Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 25 yilligi tantanasi uchun so’z

 2017-12-15 15:01:18    417

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz farg’onaliklar!

Bugun Vatanimiz hayotidagi qutlug’ sanani nishonlash uchun mana shu muhtasham saroyda sizlar bilan yuzma-yuz turganimdan mamnunman. Bugun barchamiz tarixiy sana – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yillik bayramini nishonlashga yig’ildik. Fidokor, mehnatkash, zahmatkash Farg’ona ahlini cheksiz hurmat va ehtirom ila ushbu tantana bilan chin qalbimdan tabriklashga ruxsat bergaysiz.

1992 yil 8 dekabr sanasi mustaqil - O’zbekistonimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo’ldi. Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida buyuk davlat arbobi, ulug’ yo’lboshchimiz, muhtaram Islom Abdug’anievich Karimovning xizmatlari beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Mustaqilligimiz me’mori, asosiy qonunimiz – siyosiy hujjatni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega teran fikrlari bilan zamin yaratgan, Vatan oldidagi buyuk xizmatlari bilan tarixda alohida sahifa ochgan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 80 yillik yubileyini yanvar oyida nishonlash arafasida turibmiz. Davlatimiz endigina mustaqil bo’lib oyoqqa tura boshlagan davrlarda har tomonlama puxta ishlangan qonunning yaratilishi muhim ahamiyatga ega edi. Konstitutsiyaning qabul qilinishida demokratik tamoyillarga, jahon tajribasi va asosiysi, xalqimizning bebaho qadriyatlariga asosiy e’tibor berilganligi uning asosiy jihatidir.

Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” asosiy o’ringa qo’yilgan. Yillar davomida amalga oshirilgan juda ko’p islohotlar, iqtisodiy-ijtimoiy siyosat Asosiy qonunimizga muvofiq ravishda amalga oshirib kelindi.

O’tgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo’yilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Bu qonun mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo’ldi. Fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitutsiyaning o’rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joizdir.

Bosh qomusimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va  boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to’la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uyg’un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning olib borayotgan odilona siyosatlari  ham xalq farovonligi yo’lidagi, Konstitutsiya talablarining bajarilishidagi muhim qadamlardir. O’tib borayotgan 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi va yil davomida amalga oshirilgan ishlar konstitutsion huquq va burchlarimiz bajarilishining amaldagi ifodasidir.

Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad - inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. Buning uchun esa, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. Bugun viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida ishlab turgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari, virtual qabulxonalar fuqarolarning orzu-istak, intilishlari ro’yobi, muammolari echimi uchun xizmat qilmoqda. Bugun shonli sana – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining
25 yilligi arafasida xalq va davlat birligi, qonun va uning ijrosi tamoyili tobora kuchayib bormoqda deb ayta olaman.

Viloyatimiz aholisining qishloq xo’jaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalarda fidokorona mehnati bilan taraqqiyotimizga o’zining  munosib hissasini qo’shayotgan, o’z sohasida yutuqlarga erishgan  2888 nafar vakillari “O’zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi” ko’krak nishoni, 24 nafari esa davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqdalar.

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni mamlakatimizning, xalqimizning eng ulug’ bayramlaridan biri – Asosiy qonunimiz qabul qilinganligining
25 yilligi bayrami bilan chin dildan tabriklayman! Bayramingiz muborak bo’lsin!

17.29 KB