Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ADABIY MO’JIZALAR BUNYODKORI

×

 2017-12-02 12:09:59    50

PDF yuklash
Chop etish


Farg`onada O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi, taniqli munaqqid, mohir tarjimon Ibrohim G`ofurov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan ilmiy-adabiy anjuman bo’lib o’tdi

 Azal-azaldan xalqimiz ijod ahliga juda katta hurmat va ishonch bilan qaraydi. Ularga jamiyat tafakkurining egalari, deya yuksak baho berilishi ham bejiz emas. Zero, el mehri va ixlosi zamirida, avvalo, adabiyotning qudratli kuchini e’tirof etish, qolaversa, millatning ma’naviy kamoloti yo’lidagi ijodiy mehnatlarni munosib e’zozlash fazilati mujassamdir.

Mamlakatimizda adabiyotni rivojlantirish, ijodkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, adabiyotimizning buyuk namoyondalariga alohida ehtirom ko’rsatishga qaratilgan ezgu ishlarning keng yo’lga qo’yilganligi, ayniqsa, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish to’g`risidagi qaror va farmoyishlarning e’lon qilinishi  xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishga mustahkam poydevor qo’yilayotganidan dalolat.

O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi, etuk adabiyotshunos olim, atoqli adib va tarjimon Ibrohim G`ofurov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan adabiy bayramlarning respublikamiz, xususan, Farg`ona vodiysi viloyatlarida keng nishonlanishi ham yurtimiz ijodkor ziyolilariga ko’rsatilayotgan cheksiz mehr va ehtiromning yorqin namunasi bo’layotir.

Farg`ona davlat universitetida o’tkazilgan ilmiy-adabiy anjuman ana shu qutlug` sanaga bag`ishlandi. Unda respublikamiz va viloyatimizning taniqli ijodkorlari, shoir va yozuvchilar, olimlar, adabiyot ixlosmandlari, faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Milliy adabiyotimiz durdonalari, eng sara kitoblar ko’rgazmasi hamda  Ibrohim G`ofurov hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan taqdimot ishi bugungi kitobxonlik muhiti, adabiyotimiz fidoyilaridan so’z ochdi.

Tantanali tadbirni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Enaxon Siddiqova olib bordi.

Viloyat hokimi Shuhrat G`anievning mohir tarjimon va adabiyotshunos olim Ibrohim G`ofurovning 80 yillik tavalludi munosabati bilan yo’llagan tabrigi o’qib eshittirilib, farg`onaliklarning adib ijodiga bo’lgan e’tibori va mehri yuksak ekanligi ta’kidlandi. Tantana qahramoniga milliy an’analarimizga muvofiq zarbof to’n kiygizilib,  ehtirom guldastalari topshirildi.

Farg`ona davlat universiteti rektori Alisher Xaitboevning samimiy qutlovidan so’ng oliygoh talabalari ishtirokida “Ijodkorning sehrli dunyosi” nomli adabiy-badiiy kompozistiya namoyish qilindi.

Adabiy anjumanda so’z olgan O’zbekiston xalq shoirlari Anvar Obidjon, Mahmud Toir, Oydin Hojieva, taniqli publistist Xurshid Do’stmuhammad, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Mirpo’lat Mirzo, Dadajon Nuriy, uyushma mas’ul kotibi Muhiddin Abdusamad, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Omonjon Hoshimovlar adib shaxsi, ijodi, uning o’zbek adabiyotshunosligi takomilidagi o’rni xususida so’z yuritdilar.

Ibrohim G`ofurov o’zining salmoqli ijod yillarini katta-katta kitoblarga, qolaversa, o’nlab mansuralar, maqolalar, ilmiy-adabiy maqolalarga, go’zal-go’zal suhbatlar, badialar, esselar va qator publististik asarlarga muxrlab qo’ydi, – deydi O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon. – Uning o’zbek adabiyotshunosligida yaratgan o’ziga xos maktabi, jahon adabiyotidan qilgan badiiy tarjimalari, o’tkir qalami, tajriba mahorati hali uzoq yillar milliy adabiyotimiz ravnaqiga xizmat qilishiga, adabiy tanqidchilikning davomchilarini ulg`aytirishiga shubha yo’q.

Dilbar kuy-qo’shiqlar, mushoiralar sururi ma’naviyat bayramiga o’zgacha fayz berdi.

Dostoevskiy, Mopassan, Xeminguey, Chingiz Aytmatov, Rasputin singari o’nlab dunyo adabiyotining mashhur namoyondalarini o’zbek tilida so’zlatgan nodir iste’dod sohibi, “men, ilm va elim” degan birlikka e’tiqod qo’yib, faqat ilmiy, ijodiy mashaqqatlar ichra umr kechirgan Ibrohim G`ofurovning bugungi e’tibor va samimiy mehrdan minnatdor ko’ngli faol kitobxonlar, adabiyot ixlosmandlarining qutlovlaridan yanada shod bo’ldi.

Muhtaram Prezidentimizning O’zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ta’kidlanganidek, inson qalbini, uning dardu tashvishlarini, xalqining orzu -intilishlari, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`usini ta’sirchan so’z orqali tarannum etishni o’z hayotining mazmun-mohiyati deb biladigan ijod ahli va ularning sharafli mehnati hamisha xalqimizning yuksak hurmat va ehtiromidadir. Ibrohim G`ofurovning qaynoq ijod yo’li ham ana shunday ehtirom og`ushida barhayotlik kasb etishi va izlanish zavqi, adabiyot qudrati ijodkorni yangi-yangi adabiy mo’jizalar yaratishga undashi shubhasizdir.

Marg`ilon shahridagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabida davom etgan adabiy anjuman farg`onaliklar qalbida adabiyotga oshnolik, kitobsevarlik fazilatlarini yanada yuksalishiga xizmat qildi.

 

Dilnavoz QO’LDOShEVA,

“Farg`ona haqiqati” muxbiri.