Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR – YUQORI SAMARADORLIK OMILI

×

 2017-10-05 09:49:06    67

PDF yuklash
Chop etish


Iqtisodiyot vazirligi Jahon banki guruhi bilan hamkorlikda 26-29 sentyabr kunlari vazirlik va vakolatli tijorat banklari taklifiga binoan Farg’ona, Namangan hamda Andijon viloyatlaridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarida media-tur tashkil etdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi energiya iste’molchilariga yirik sanoat korxonalarida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligiga investitsiya yo’naltirishning foyda va afzalliklarni ko’rsatishdan iboratdir.

 “Farg’onaazot” aktsiyadorlik jamiyatida jurnalistlar uchun o’tkazilgan media-turda shu haqida so’z yuritildi.

Anjumanda so’zga chiqqan jamiyat boshqaruvi raisi Abdupatto Solijonov, ishlab chiqarish bo’yicha direktor Fayzullo Abdurahmonov, ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i Qobiljon Nazirov, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Jahon banki loyihasi rahbari vazifasini bajaruvchi Alisher Alimbaevlar Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi bilan hamkorlikda tatbiq etilgan loyihalar korxonani rivojlantirishda muhim o’rin tutganini ta’kidlashdi. Xususan, gaz va elektr energiyani tejashning yangi usullari, ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash, jahon bozorida mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish, mavjud uskuna va jihozlarni modernizatsiya qilish, mahsulot tannarxini kamaytirishga erishilgani amaldagi loyihaning ijobiy natijasidir.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi 2011 yildan buyon o’z faoliyatini olib bormoqda. Loyiha doirasida 30 dan ortiq sanoat korxonalari Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va O’zbekiston tijorat banklari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarga ega bo’ldilar. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda loyiha doirasida jami energiya samaradorligini oshirish bo’yicha 82 ta subloyiha amalga oshirilmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, ushbu loyihalarning muvaffaqiyatli bajarilishi natijasida O’zbekiston hududlari bo’ylab yiliga 500 million  kVtG’soat elektr energiyasi va 187,7 million kub metr tabiiy gazni tejashga erishilmoqda.

Mazkur jarayonlarni davom ettirishda Prezidentimizning joriy yil 26 may kuni qabul qilingan «2017 — 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida»gi qarori muhim hujjat bo’lib xizmat qilayotgani anjumanda alohida e’tirof etildi.

–  2017-2018 yillar mobaynida korxonamizda yana 2 ta loyiha amalga oshiriladi, –  deydi  jamiyatning investitsiya boshqarmasi boshlig’i muovini  Abror Hojibolaev. – Bunda Jahon bankining Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va “O’zsanoatqurilishbank”ining moliyaviy ko’magi asosida havo ajratish tsexini yangidan qurish, Isroil texnologiyasi orqali suv tozalagich tizimini takomillashtirish jarayoni rejalashtirilgan. Har ikki loyiha uchun 12   million dollardan ziyod mablag’ sarf etiladi.

Kunning ikkinchi qismida media-tur Quvasoy shahridagi “Kvarts” aktsiyadorlik jamiyatida davom etdi. Ushbu loyihalar samarasi bilan oyna va shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hayotida gaz va energiya tejamkorligi tufayli rentabellik oshgani, ekologik zararning kamaygani, mablag’larning tejab qolinayotgani muhim xususiyatlardan biridir. Jamiyat bosh energetigi o’rinbosari Aleksey Kudryashov o’z taqdimotida shu jihatlarni o’sish raqamlari bilan izohlab, yig’ilganlarga batafsil ma’lumot berdi.

Xuddi shunday tadbir “Qo’qonspirt” aktsiyadorlik jamiyatida ham bo’lib o’tdi.