Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

BARChAMIZ BEL BOG’LAYLIK!

 2017-10-26 15:29:12    294

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz jahonda yirik paxta xom ashyosi etishtiruvchi mamlakatlardan  sanaladi. Dunyoda paxta etishtirish bo’yicha 6-o’rin, tolasini eksport qilishda esa 5-o’rinni egallab kelmoqda.

Bu ko’rsatkichlarga erishish osonlik bilan kechmadi.

Mustaqillikning ilk yillarida  paxta tolasini qayta ishlash hajmi 7 foizdan 40 foizga etdi. Bugungi kunda to’qimachilik sanoati mahsulotlari 50 dan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. So’nggi yillarda Braziliya, Chili, Xorvatiya, Nigeriya va boshqa mamlakatlar bozorida ham mahsulotlarimiz o’z o’rnini topmoqda.  Bu barchamizning yutug’imiz.

Shunday ekan, ana shu yutuqlarimizni ko’zda tutgan, davlatimiz sanoatining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan viloyatimiz faollarining dalalarimizdagi paxta hosilini  oxirgi misqoligacha yig’ib-terib olish maqsadida  “Zarbdor 30 kunlik”ni uyushqoqlik va yuqori ko’tarinkilik bilan o’tkazish  bo’yicha Farg’ona viloyati ahliga  murojaati har bir fuqaro ko’ngliga etib borishi, shubhasiz. 

Vatan kelajagiga befarq bo’lmagan har bir inson murojaatga “labbay” deb javob berib,  dalaga otlanadi. “Oq oltin”ni  nest-nobut qilmay, yog’in-sochinli kunlarga qoldirmay yig’ishtirib olishda ishtirok etadi.

Murojaatda ta’kidlanganidek,  paxta  barchamizning rizqimiz. Nafaqat fermer xo’jaliklari a’zolari, balki  viloyatimiz engil sanoat tarmoqlarida mehnat qilayotgan 360 mingdan ortiq fuqarolarimizning nasibasi.  Oilasi to’kinligining ramziy ifodasidir.

Prezidentimizning  2016 yil  21 dekabrdagi “2017-2019 yilda to’qimachilik va trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"  qarori  qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash natijasida har  bir hududning o’zida paxta tolasini to’liq qayta ishlash, maxsulot ishlab chiqarishni 2,7 martaga ko’paytirish, 2,2 mlrd.dollar miqdorida investitsiya mablag’lari jalb etish, 27 mingdan ortiq  yangi ish o’rinlari yaratilishi, 120 ta korxona barpo qilish ko’zda tutilgan bo’lib, hayotimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Paxta terimining uyushqoqlik bilan o’tkazilishi, fermer xo’jaliklarida belgilangan rejaning to’liq ado etilishi esa shunday ezgu ishlarning debochasidir.

Bugungi siz va bizning  mehnat maydonidagi jasoratimiz, fidokorlik bilan   ulug’ yumushga o’z hissamizni qo’shishimiz  ko’zda tutilgan maqsadlarga etishda ko’mak bo’ladi.

Barchamiz el  yumushiga bel bog’laylik!

 

Z. TOJIBOEV,

Farg’ona davlat universiteti dotsenti.