Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Yanvar 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

XITOYLIK ISHBILARMONLAR FARG`ONADA YANGI LOYIHALARNI MUHOKAMA QILDI

 2017-12-27 16:55:07    31

PDF yuklash
Chop etish


Farg`onada viloyat tadbirkorlari va Xitoyning Stzyansu provinstiyasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-seminar bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda ish yuritish uchun yaratilgan qulay muhit, imtiyoz va preferenstiyalar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qilayotir. Mazkur tadbirni o’tkazishdan maqsad ham xorijlik ishbilarmonlar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat.

Farg`ona viloyatida iqtisodiyotning turli sohalarida 200 ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Bu xorijiy sarmoyadorlarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqish va ishonch ortib borayotganidan dalolat. Xususan, xitoylik ishbilarmonlar bilan keyingi yillarda mustahkam hamkorlik yo’lga qo’yilgani natijasida viloyatning o’zida 20 dan ortiq qo’shma korxona ishga tushirildi. Ayni paytda "Qo’qon" erkin iqtisodiy zonasida xorijliklar bilan hamkorlikda ko’plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda.

Mazkur biznes-seminar ham mavjud aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat bo’lib xizmat qiladi. Unda mashinasozlik, farmastevtika, to’qimachilik, qurilish, oziq-ovqat, kimyo sanoati, elektrotexnika, muqobil energiya manbalari, zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin konstern va kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

– Stzyansu provinstiyasida zamonaviy sanoat rivojlangan bo’lib, Xitoyda etakchi o’rinlardan birini egallaydi, – deydi “Jiangsu” kompaniyasi direktor o’rinbosari Stzya Yinke. – Bugun Farg`ona viloyatidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdik. Yurtingizda tadbirkorlik uchun katta imtiyozlar berilayotgani e’tiborga sazovor.

Tadbirda viloyatning iqtisodiy salohiyati va bu erdagi investistiya muhiti xususida ma’lumotlar taqdim etildi. Turli sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha qator investistiyaviy shartnomalar imzolandi.

 Ma’sudjon SULAYMONOV