Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qirg’iziston Respublikasi O’sh shahrida 2017 yil 12-14 sentyabr kunlari “TAATAN - OSh” savdo markazida o’tkazilgan Xalqaro “Yug EKSPO-2017” ko’rgazmasi to’g’risida

 2017-09-19 17:53:46    344

PDF yuklash
Chop etish


2017 yil 12-14 sentyabr kunlari Qirg’iziston Respublikasining O’sh shahrining “TAATAN - OSh” savdo markazida ko’rgazma o’tkaziladi, ushbu ko’rgazmada  50 nafar Farg’ona viloyatining delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Ko’rgazmada Farg’ona viloyati uchun ajratilgan 63 kv.m. savdo maydonchasida  500 turdan ortiq mahsulotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Farg’ona viloyati tadbirkorlari tomonidan ko’rgazmada namoyish etilgan xalq iste’moli tovarlariga, ayniqsa, atlas, adras, kulolchilik mahsulotlari, xaykaltaroshlik  suvinerlar, elektro texnika mahsulotlari, charm-poyabzal, plyonka, turli  xil xajimdagi qadoqlash qutilari (karobka), engil sanaot maxsulotlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlar ko’rgazmaga  tashrif buyurgan Xorijiy va maxalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan  katta  qiziqish bildirildi.

Ko’rgazma davomida olib borilgan turli muzokaralar natijasida,  6815,0 ming AQSh dollar qiymatiga ega 19 ta eksport kelishuv shartnomalari va 950,0 ming AQSh dollar qiymatga ega 2 ta import kelishuv  shartnomalari imzolandi.

Farg’ona viloyatidan ko’rgazmada ishtirok etgan tadbirkorlik sub’ektlarining maxsulotlari talab yuqoriligi sababli, OsOO “MKR” (Xalqaro tijorat markazi) bosh direktori Gu Xyudjun tomonidan “TAATAN-OSh” savdo markazida Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar savdosi bo’yicha “Savdo uyi” tashkil etish yuzasidan o’z taklifini bildirdi. (Aloqa xati  ilova etilmoqda).

Bundan tashqari, Farg’ona shahridagi “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasi O’sh shahrida 2 ta qo’shma korxona tashkil etish bo’yicha, ya’ni  Qirg’iziston Respublikasining O’sh shahridagi “Travertin-Aziya” korxonasi bilan eshitish moslamalari ishlab chiqarish hamda “Domalge” korxonasi bilan nogironlar aravachalari ishlab chiqarish  qo’shma korxonalarni tashkil bo’yicha kelishuv shartnomalari imzolandi.

Ko’rgazmaning  axamiyatli tomonlari:

Birinchidan, Qirg’izistonlik tadbirkorlik sub’ektlari va keng jamoatchilik vakillari O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi sanoat mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shu orqali kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan rejalar  belgilab olindi;

Ikkinchidan, korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Qirg’iziston Respublikasi va boshqa qo’shni davlatlarda talabning qay darajadaligiga aniqlik kiritildi, marketing tadqiqoti o’tkazildi;

Uchinchidan, tadbirkorlarimiz o’zlari uchun xorijiy hamkorlar topishga erishdilar, ular bilan iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga zamin yaratildi;

To’rtinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari ko’rgazma davomida  xorijiy ishbilarmon vakillari bilan uchrashib, olib borilgan kelishuvlar natijasida o’z tajribalari oshishiga erishdilar;

Beshinchidan,  tadbirkorlar ko’rgazmada natijaga erishganliklari sababli, kelgusida Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston va boshqa xrijiy davlatlarda  o’tkaziladigan ko’rgazmalarda o’z maxsulotlari bilan ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 

33.00 KB