Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

JINOIY REJA AMALGA OShMADI

×

 2017-11-06 10:55:38    105

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudining “qora kursi”sida “Xorijga bemalol o’tkazib, ishga joylashtirib qo’yaman”, deya vositachilik rolini o’ynagan 8 nafar kimsalar o’tiribdi.

Sudlanuvchi A.Ahmedov tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo’lmagan Zokir, S.Mamasaidov, D.Karimov, D.Omonov, I.Tursunov, N.Esonbekov, X.Yusupovlar moddiy manfaatdorlikni ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi “Davlat chegarasidan o’tish tartibi to’g’risida”gi Qonuni talablarini qo’pol ravishda buzib, fuqarolarni Qirg’iziston Respublikasida yollanma ishchi  bo’lib ishlash uchun chegara nazorati o’rnatilmagan aylanma yo’llar orqali qonunga xilof ravishda o’tkazib qo’yish rejasini tuzishadi. 

Jinoiy rejaga ko’ra, X.Yusupov tanishlari D.Karimov, X.Karimov  (X.Karimovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan), D.Omonov, I.Tursunov va Z.Xoliqovlarga “men bilan O’sh viloyati, Uchqo’rg’on qishlog’ida yashik tayyorlash tsexida ishlab, mo’may daromad topasizlar, u erda meni tanishim bor. Qirg’izistonga o’tkazib qo’yadi”, deya qo’ynilarini puch yong’oqqa to’ldiradi. Ular rozi bo’lishadi.

O’tgan yil 13 sentyabr kuni jinoiy guruh a’zolari Oltiariq tumani markaziga to’plangan ishchilarni olib, Farg’ona shahriga kelishadi. Ularni A.Ahmedov, S.Mamasaidov kutib olishadi. Quvasoy-Farg’ona yo’nalishida yo’lovchi tashuvchi N.Esonovning “Damas” rusumli avtomashinasida Quvasoy shahar, Polmon qishlog’idagi chegara postini chetlab, O’zbekiston Respublikasining Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududiga yaqin joyga olib kelishadi. Ammo xorijga ishlash uchun ketayotganlar MXX Farg’ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan  qo’lga olindi. Jinoiy guruhning rejasi amalga oshmadi.

Sudlanuvchi A.Ahmedov sudda aybiga to’liq iqror bo’ldi. 2016 yilning iyul oyida Qirg’iziston Respublikasining Batken viloyati, Qaqir qishlog’ida yashovchi Zokir ismli shaxs unga qo’ng’iroq qilib, ustachilik bilan shug’ulladagigan shaxslarni Qirg’iziston Respublikasi hududiga o’tkazishga yordam berishini aytadi. Taklifga rozi bo’lib, ishchilarni to’plab, Quvasoy shahriga olib borishga va’dalashadi. Ammo ularning g’arazli niyati amalga oshmadi. Hamyurtlarini jar yoqasiga boshlab, jirkanch ishga aralashib qolganidan chin pushaymonligini bildirib, engillik berishlarini so’radi.

Jinoiy guruh a’zolarining har biriga tegishli jazo tayinlandi.


M.SALIMOVA.