Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

MARG’ILONLIK ChEMPIONLAR

 2017-10-26 15:33:35    84

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahridagi 2-BO’SM tarbiyalanuvchilari erishayotgan yutuqlar salmoqli. Ayniqsa, joriy yil marg’ilonlik sportchilar uchun omadli bo’ldi.

Ruminiyaning Medjidia shahrida qo’l jangi bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilgan jahon chempionatida BO’SM tarbiyalanuvchisi Shahboz Xayrullaxo’jaev o’z vazn toifasida (46 kg.) g’alaba qozonib, faxrli 1-o’rinni egalladi. Murabbiy Kamoliddin Akbarovning umidli shogirdi, ikki karra jahon chempioni Sh.Xayrullaxo’jaev mamlakatimiz sporti sharafini munosib himoya qilib, yorug’ yuz bilan qaytdi.

Shu yil oktyabr oyida Olmaliq shahrida boks bo’yicha O’zbekiston chempionatida murabbiy Ismoiljon Rustamovning 3 nafar shogirdi –Abdulaziz Muhammadaminov, Jasur Muqimjonovlar 1,  Yahyoxon Saidxonov 2- o’rinlarni zabt etishdi.

Farg’ona shahrida sentyabr oyida basketbol bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada sport maktabining basketbol murabbiyi Rustam Dadaxonovning shogirdlari Mavluda Mahmudova, Malika Rahimova, Feruza Solieva va Ziyodaxon Hasanovalar viloyat terma jamoasi safida ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni egallashdi.   

M.SALIMOVA.