masalalarni xal etish ishlarini olib borayotgani sababli,

"TENGFEI INTERNATIONAL GROUP" MChJ shaklidagi xorijiy korxona Nizom jamg’armasini to’liq shakllantira olmagan va 6 oy davomida moliyaviy o’tkazmaldarni amalga oshira olmagani sababli,

Farg’ona tumanidagi Xitoy “V&B Chemical” xorijiy korxonasi aylanma mablag’i etishmaganligi va yangi korxona tashkil etish ishlarini olib borgani sababli, 

"BULOQZOR-TAOMLARI MChJ"  xorijiy korxonasi xizmat ko’rsatish shaxobchasini to’liq ta’mirlamagan, shuningdek korxonada moliyaviy takchillik, nizom jamg’armasini shakllantira olmaslik kabi muammolar yuzaga kelgan sababli vaqtincha faoliyatsiz bo’lib turibdi.

Ushbu korxonalar viloyat mahsus tugatish komissiyasi tomonidan o’rganib chiqilmoqda va korxonalar faoliyatini 2017 yil 9-oylik yakuni bilan tiklash ishlari tashkil etilmoqda.

14.62 KB