Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Ijtimoiy sohani rivojlanishi

 2017-09-19 16:39:48    473

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, keng ko’lamda iqtisodiy erkinlashtirish va modernizatsiyalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, xizmat ko’rsatish hamda servis sohasini rivojlantirish ishlari izchil davom ettirildi. Belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlardagi vazifalarni amalga oshirilishi doirasida olib borilayotgan islohotlar iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Sog’liqni saqlash. Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 13035 o’rinli 123 ta shifoxona va bir paytning o’zida bir smenada 43,9 ming quvvatga ega bo’lgan 596 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 43,0 ming nafar o’rta tibbiyot xodimlari va 7,4 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 56 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 283 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi vrachlar soni 479 nafardan iborat. Shuningdek, pullik tibbiy xizmat ko’rsatish hajmi 73357,4 mln.so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 116,2 foizga oshgan.

Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 88,7 ming o’ringa ega bo’lgan jami 670 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularda 78,6 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2016G’2017 o’quv yilida 918 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar 510,0 ming nafardan ziyod  o’quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 162,2 ming nafarni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda 8248 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 153952 nafar)

Sport. O’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom va barkamol bo’lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan rejaga asosan 2016 yil davomida, shahar va tuman hokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 612 ta turli sport musobaqalari o’tkazildi. O’tkazilgan sport musobaqalarida 322951 nafar (shundan 146753 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o’tkazishga va g’olib bo’lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg’arma va homiy tashkilotlar tomonidan 23,7 mln.so’m mablag’lar (shundan, jamg’arma hisobidan 18,6 mln.so’m) sarflandi.

O’tgan oylar davomida viloyatimizning 32 nafar (shundan 12 nafar qizlar) yosh sportchilari jami 1 ta Respublika musobaqalariga yuborilib, faxrli 2,3-o’rinlarni egallab qaytdilar.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8041,5 ming nusxa kitob fondiga ega bo’lgan 1130 ta kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur markazlarda 775 ta to’garaklar mavjud bo’lib, to’garaklarda  20,0 ming nafardan ziyod bolalar va o’smirlar  bo’sh  vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqda.

 

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3587,4 ming nafarni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 57,3 ming nafarga yoki 101,6 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo’lganlar soni o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,3 foizga o’sib, 1518,1 ming kishini tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil
13 dekabr SQ-124-111-sonli qarori bo’yicha “2017 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 37583 ta (qishlok joylarda 26642 ta) yangi ish o’rinlari yaratildi. Bu ko’rsatkich rejaga nisbatan 100,5 foizni tashkil qilmoqda.

Birinchi chorak  davomida ish axtaruvchi sifatida jami 13322 nafar fuqarolar ro’yhatga olindi, shundan 12087 nafari ishga joylashtirildi, 737 nafar fuqarolar ishsiz shaxs sifatida ro’yxatga olindi.

Hisobot davrida o’rtacha ish haqi viloyat bo’yicha 1208,5 ming so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 13,4 foizga o’sganligi qayd etildi.

13.53 KB