Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FUQAROLAR XAVFSIZLIGI – FAOLIYaTIMIZ SAMARASI

 2017-10-26 15:34:56    97

PDF yuklash
Chop etish


Zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish boshqa sohalarda bo’lgani kabi ichki ishlar organlari tizimi, xususan qo’riqlash xizmati samaradorligini oshirishda ham muhim o’rin tutadi. Buni e’tiborga olgan holda keyingi yillarda tizimga ilg’or va zamonaviy texnologiyalar izchil tatbiq etilmoqda.

Bu xususiyatlar viloyat IIB huzuridagi Qo’riqlash boshqarmasi 2-alohida militsiya bataloni tomonidan qo’riqlanayotgan ob’ektlar muhofazasini ta’minlash, ularda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, korxona, tashkilot, xususiy shoxobchalar va fuqarolar xonadonlarini qo’riqqa olish borasida targ’ibot ishlarini kuchaytirish, xodimlar o’rtasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash, ularning huquqiy, ma’naviy saviyasini oshirish, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasidagi vazifalarni ado etishda muhim o’rin tutmoqda.

Joriy yil davomida batalon tomonidan 38 ta ob’ekt qo’riqlanib, 1 ta kuzatuv yo’nalishi bo’yicha xizmat ko’rsatilmoqda. Shuningdek, Farg’ona shahri hududida joylashgan savdor do’konlari, shoxobchalar, fuqarolar xonadonlarini qo’riqlovga olish choralari ko’rilmoqda. Mayda o’g’irliklarning oldini olish maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan muntazam reydlar takshil etilib, tashmachilik bilan shug’ullanayotgan shaxslar tegishli jazoga tortilmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o’tkazilayotgan qidiruv tadbirlari davomida Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanib, tergov organlaridan yashiringan 10 nafar shaxslar qo’lga olindi. Qolaversa, Qo’riqlash boshqarmasining ko’rsatma-talablariga asosan yoshlar o’rtasida giyohvandlikka qarshi kurashishga bag’ishlangan tadbirlar ta’lim muassasalarida uyushqoqlik bilan tashkil etilyapti. Shahar-tumanlardagi kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalarida jinoyachilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida videokuzatuv o’rnatish ishlari amalga oshirilyapti.

Haftaning har payshanba kuni mamlakatimizda profilaktika  kuni sifatida belgilangani bizning faoliyatimizda ham muhim o’rin tutyapti. Profilaktik tadbirlar doirasida batalonimiz tomonidan ko’cha va jamoat joylarida tartibni saqlash, fuqarolar, yong’in va yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan suhbatlar, targ’ibot-tashviqot ishlari o’tkazilmoqda. Ushbu jarayonlarda biz bilan viloyat IIB va Farg’ona shahar IIB soha xizmatlarining hamkorligi diqqatga sazovordir.

Ushbu chora-tadbirlar tufayli yurtdoshlarimiz, korxona, tashkilot va muassasa xodimlari jinoyatchilikni kamaytirish va uning oldini olishda qo’riqlash tizimining afzalliklarini keng tushunib etmoqdalar.

                                                                                  

M.SAYDALIEV,

viloyat IIB huzuridagi Qo’riqlash boshqarmasi

2-alohida bataloni komandiri, mayor.