Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hurmatli tadbirkorlar va o’z faoliyatini kengaytirish istagida bo’lgan ishbilarmonlar!!!

 2018-01-06 18:34:35    277

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  25 avgustdagi “Farg’ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  672-sonli qaroriga asosan, Farg’ona viloyatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun yana bir qulay imkoniyat yaratildi.

Dang’ara tumani hokimligi xuzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direktsiyasi” hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub’ektlariga, davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to’lovi stavkasi bo’yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsientlarni qo’llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Hokimliklar rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklangan.

Endilikda, Dang’ara tumanidagi  “Dang’ara tumani kichik sanoatlar zonalarni boshqarish yagona direktsiyasi” balansida bo’lgan 2,4 gektar hududida barcha muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz ta’minlanadigan kichik sanoat zonasi tashkil etilib, u erda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko’zlangan, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratib, faoliyatini kengaytirish harakatida bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilmoqda.

Tasdiqlangan joylashtirish sxemasiga muvofiq, Dang’ara tuman kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direktsiyasi balansida bo’lgan sobiq “Suvinshootta’mir”MChJning bino va inshootlarida tadbirkorlik sub’ektlari uchun ajratilgan 2,4 gektar maydonda 13 ta hududlar quyidagi lotlar asosida tanlovga qo’yiladi. Tanlovda charm-poyabzal, qurilish mahsulotlari, mebel maxsulotlari, tikuvchilik va to’qimachilik mahsulotlari, va halq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqaruvchilar taklif qilinadilar.  

1-lot – ma’muriy bino va unga tutash hududlar, umumiy maydoni – 1060 kv.m, qurilish maydoni – 316,55 kv.metr, bino 2 qavatdan iborat, bino balandligi – 7,05 metr, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 30 ta;

2-lot – omborxona binosi va unga tutash hududlar, umumiy maydoni – 1600 kv.m, qurilish maydoni – 1124 kv.metr, bino balandligi – 8,8 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 20 ta;

3-lot – qurilish materiallari ombori va unga tutash hududlar, maydoni – 1000 kv.m, qurilish maydoni – 464,24 kv.metr, bino balandligi – 6,1 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 15 ta;

4-lot – Qurilish materiallari tsexi va unga tutash hududlar, maydoni – 2000 kv.m, qurilish maydoni – 433,0 kv.metr, bino balandligi – 6,0 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 20 ta;

5-lot – Qozonxona binosi va unga tutash hududlar, maydoni – 1600 kv.m, qurilish maydoni – 397,59 kv.metr, bino balandligi – 7,3 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 20 ta;

6-lot – Qozonxona binosining bir qismi va unga tutash hududlar, maydoni – 2000 kv.m, qurilish maydoni – 253,09 kv.metr, bino balandligi – 5,95 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 20 ta;

7-lot – Ta’mirlash tsexi ombori va unga tutash hududlar, maydoni – 1200 kv.m, qurilish maydoni – 761,49 kv.metr, bino balandligi – 8,1 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 15 ta;

8-lot – Ishlab chiqarish tsexi ombori va unga tutash hududlar, maydoni – 1000 kv.m, qurilish maydoni – 450,94 kv.metr, bino balandligi – 7,45 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 15 ta;

9-lot – Ishlab chiqarish tsexi, maydoni – 2200 kv.m, qurilish maydoni – 2200,00 kv.metr, bino balandligi – 14,15 metr, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 30 ta;

10-lot – Ishlab chiqarish tsexi ombori va unga tutash hududlar, maydoni – 784 kv.m, qurilish maydoni– 651,45 kv.metr, bino balandligi – 14,15 metr, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, bino qurish sharti bilan, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 10 ta;

11-lot – Bosh mexanik bo’lim ombori va unga tutash hududlar, maydoni – 675 kv.m, qurilish maydoni– 181,17 kv.metr, bino balandligi – 3,35 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 10 ta;

12-lot – Xizmatchilar ma’muriy binosi va unga tutash hududlar, maydoni – 900 kv.m, qurilish maydoni – 469,65 kv.metr bino 2 qavatdan iborat, bino balandligi  – 6,65 metr, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, bino qurish sharti bilan, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 30 ta;

13-lot – Oshxona binosi va unga tutash hududlar, maydoni – 915 kv.m, qurilish maydoni– 587,2 kv.metr bino 2 qavatdan iborat, bino balandligi – 7,35 metr, bino qurish sharti bilan, bino qurish sharti bilan, ishlab chiqarish faoliyatiga qarab kommunal xizmatlar (gaz, elektr, ichimlik suvi) ta’minlandi, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 30 ta;

 

Eng yaxshi loyihalar sanoat zonasi hududiga tanlov asosida joylashtiriladi. Tanlov taklifini taqdim etishda quyidagi hujjatlar albatta mavjud bo’lishi lozim:

davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvoxnoma nusxasi;

muhrlangan konvertga solingan biznes-reja, unda quyidagi ma’lumotlar albatta o’z aksini topishi lozim:

rejalashtirilayotgan ishlab chiqariladigan mahsulot  xajmi va mahsulot turlari to’g’risidagi ma’lumot;

yaratiladigan yangi ish o’rinlari soni va kichik sanoat zonasi xududida ish faoliyatini boshlagandan so’ng qabul qiladigan ishchilar soni to’g’risidagi ma’lumot; 

investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, moliyalashtirishning aniq manbalari;

investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish shartlari;

ishlab chiqarishni tashkil etish uchun talab etiladigan xom-ashyo resurslarining manbalari, foydalanish imkoniyatlari mavjudligi;

mahsulot realizatsiyasi uchun mo’ljallangan bozorning egallanganligi, aniq xaridor yoki mijozlarning mavjudligi, eksport hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo’lsa).

Hurmatli tadbirkorlar, kichik sanoat zonasida tadbirkorlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun tuman hokimligida Ishchi guruh tashkil etilgan bo’lib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha muammo va to’siqlar operativ tarzda hal etiladi.

Bundan tashqari, kiritiladigan investitsiya hajmiga qarab, yuridik shaxslarning foyda solig’i, mulk solig’i va yagona soliq to’lovidan imtiyozlar ko’zda tutilgan.

Shoshiling, qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Tanlov savdolariga xujjatlar 2018 yil 30 yanvar kuniga qadar “Dang’ara tuman kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direktsiyasi” tomonidan qabul qilinadi. Manzil Dang’ara shaharchasi Navbahor ko’chasi 94-uy.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan Dang’ara tuman hokimligining
572-11-81, 572-17-80 hamda Farg’ona viloyat raqobat boshqarmasining
244-04-41, 244-04-43 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.