Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ZIMMAMIZDAGI IYMONIY BURCh

 2017-10-26 15:31:32    74

PDF yuklash
Chop etish


Bu dunyoda Olloh bergan ne’matlarning qadriga etish, ularni isrof qilmaslik iymoniy burchlardan hisoblanadi. Ana shu burchni chin dildan bajarsakkina, o’zimiz yashab turgan jamiyatga munosib javob bera olgan bo’lamiz.

Yodingizda bo’lsa, avvalgi chiqishlarimizda payg’ambarimiz (s.a.v) ning dehqonning qo’lini o’pib, “Qiyomatda bu qo’llar o’tda kuymaydi, azob chekmaydi” degan hadisi sharifini keltirib o’tgandik. Lekin bu hadis zamirida juda katta mazmun-mohiyat borligini mufassal aytmagan edik. Zero, hadisda dehqonning bu dunyodagi sharafli xizmatlari uchun u dunyoda ham Yaratganning ulkan mukofoti borligi ta’kidlanyapti. Dehqonga yordamga shoshilgan, uning mehnatiga rag’bat qo’shgan inson ham uning savobli ishiga nasibador bo’lishini unutmaylik.

Bugungi muborakli kunlarda ming mashaqqat bilan etishtirilgan hosilni qisqa fursatlarda yig’ishtirib olish qizg’in pallaga kirdi. Ayni paytda quyoshli kunlarning har daqiqasidan unumli foydalanish zarurati tug’ildi. Kuni kecha dalalarimizdagi paxta hosilini oxirgi misqoligacha yig’ib-terib olish maqsadida “Zarbdor 30 kunlik” ni uyushqoqlik va yuqori ko’tarinkilik bilan o’tkazish bo’yicha Farg’ona viloyati ahliga yo’llangan murojaat terim mavsumida har birimizni peshqadam bo’lishga undadi.

Olloh taolo o’zining muqaddas kalomida “...o’zlaringdan (bo’lmish) ish egalariga (rahbarlarga) itoat etingiz” deb marhamat qilgan. Demak, zarbdor 30 kunlik deb nomlangan ezgu harakatni har birimiz insoniy burch, yurak amri, farovon hayotimiz qoidasi, eng muhimi bu yumushni Yaratganning roziligi yo’lidagi solih amallardan biri deb qabul qilishimiz kerak.

Muhtaram farg’onaliklar! Dalalardagi hosil tezroq terib-yig’ishtirib olinib, Vatan xirmoniga o’z vaqtida sifatli etib borsa, dasturxonlarimizdagi fayz-baraka bundanda ziyoda bo’ladi.

Payg’ambarimiz (s.a.v)ning  “Musulmon odamning eng afzali insonlar uchun manfaatli bo’lganlaridir” degan hadislariga muvofiq dalalardagi mehnat jamoalariga qo’shilaylik. El ishiga kamarbasta bo’lgan insonni so’zida, tilagida, qilayotgan ishida yaxshiliklar borki, buning mukofotini Ollohning o’zi beradi. Azizlar, quyoshli kunlar - sanoqli soatlardir. Kuzning yomg’ir, shamollari dehqonni xavotirga solishi tabiiy. Har bir chanoqdagi paxta esa oltindek bebaho. Uni loylarga qorishib, uvol bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Hatto yo’llarda to’kilgan paxtalarni ham terib olib, xas-xashakdan tozalab yuksak xirmonga qo’shib qo’ysak, ayni muddao bo’ladi.

Inson tana a’zolarini berkitib, uning chiroyiga-chiroy qo’shadigan, maishiy turmushimizning asosiy omili, ma’naviy hayotimizning poklik timsoli sanalgan, umrimiz ibtidosi va intihosining ilohiy namunasi bo’lgan paxta-yig’im terimida yanada faol bo’laylik. Zero, buyuk vatandoshimiz Imom Saraxsiy hazratlari o’z kitoblarida “Dalalardagi hosilni nest-nobud  qilmay yig’ishtirib olish farzi kifoya” deb fatvo bergan. Binobarin, bizning dalada o’rnak ko’rsatishimiz ayni itoat belgisi ekan.

Barchalarimiz murojaatga javoban zimmamizdagi iymoniy burchimizni sharaf bilan ado etaylik!

Tursuntohir ERBO’TAEV,

Viloyat bosh imom xatibi.