Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi tomonidan joriy yilning 27 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qubul qilinganligining yigirma besh yilligini

 2017-12-15 15:10:16    426

PDF yuklash
Chop etish


viloyatimizda ko’tarinki ruhda tashkil etish va o’tkazish maqsadida shahar va tumanlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga oid

 MA’LUMOTNOMA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qubul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora- tadbirlari to’g’risida” 2017 yil 20 iyundagi 4969-F-sonli Farmoni hamda viloyat hokimining 2017 yil 27 iyundagi shu mazmundagi 180-F-sonli farmonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida 8 dekabr – Konstitutsiya kuni umumxalq bayramini viloyatimizda ko’tarinki ruhda tashkil etish maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida “Konstitutsiya – yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori” shiori ostida targ’ibot tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limi tizimidagi shahar va tuman bo’linmalari tomonidan 2017 yilning                           27 noyabrdan 4 dekabr kuniga qadar 55 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, ularda 264 185 nafardan ziyod aholining turli qatlam vakillari, ishchi-xodimlar va o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Jumladan, Bog’dod tumanidagi “Zafar-Obod” va “Oydinbuloq” MFYlarda “Konstituttsiya milliy qonunchiligimiz asosi”, “Konstitutsiya–bu huquq va erkinliklarimiz garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda 90 dan ziyod maxalla faollari ishtrok etdi. Shuningdek, tumandagi Agrobank va Xalq banklari Bog’dod tuman bo’limlarida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida jonli muloqot bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirlarda jami 40 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Uchko’prik tumanidagi 36-45-sonli umumta’lim maktablarida O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan aholining turli qatlam vakillari ishtirokida “Konstitutsiya – yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori”, “Konstitutsiya – demokratiya va milliy ma’naviyat ko’zgusi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi.

Toshloq tumanidagi 9-umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlab “Konstitutsiyani o’rganamiz” shiori ostida maktab o’quvchilari o’rtasida olimpiyada o’tkazildi. Olimpiyadada 37 ta umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirok etdi. G’oliblar hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg’a bilan tiqdirlandi.

Beshariq tumanidagi “Pastki Yakkatut”, “Bo’ston”, “Do’ltali”, “Yangi Rapqon”, “Shodlikobod” hamda chegara hududlardagi “Vorux Dasht”, “Chorbog’to’rong’i” mahalla fuqarolar yig’inlarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ’ibotchilar guruhi tomonidan “Konstitutsiya – yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori” shiori ostida targ’ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, tumandagi 2-, 4-, 7-, 12-, 15-, 16-umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Konstitutsiya, demokratiya va milliy ma’naviyat” mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi. Ushbu tadbirlarda 1000 dan ziyod MFYlar faollari, o’quvchilar ishtirok etdi.

Quvasoy shahridagi Xalq banki, Agrobank, shahar elektr tarmoqlari korxonasi hamda suvoqava ishlab chiqarish korxonasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlab, “Konstitutsiya-huquq va erkinliklarimiz kafolati”, “Konstitutsiya-mamlakat taraqqiyoti, tinchligi, barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash kafolati”, “Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz”, “Inson huquqlari qonun himoyasida” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 150 nafardan ziyod ishchi-xodimlar va yoshlar ishtirok etdi.

Qo’qon shahridagi Politexnika kasb-xunar kollejida “Qonun va burchlar”, “Yoshlarni ommaviy madaniyatning zararli ta’sirlaridan asrash, oila va o’quv muassasasining o’rni” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 200 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Qo’shtepa tumanidagi 15-sonli musiqa maktabida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qubul qilinganligining yigirma besh yilligi bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda
250 nafar ishtirokchilar ishtirok etdi.

Farg’ona shahridagi 2-Tibbiyot kollejida “Huquqiy islohotlar – yurt ravnaqi va aholi farovonligiga xizmat qilmoqda” shiori ostida tadbir o’tkazildi. Tadbirda FarDU tarix kafedrasi mudiri S.Mirsoatova, FarDU tarix kafedrasi katta o’qituvchisi R.Akbarov, hamda kollejning
400 nafar 1-bosqich o’quvchilari ishtirok etdi.

Furqat tumanidagi 9-sonili umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida 400 nafar o’quvchi yoshlar hamda ustozlar ishtirok etdi.

Quvasoy shahridagi Sanoat kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsyasining 25 yilligiga bag’ishlab “Konstitutsiya-huquq va erkinliklarimiz kafolati, “Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyoti, tinchligi, barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash kafolati”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda jami 255 nafar o’quvchi yoshlar va murabbiylar ishtirok etdi.

Toshloq tumanidagi 31-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2017 yil 20 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-4969-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” mavzusida davra suhbati bo’lib  o’tdi. Tadbirda 30 nafar o’quvchilar ishtirok etdi.

Yozyovon tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida “Yoshlar va qonun” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida 70 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Marg’ilon shahridagi Tibbiyot kollejida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 260 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.

Dang’ra tumanidagi Qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida “Adolat qonun ustivorligida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda 150 nafar ishtirokchilar ishtirok etdi.      

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan Farg’ona shahrida aktsiya o’tkazildi. Ushbu aktsiya doirasida 200 ta O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kitobi aholini turli qatlam vakllariga bepul tarqatildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limi muassisligidagi “Ma’naviyat” gazetasining 2017 yil 23 noyabrdagi
№ 23 (469) sonida “Bosh qomusimiz – baxtimiz poydevori” nomli maqola chop etildi. Shuningdek, “Farg’ona haqiqati” gazetasining 2017 yil
25 noyabrdagi “ 94 - (24171) sonida “Konstitutsiya – jamiyat hayotining poydevori” mavzusida maqolalar chop ettirildi.

Viloyat bo’limi tomonidan ushbu yo’nalishdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

45.50 KB