Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SAXOVATLI TASHRIF

×

 2017-12-02 12:16:29    57

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining yoshlar birlashmalari tashabbusi bilan O’zbekiston tumanidagi Qudash “Muruvvat” ayollar internat uyiga saxovatli tashrif amalga oshirildi. “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari – yoshlar e’tiborida” nomli akstiya doirasidagi ushbu tashrif 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag`ishlandi.

Tadbirda so’z olgan internat direktori Bahromjon Yusupov yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron va keksa avlod vakillariga ko’rsatilayotgan yuksak g`amho’rlik haqida gapirdi. Muassasada istiqomat qilayotgan 350 nafar ayollar ham ana shu e’tibor va qulay shart-sharoitlardan bahramand ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Shundan so’ng kasaba uyushma rahbariyati va tashkilotchilar internat vakillariga o’z tuhfalarini topshirdilar. Ular ham bu yo’qlovdan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor qildilar.

– Bizga mana shunday mehr ko’rsatishganidan ko’nglimiz tog`dek yuksaldi, – deydi quvonch bilan Masruraxon Boboeva. – Homiylarimiz, tashkilotchilarimiz har bir bayramda bizni yoddan chiqarishmaydi, sovg`a-salomlar bilan kelib holimizdan xabar olishadi. Bunday e’tibor uchun avvalo, Prezidentimizga rahmat. Saxovatli yurtdoshlarimiz sog`-salomat bo’lishsin!

Quvonchli tashrif jo’shqin kuy-qo’shiqlarga ulanib ketdi. Tumanning yosh ijodkorlari, muassasa xodimlari tomonidan o’qilgan she’rlar yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

– Birlashmamiz tomonidan keksalar va bolalar uylariga ham mana shunday yo’qlovlarni amalga oshirish niyatimiz bor, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi vakili Hilola Mamaziyaeva.

 

Madaminjon SOLIJONOV.

Muallif olgan surat.