Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

NURLI KELAJAGIMIZ KAFOLATI

×

 2017-12-04 10:44:19    33

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi tashabbusi bilan shu kunlarda viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag`ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yuzma-yuz muloqotlar bo’lib o’tmoqda.

Ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 20 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g`risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida o’tkazilayotgan uchrashuvlarda aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etayapti.

Viloyatimiz oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi mutaxassislari, huquqshunoslar, taniqli ijodkorlar, sportchi va san’atkorlar, Yoshlar ittifoqi faollari, siyosiy partiyalar vakillari, “Nuroniy” jamg`armasi, “Mahalla” jamoat fondi rahbarlari ishtirokidagi samimiy suhbatlarda mamlakatimiz Konstitustiyasi baxtimiz qomusi, tinch va farovon hayotimiz, nurli kelajagimiz kafolati ekanligi ta’kidlanyapti.

Belgilangan reja asosida bugungi kunga qadar Farg`ona, Marg`ilon shaharlari hamda Rishton, Bag`dod, Buvayda, Qo’shtepa, Yozyovon, Uchko’prik tumanlaridagi ta’lim, tibbiyot, moliya, bank muassasalari, Davlat soliq inspekstiyalari, mahalla fuqarolar yig`inlarida Konstitustiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag`ishlangan maroqli uchrashuvlar o’tkazildi.

Asosiy Qonunimizda muhrlab qo’yilgan tamoyil va qoidalar asosida xalqimizning turmush darajasi yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, – deydi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Yahyobek Mo’minov Buvayda pedagogika kollejida bo’lib o’tgan yuzma-yuz muloqotda. – Bu esa ta’lim tizimi, tibbiyot, madaniyat va san’at, qo’yingki, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan samarali va keng ko’lamli islohotlarga asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Bunday uchrashuvlarda kelajagimiz vorislari faol ishtirok etib, o’zlarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari borasidagi bilimlarini oshirayotgani muhim ahamiyatga ega, – deydi O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoli, taniqli sportchi Abubakr Rasulov. – Boisi qonunga hurmat ruhida kamolga etgan yigit-qizlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg`usi kuchli bo’ladi. Bu kabi xislatlarga ega bo’lgan yoshlar ertangi kunimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lishiga ishonamiz.       

Ayni kunlarda viloyatimiz shahar-tumanlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag`ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

 B.MADIYOROV.

Suratni Sh.QORABOEV olgan.