Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SAN’AT VA MADANIYAT FIDOYISI

 2017-11-06 10:54:14    143

PDF yuklash
Chop etish


Sharof Rashidov nomi Vatanimiz tarixida nafaqat etuk davlat arbobi, atoqli yozuvchi, qolaversa, o’zbek san’ati va madaniyatining jonkuyari, fidoyisi sifatida ham muhrlanib qolgan.

Uning birinchi yirik asari 1937-yilda yozilgan “Chegarachi” poemasidir.  1940-yillarda yaratilgan “Qo’riqda” xikoyasi, “Mehnatchi qizlar”, “Kashmir qo’shig’i” qissalari, “Gulistonda” nomli qasidasi, “Qaxrim” she’rlar to’plami, “G’oliblar”, “Bo’rondan kuchli” “Qudratli to’lqin” romanlari o’zbek xalqining ma’naviy mulkiga aylangani shubhasiz.

Sharof Rashidov ijodi, ayniqsa, she’rlari o’zbek kompozitorlari va san’atkorlarining ilhom manbai edi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Mazmunan boyligi, ko’tarinkiligi bilan o’z-o’zidan dilbar qo’shiqlarga jo bo’lgan satrlar bugun ham xalq tilidan tushmaydi.     Taniqli kompozitor Sulaymon Yudakov tomonidan  adibning “Kashmir qo’shig’i” qissasidagi “Dugonalar” she’riga vokal-musiqa janri uslubida yaratilgan qo’shiq hamon o’z badiiy qimmatini yo’qotmay ijrochilar tomonidan kuylanib kelinmoqda:

Dugonalar, omonmisiz, bormisiz,

Jam bo’lishib, ochilib, gulzormisiz?

Xech qanday kuch bizni xazon etolmas,

Bo’ron, Xorud murodiga etolmas.

Xuddi shu asardagi “Olamda gullar yashar” she’ri bilan kuylanadigan qo’shiq ham o’ziga xos milliy ruh bilan sug’orilganligi uchun ham tinglovchilar ommasiga qadrdon bo’lib qolgan.

Sharof Rashidov ijodi bilan millat ma’naviyatiga, o’z davrida o’zbek musiqa madaniyati va san’ati rivojiga munosib ulush qo’shgan davlat arbobi, san’at va madaniyat fidoyisi sifatida ham munosib nom qoldirgan.

1958-yili “Lazgi” ashula va raqs ansambli, 1966-yili “O’zbekkontsert” filarmoniyasi, 1965-yili “Qaytarma” tatar, “Kayagim” koreys estrada ansambllari, 1972- yili “Yalla”, 1974- yili “Sintez”, 1977- yili “Navo” vokal-cholg’u ansambllari tashkil etildi. Mana shu davrlarda O’zbekistonda san’atsevar, iqtidorli yoshlarni izlab topish maqsadida viloyatlar o’rtasida “Marhabo, talantlar!”, “Chashma”, “Zehn” va teleradioko’rsatuvlar orqali maktab o’quvchilari uchun tashkillangan “Kuylang, yosh xonandalar” ko’rik-tanlovlari tashkillandi, tanlovlarda kashf etilib, iste’dodi e’tirof etilgan yoshlardan O’lmas Saidjonov, Sultonposhsha O’daeva, Sanobar Rahmonova, Malika Ibrohimova, Sayyora Nazirova  singari el e’tiboridagi san’atkorlar etishib chiqdi.

1960-80 yillarda yaratilgan “Sinchalak”, “Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Toshkent -non shahri”, “Abu Rayxon Beruniy”, “Shum bola”, “O’tgan kunlar”, “Zulmatni tark etib”singari ko’plab kinofilmlar Sharof Rashidov davrida yaratilgan bo’lib, xalqimizning o’tmishi va boshdan kechirgan zahmatli, fidokorona mehnatlarini o’zida aks ettirgan. Bu kinoasarlar hozirgi kunda ham o’zbek kino san’atining durdonalari sifatida qadrlanadi.

Sharof Rashidov sa’y-harakatlari bilan O’zbekistonda bir necha marotaba xalqaro kinofestivallar tashkil qilingan. Shuningdek, Respublika “Qo’g’irchoq teatri” va Marg’ilon shahar badiiy xavaskorlar jamoasi Hindistonda, “Bahor” xalq ansambli arab mamlakatlarida, o’zbek dorbozi Toshkentboev Braziliyada kontsert safarlarida, “Lazgi” ashula va raqs ansambli Tunis davlatining Karfagen shahrida o’tkazilgan xalqaro san’at festivalida qatnashib, o’zbek san’atini dunyoga namoyish etish imkoniyatiga ega bo’lishgan. Bularning bari Sharof Rashidovning o’zbek san’ati va madaniyati rivoji yo’lidagi jonkuyarligini ko’rsatadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori etuk tarixiy shaxsning davlatimiz rivojlanishi, xalqimiz ma’naviyati, san’ati va madaniyati taraqqiyoti yo’lidagi xizmatlarini yodga olish, e’tirof etish, samarali faoliyati va ijodi, bosib o’tgan hayot yo’lini o’rganish va ibrat olish uchun muhim dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.

 

Ulug’bek RAHMONOV,

Alijon ERGAShEV,

Marg’ilon pedagogika kolleji musiqa fani o’qituvchilari.