Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

MAHALLA POSBONI – OSOYIShTALIK QALQONI

×

 2017-11-06 10:52:58    225

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda 1033 ta mahalla fukarolar yig’ini mavjud bo’lib, ulardan 1025 tasida “Mahalla  posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari faoliyat ko’rsatadi. 

Viloyat  bo’yicha  51  nafar oliy, 616 nafar o’rta maxsus, 358 nafar o’rta ma’lumotli “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi raxbarlari mehnat qilyapti.

Akmaljon Ibrohimov  Farg’ona  politexnika  institutini tamomlagach, 2014 yildan buyon Farg’ona shahridagi “Nodirabegim” MFY ga “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari bo’lib ishlamoqda.

Hududimizdagi Alisher Navoiy  va  Aeroport ko’chalarida 21 ta ko’p qavatli uylar va 2 ta yotoqxona mavjud bo’lib, 4150 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 1680 nafari voyaga etmaganlar. Farg’ona olimpiya zaxiralari kolleji, tennis korti, ministadionda yoshlar sportning 16 ta turi bo’yicha shug’ullanishlari mumkin, – deydi “Nodirabegim” MFY raisi Mohiraxon Mirzamahmudova. – Hududda tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash, aholi orasida  o’zaro  totuvlik, mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashda mahalla posboni Akmaljon  Ibrohimov hamisha bizga elkadosh bo’lib kelmoqda.

Mahalla – Vatan ichra  kichik vatandir. Yurt tinchligi ana shu mo’’jaz maskan osoyishtaligi bilan bevosita bog’liq. Buni chuqur his qilgan  Akmaljon  Ibrohimov hudud profilaktika inspektori, mayor Shuhratjon Abdurahmonov,  mahalla faollari, diniy ma’rifat, ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar bilan  hamjihatlikda ish olib borishni odat tusiga kiritgan.

Bu hamjihatlik, mustahkam hamkorlik esa ijobiy samarasini bermoqda. Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari yildan-yilga kamayib bormoqda. To’rt yildan buyon  ayollar va voyaga etmaganlar  o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik  sodir  etilmadi.  13 nafar spirtli ichimlikka ruju qo’ygan, 6 nafar qamoq jazosini o’tayotganlar  bor. Ularning oilasi bilan har oyda  ikki marotaba suhbat o’tkazilib, muammolar aniqlanib, bartaraf etilyapti. Diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan shaxslar yo’q.

Mahalla posboni uchun hushyorlik juda muhim. O’zim xizmat olib borayotgan hududni besh qo’ldek yaxshi bilaman. Kim nima mashg’ulot bilan shug’ullanadi, mahallaga kimlar kelib, kimlar ketyapti, kim qaerga safarga ketdi, qo’yingki, barcha jarayonni nazorat qilishga vaqt, imkon topaman. Bu borada profilaktika inspektori menga yaqin ko’makdosh, –deydi A.Ibrohimov.

2014 va 2017 yillarda hududlarda tinchlik-osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarda ogohlik va faollikni oshirishda olib borayotgan samarali mehnatlari uchun hamda “Fuqarolar yig’inlarining eng namunali “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” ko’rik-tanlovining shahar bosqichida 1-o’rin va  birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Mazkur tanlovning viloyat bosqichida esa sovrindorlar safidan joy oldi.


Matluba TOJALIEVA.