Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ASLI VATAN QUTLUG’ DARSXONA

×

 2017-10-05 09:57:36    61

PDF yuklash
Chop etish


Siz unda Vatanday azizsiz, ustoz!

 

O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlab respublikamiz, xususan, viloyatimiz bo’ylab o’tkazilgan bayram tantanalari, uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy kechalarda eng fidoyi kasb egalarining ana shunday ezgu fazilatlari ehtirom bilan tilga olinayotir.

Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-kontsert saroyida bo’lib o’tgan bayram tadbiri ham ustoz degan sharafli nomni ulug’lab, unga munosib mehnat qilayotgan qadrli insonlar – o’qituvchilar va murabbiylar sharafiga bag’ishlandi.

Tantanali tadbirni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat  G’aniev ochdi va tantanada ishtirok etayotgan ustozlar va ular orqali farg’onalik barcha fidoyi kasb egalarini umumxalq bayrami – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutladi.

-Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlari, ijtimoiy himoyasi, ularning kelajagi haqida bildirgan takliflari mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo’ldi. Chuqur tahliliy-ilmiy yondashuvga asoslangan bu g’oya va tashabbuslar yurtimiz pedagoglarini yosh avlod tarbiyasiga har qachongidan ham ulkanroq mas’uliyat, yanada hushyorlik va ogohlik bilan yondashuvga chorlaydi, -dedi viloyat rahbari o’z so’zida. – Mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 27 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq Vatanimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlanganlar orasida 8 nafar farg’onalik ustozlarning borligi barchamizga cheksiz iftixor tuyg’usini bag’ishladi. 

Shundan so’ng  xalq ta’limi tizimidagi samarali faoliyati, yosh avlodni intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo’shib kelayotgan ustozlar, shuningdek, viloyatimizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari hamda bolalar va o’smirlar sport maktablarining bir guruh o’qituvchi va murabbiylari viloyat hokimligining “Faxriy yorliq” va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Mehr va ehtirom ramzi sifatida guldastalar ulashildi.

Turkmaniston davlatining Ashxobod shahrida bo’lib o’tgan V Yozgi Osiyo o’yinlarida yuqori natijalarni qayd etgan, belbog’li va turkman kurashlari bo’yicha 2 ta oltin, bel olish va turkman kurashining erkin dasturi bo’yicha 2 ta bronza medallari sohibi Obidali Mavlonov, belbog’li kurash sport  turining erkin yo’nalishida oltin, an’anaviy yo’nalishida kumush hamda bel olish kurashida bronza medali sovrindori Sherzod Rahimov, shuningdek, mazkur musobaqada  1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan Manzuroy Mo’ydinova singari sovrindor sportchilar va ularning murabbiylariga viloyat hokimligining  pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. 

-Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ta’lim sohasini tubdan isloh etish, yurtimiz yoshlarini hech kimdan kam bo’lmagan, har jihatdan sog’lom, teran, sog’lom va mustaqil fikrli insonlar etib kamolga etkazish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilangan edi, – deydi Dang’ara tumanidagi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi, “Do’stlik” ordeni sohibasi Gulnoraxon Meliboeva. – Bu jabhadagi ezgu sa’y-harakatlar bugun ham izchil, shiddatli davr talabiga hamohang tarzda davom ettirilayotgani, ayniqsa, ta’lim sohasi xodimlarining davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan yuksak mukofotlarga munosib ko’rilayotgani har birimizni chuqur bilim va zamonaviy kasb-hunarga ega malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek sharafli faoliyatimizga shijoat bilan yondashishga da’vat etadi.