Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish

 2017-09-19 16:41:12    720

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug’urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko’payayotganligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Natijalar esa o’z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 3006,5 mlrd.so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 foizga o’sishga erishildi.

2017 yilning 2-choragida jami 290 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, amalda 295 ta maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 2,7 mingdan ortiq mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o’rniga ega bo’ldi.

2017 yilning 2-choragi davomida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 34754,3 mln.sum miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari  ajratildi.

 Chakana savdo aylanmasi. Viloyatda hisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 4408,9 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 112,6 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 1232,9  ming so’mni tashkil etdi.

11.68 KB