Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli qarori mazmun-mohiyatini joylarga chiqib ijrochilarga tushuntirish va o’qitish yuzasidan o’tkaziladigan seminar to’g’risida

 2017-09-19 17:55:05    984

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning aholining turmush darajasi sifatini oshirishga qaratayotgan alohida e’tiborlari, shuningdek, respublikaning har bir hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi topshiriqlari, ko’rsatmalari hamda joriy yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli qarori bilan hududlar hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq idorlari rahbarlari boshchiligidagi 4 sektorlarga bo’linib, boshqaruvning yangi tizimini yaratib berdilar.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so’zsiz amalga oshirish, ishni tashkil etish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va uslublarini tubdan takomillashtirish, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish, davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatsizligi holatlarining yuzaga kelishiga qat’iy ravishda barham berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Seminarda Muhtaram Prezidentimizning mazkur qarori ijrosini samarali amalga oshirish, joylarga chiqib hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o’rganish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning hududlarda muvaffaqiyatli ro’yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama o’rganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqish mexanizmi yanada chuqurroq tushuntirildi.

Qarorda berilgan topshiriqlar ijrosini so’zsiz va tizimli tashkil etish maqsadida viloyat hokimining joriy yil 17 avgustdagi 422-sonli qarori qabul qilinib ijroga qaratildi.

Qaror bilan viloyatning har bir shahar va tumanlari ixtisoslashuvini chuqur tahlil qilgan holda viloyat hududi - viloyat hokimi, viloyat prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi rahbarligidagi 4 ta sektorga bo’lindi.

Viloyat hokimiga - Qo’shtepa, Farg’ona, Yozyovon va So’x tumanlari hamda Farg’ona va Marg’ilon shaharlari;

Viloyat prokuroriga - Beshariq, O’zbekiston, Furqat, Dang’ara tumanlari va Qo’qon shahri;

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’iga – Uchko’prik, Buvayda, Bag’dod, Rishton va Oltiariq tumanlari;

Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig’iga - Quva, Toshloq, tumanlari va Quvasoy shahri.

Vertikal nazorat tizimi ham joriy etilib, shahar va tumanlar hokimlarining tegishli qarorlari bilan barcha shahar va tumanlardagi mahalla fuqarolar yig’inlari hokimlar, prokurorlar, Ichki ishlar bo’limlari va Davlat soliq inspektsiyasi rahbarligidagi 4 ta guruhga biriktirilib, har bir guruh rahbarining Ishchi guruhi shakllantirildi.

Har bir sektorlar rahbarlari boshchiligida 80 ta Ishchi guruh tuzilib, unga davlat boshqaruv idoralari, davlat organlari, kommunal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar va fuqarorlarni o’zini o’zi boshqarish organlari vakillaridan iborat 2 240 nafar xodimlar jalb qilindi. “Yo’l xarita”larini shakllantirish maqsadida qarorda belgilab berilgan beshta yo’nalishdagi asosiy vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ishchi guruhlar tomonidan uyma-uy yurgan holda o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, birinchi yo’nalish - uy-joy kommunal va yo’l xo’jaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo’yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish;

ikkinchi yo’nalish - ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha ob’ektlari, eng avvalo, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash bo’yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uchinchi yo’nalish - hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan ob’ektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish
va er maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko’rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko’rsatish hamda yangi ish o’rinlarini yaratish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

to’rtinchi yo’nalish - dehqon xo’jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan erlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo’jaliklariga ko’maklashish bo’yicha choralar ko’rish;

beshinchi yo’nalish - fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o’zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o’rtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish bo’yicha ta’sirchan ishlarni tashkil etishdan iborat.

Bugungi kunga qadar 1 028 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi 731 mingdan ortiq xonadonlarning o’rganilishi natijasida 700 taga yaqin muammolar aniqlandi. Ushbu muammolarning 448 tasi joyida hal etildi, 252 tasi “yo’l xaritasi”ga kiritildi shuningdek, o’rganish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish, aniqlangan muammolarni tizimli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, bugun sizlar bilan Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlari va ko’rsatmalari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha oldinda turgan muhim va ijrosini kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar kelishib olindi.

Shuningdek, seminarda viloyat hokimining o’rinbosarlari, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarmalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar bo’limlari, soliq idoralari, 4 ta sektorga biriktirilgan viloyat ishchi guruhi a’zolari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o’rinbosari Xalilullo Turaxodjaev Sabirjonovich ishtirok etdi.

17.15 KB