Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Demografiya va mehnat bozori

 2017-12-19 14:55:16    348

PDF yuklash
Chop etish


 

Demografiya va
mehnat bozori

 

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 605,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 55,9 ming kishiga yoki 1,6 foizga ko’paydi.

Aholining tabiiy o’sishi 15,9  ming kishini tashkil etdi.

2017 yil yanvar-sentyabrda migratsiya saldosi, dastlabki malumotlarga ko’ra, - 0,2 ming kishini tashkil qildi.

Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-sentyabrda quyidagicha ifodalanadi:

 

 

ming kishi

Har 1000 kishiga

2016 y.

2017 y.1)

o’sish,
kamayish (-)

2016 y.

2017 y.1)

 

 

 

 

 

 

Tug’ilganlar

57,8

55,8

- 2,0

21,9

20,8

O’lganlar

12,0

        13,1

1,1

4,5

4,9

shu jumladan bir yoshgacha bolalar 1000 tug’ilgan bolalarga nisbatan

0,4

0,4

0,0

7,1

 

7,2

 

Tabiiy o’sish

45,8

42,7

-3,1

17,4

15,9

Nikohlar

18,1

19,8

1,7

6,8

7,4

Ajralishlar

2,5

2,6

0,1

0,9

1,0

 

Tug’ilish darajasi. 2017 yilning yanvar-sentyabrida tug’ilganlar soni
55,8 ming kishini tashkil qildi va 2016 yilning shu davriga (57,8 ming kishi) nisbatan 2 ming taga kamaydi. Tug’ilish koeffitsienti mos ravishda
20,8 promilleni tashkil qildi va 2016 yilning shu davriga (21,9 promille) nisbatan - 1,1 promillega
kamaydi.

Tug’ilish darajasining kamayishi viloyatning Qo’qon, Farg’ona shahrida
(18,0 dan 17,0 promillega), Oltiariq, Beshariq, Quva, So’x (21,0 dan
20,0 promillega), O’zbekiston, Bog’dod, Buvayda, Fargona, Furkat, Yaz’yovon (22,0 dan 21,0  promillega), Qo’shtepa, Uchko’prik  (23,0 dan 22,0 promillega), Toshloq, Dang’ara (24,0 dan 23,0 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O’lim darajasi. 2017 yilning yanvar-sentyabrida o’lganlar soni 13,0 ming kishini tashkil qildi va 2016 yilning shu davriga (12,0 ming kishi) nisbatan
mingtaga ko’paydi. Mos ravishda o’lim koeffitsienti 4,9 promilleni tashkil qildi (2016 yil yanvar-sentyabrida  4,5 promille).

O’lganlar sonining kamayishi Farg’ona (7,0 dan 6,0 promillega) shahrida, Qo’qon shahri, Dang’ara, Furqat (6,0 dan 5,0 promillega), Quvasoy, Marg’ilon shaharlari, Oltiariq, Qo’shtepa, Bag’dod, Besharia, Quva, Uchko’prik, Toshloq va Buvayda (5,0 dan 4,0 promillega), Yozyovon, So’x (4,0 dan 3,0 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O’lganlar umumiy sonidan 63,8 foizi qon aylanish tizimi
kasalliklaridan, 8,2 foizi - o’sma kasalliklaridan, 5,9 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 3,6 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan,
6,8 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yilning yanvar-sentyabrida bir yoshga to’lmagan 416 ta bolalar o’limi kuzatildi. Bolalar o’limi koeffitsienti
7,2  promilleni tashkil qildi (2016 yilning yanvar-sentyabrida 7,1 promille).

Bir yoshgacha o’lgan bolalarning umumiy sonidan 38,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 17,5 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 24,5 foizi – tug’ma anomaliyalardan va 6,5 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikohlar va ajralishlar. 2017 yilning yanvar-sentyabrida FHDYo organlarida 19,8 ming ta nikohlar va 2,6 mingta ajralishlar ro’yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 7,4 ta nikoh (2016 yilning tegishli davrida 6,8 ta) va 1,0 ta ajralishlar (2016 yilning tegishli davrida – 0,9 ta) to’g’ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yilning
yanvar-sentyabr oylarida viloyat bo’yicha ko’chib kelganlar soni 9628 kishini, shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 11632 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig’i minus 2004 kishiga (2016 yilning shu davrida - minus 1551 kishi) teng bo’ldi. Eng katta minus qoldiqlar Farg’ona tumani (minus 571),  Qo’qon shahrida (minus 385), Dang’ara (minus 260) tumanlarida kuzatildi.

 

Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-sentyabrda quyidagicha ifodalanadi:

Har 1000 kishiga

 

 

Mehnat resurslarining soni dastlabki ma’lumotlarga ko’ra,
2016 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 100,7 foizni, 2030,1 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,3 foizini tashkil qildi.

2017 yil yanvar-sentyabrda bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so’rab, 22613 nafar fuqaro murojaat qildi.
Ish qidirib murojaat etganlar Qo’qon (2006 kishiga), Farg’ona (2061 kishiga), Marg’ilon (1461 kishiga) shaharlarida, Oltiariq (1546 kishiga), Bag’dod
(1237 kishiga), Rishton (1305 kishiga) va O’zbekiston (1253 kishiga) tumanlarida ko’p. 

Bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan
20652 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko’rsatkich Qo’qon (1910 kishi), Farg’ona (1959 kishiga) shaharlarida, Oltiariq (1500 kishi), Beshariq (1157 kishi), Bag’dod (1121 kishi) va Rishton (1131 kishi) tumanlarida yuqori darajada bo’ldi.

O’tgan davr mobaynida bandlikka ko’maklashuvchi markazlarida ro’yxatga olingan fuqarolardan 855 nafari ishsizlik maqomini olgan.   

 




1) дастлабки маълумот