Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qimmatli qog’ozlar bozorida IPO va SPO tushunchalari

 2018-01-06 18:36:09    345

PDF yuklash
Chop etish


2017 yil 17 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning  tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4933-sonli Farmoni qabul qilindi.

         Ushbu Farmonni qabul qilinishidan maqsad - xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat ob’ektlarini realizatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirish, xususiylashtirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, xususiylashtirish jarayoniga aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning keng qatlamlarini jalb etish, shu jumladan xususiylashtirilgan korxonalar aktsiyalarini ommaviy tarzda sotishdan iboratdir.

           Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib Farmonda mamlakatimiz fond bozori tarixida ilk bor aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarini fond birjasida axoliga va tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etishni joriy etish belgilab qo’yildi.

          Shu o’rinda IPO va SPO atamalari to’g’risida biroz tushuncha berib o’tishni istardik.

           IPO (ingliz tilidan olingan - Initial Public Offering) – aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni u aktsiyalarni cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, dastlabki taklif qilinishidir.

        IPO ni o’tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilishdir.

        SPO (ingliz tilidan olingan -Secondary Public Offering) ga kelsak, bu mavjud aktsiyadorlarga tegishli aktsiyalarning ikkilamchi ommaviy tarzda joylashtirilishidir. Bunda korxonaning muayyan aktsiyadori yoki aktsiyadorlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar ommaviy ravishda taklif etiladi.

           IPO dan farqli o’laroq SPO korxona ustav kapitaliga ta’sir qilmaydi. Bunda ilgari joylashtirilgan aktsiyalar keng investorlar doirasida oshkora taklif etiladi. Biroq buning korxonaga foydasi aktsiyalarning jozibadorligi, ommaviyligi va likvidligini oshishini ta’minlaydi. Investorlar doirasini kengaytiradi va kelgusida  IPO ni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun zamin yaratadi.

           O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 10.05.2017 yildagi  268-sonli “Fond birjasida aktsiyalarni ommaviy taklifini o’tkazishi tashkil etish to’g’risida” gi qarori qabul qilinib unda viloyatimizdagi “Kvarts” AJ xamda “Qo’qon mexanika zavodi” AJ, shuningdek Qashqadaryo viloyatidagi “Shaxrisabz vino-aroq” AJ larning aktsiyalarini fond birjasida ommaviy sotishni tashkil etish belgilandi.

            Qarorda “Kvarts” AJ aktsiyalarini birlamchi (IPO), “Qo’qon mexanika zavodi” AJ va “Shaxrisabz vino-aroq” AJ aktsiyalarini ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish ko’zda tutilgan.

            Qarorda ommaviy  savdolarga axoli va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning keng qatlamini jalb qilish maqsadida xar bir shaxsga sotuvga taklif qilinayotgan aktsiyalar umumiy xajmining 0,05% dan ortiq bo’lmagan miqdorda aktsiyalarni xarid qilishi mumkinligi belgilab qo’yildi.

          Mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan “Kvarts” AJ va “Qo’qon mexanika zavodi” AJ aktsiyalarini ommaviy taklif etish tashkilotchisi etib TIF “Milliy bank” belgilangan.

          Shuningdek qarorning 2-ilovasiga asosan “Fond birjasida aktsiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o’tkazish to’g’risida” gi nizom tasdiqlandi.

            Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunga kelib “Kvarts” AJ tomonidan nominal qiymati 1715 so’m bo’lgan 4574934 dona 7846011810 so’mlik oddiy aktsiyalar chiqariluvi 02.10.2017 yilda davlat ro’yxatidan o’tkazildi xamda “Toshkent” RFB AJ ning birja savdolariga sotuvga qo’yildi.

         Xar bir dona aktsiyaning sotuv narxi 3000 so’mdan 9100 so’mgacha qilib belgilandi. Xozirda mazkur narxlar oralig’ida buyurtmalar qabul qilinmoqda.

         Buyurtmalarni qabul qilishni yakunlash sanasi etib 2018 yilning 3 aprel kuni belgilangan.  

           “Qo’qon mexanika zavodi” AJ aktsiyalarini ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish ko’zda tutilgan bo’lib buning uchun jamiyatning aktsiyadori  “Uzneftegazmash” AK tegishli bo’lgan nominal qiymati 900 so’m bo’lgan 186371 dona oddiy aktsiyalar sotilishi rejalashtirilgan.

             Xozirda aktsiyalarni ommaviy savdosini tashkil etish bo’yicha so’nggi bosqich tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

           Aktsiyalarni sotib olish istagini bildirgan shaxslar qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli litsenziyaga ega respublikamizdagi istalgan investitsiya vositachilariga murojaat qilishlari mumkin.

           Xozirda viloyatimizda qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida “Ishonch LTD” MChJ (Manzil: Farg’ona shaxri, Qomus ko’chasi 40 uy, telefon: 244-30-37) xamda “Farg’ona vaqt” MChJ (Manzil: Farg’ona shaxri, Farobiy ko’chasi 7 uy, telefon:226-26-34) lar faoliyat yuritmoqda.

             Batafsil ma’lumotlarni “Toshkent” RFB AJ ning (www:uzse.uz), “Kvarts” AJ ning  (www:kvarts.uz), xamda TIF “Milliybank” ning (www:nbu.uz) rasmiy veb saytlaridan olish mumkin.

            O’ylaymizki, aktsiyalarni  ommaviy taklif etishda IPO va SPO shaklini mamlakatimizda qo’llanilishi aktsiyadorlik jamiyatlariga kapital jalb qilish, aktsiya xarid qilgan shaxslarga esa aktsiyador sifatida o’zini namoyon qilish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va daromad olish imkonini beradi.