Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

QONUN LOYIHASI – XALQ MUHOKAMASIDA

 2017-10-05 10:01:47    151

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Konstitutsiyamizda davlatning jamiyat oldidagi mas’ulligi mustahkamlab qo’yildi.  2014 yil 16 aprelda Konstitutsiyamizning bir qator moddalariga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar esa jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy maqom berdi.

Darhaqiqat, milliy qonunchiligimizda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini va ularning davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish borasidagi vakolatini mustahkamlashga qaratilgan yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularning jumlasiga “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi, “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi va boshqa qonun hujjatlarini kiritish mumkin.

Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini olib borish bo’yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilgan bo’lib, u tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga, jamiyatni demokratlashtirish jarayonining bosqichma-bosqich rivojlanib borishi samarasi o’laroq fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortib bormoqda. Bu esa jamoatchilik nazorati bo’yicha maxsus qonun qabul qilishni talab etadi.

Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida joriy yilda “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan edi.

Shunga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa ekspertlardan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

Aytish joizki, ushbu qonun loyihasini tayyorlash jarayonida milliy tajriba, ya’ni, bugungi kunda mavjud qonunchiligimizda jamoatchilik nazorati bilan bog’liq normalar, shuningdek, ushbu masalada olim va mutaxassislarning nazariy va amaliy qarashlari hamda xorijiy davlatlar tajribasi atroflicha o’rganib tahlil etildi.

Qonun loyihasi 21 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali Konstitutsiyamizda kafolatlangan jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga bo’lgan huquqlarining amalga oshirilishi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

  Xo’sh bunday nazorat kim tomonidan amalga oshiriladi, degan savolga qonun loyihasida 4 ta sub’ekt sanab o’tilmoqda. Bular avvalambor O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalaridir.

Jamoatchilik nazorati kimning ustidan olib boriladi, degan savol tug’ilishi mumkin. Aytish lozimki, Qonunda jamoatchilik nazorati ob’ekti aniq ochib berilmoqda. Unga ko’ra davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining quyidagi sohadagi faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ekti hisoblanadi:

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek davlat, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish bo’yicha;

fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlash bo’yicha;

o’z zimmasiga yuklatilgan sotsial va ijtimoiy manfaatlarga daxldor bo’lgan vazifalar va funktsiyalarni samarali bajarish bo’yicha;

samarali va sifatli davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha;

ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarish bo’yicha faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ektidir.

Endi nazorat qanday shaklda olib boriladi, degan savolga qonun loyihasida 8 ta shakl sanab o’tilmoqda. Ulardan birinchisi davlat organlariga murojaatlar va so’rovlar yuborish, ikkinchisi davlat  organlarining  ochiq  hay’at  majlislarida  ishtirok etish,  uchinchisi jamoatchilik muhokamasi, to’rtinchisi jamoatchilik eshituvi, beshinchisi jamoatchilik monitoringi, oltinchisi jamoatchilik ekspertizasi, ettinchisi jamoatchilik fikrini o’rganish va nihoyat sakkizinchisi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitishdir.

Ayni kunda qonun loyihasi keng xalq muhokamasiga qo’yilgan bo’lib, muhokamalarni amaliy ruhda o’tkazish, takliflar yig’ish maqsadida Qonunchilik pallatasi deputatlari ishtirokida hududlarda anjumanlar, davra suhbatlari, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, o’tgan hafta yakunida Farg’ona shahrida ham ana shunday davra suhbati o’tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mutaxassislari, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy Kengash a’zolari, viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakillari hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar. Davra suhbatida qonun loyihasi keng va atroflicha muhokama etilib, mahalliy mutaxassislarning, ekspert va huquqshunoslarning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi.

Qonun loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan ana shunday tadbirlar respublikamiz hududlari bo’ylab keng auditoriyalarda o’tkazilmoqda. Bunday ko’zlangan asosiy maqsad esa “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonunni har tomonlama puxta tayyorlash va amaliyotga joriy etishdan iborat. Zero, qonun xalq manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilsin.