Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni: Harbiylar vatanning faxri va g‘ururi

×

 2018-01-10 16:41:24    834

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning 2017 yil 7 dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan  “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda farg‘onaliklar faol ishtirok etmoqdalar.

SHu yilning 7 yanvar kuni qutlug‘ sana munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida Farg‘ona shahri bo‘ylab harbiy xizmatchilarning saf ko‘rigi hamda marafon tashkil etildi. Harbiylarning tantanali chiqishlarini shahar ahli va mehmonlari mamnuniyat  bilan olqishladi.

SHundan so‘ng dilbar Farg‘ona ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib qo‘shilgan yigirma ming o‘rinli “Istiqlol” stadioni viloyatimiz faollari, shahar-tumanlardan tashrif buyurgan hamyurtlarimiz, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari yoshlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar-u murabbiylar, harbiy soha  fidoyilarini o‘z bag‘riga chorladi.

Tantana qatnashchilarini viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Nosirov qutladi. Bayram qutlovida ta’kidlab o‘tilganidek, muhtaram Prezidentimiz farmoyishi asosida tashkil etilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘z mazmun-mohiyati bilan xalqimiz, ayniqsa, yoshlar hayotida muhim o‘rin tutadi.

Bayram avvalida tadbir doirasida o‘tkazilgan marafon g‘oliblari bo‘lgan harbiy qismlar, milliy xavfsizlik, ichki ishlar, bojxona xizmatchilari, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-sport texnika klubi vakillariga viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Nosirov hamda SHarqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Farruh Ziyaboev viloyat hokimligining diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

– Farg‘onada o‘tayotgan kunlarim men uchun unutilmas bo‘lib qoladi, – deydi muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askar Abdumalik Zoirov. – YUrtimizning baxtiyor farzandlari qatorida ekanimdan faxrlanaman. Bu erda jismonan chiniqdim, ma’nan yuksaldim, etarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldim. Kelgusi hayotimni shu soha bilan bog‘lab, hayotimni Vatan himoyasiga bag‘ishlamoqchiman.

Harbiy orkestr sadolari ostida saf tortib o‘tgan Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-sport texnika klubi yoshlari, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakat va xalqaro miqyosda g‘alabalarga erishgan chempion o‘g‘il-qizlar, harbiy qismlar zobitlari stadionga kirib kelganida butun maydon olqishlarga to‘ldi.

– Milliy armiyamiz tashkil topganligining 26 yillik bayrami har birimiz uchun qadrli va ardoqli. SHu o‘tgan vaqt ichida harbiy aviatsiya tizimida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xalqaro andozalarga mos moddiy-texnika bazasiga ega bo‘ldik, salohiyatimizni yuksaltirish uchun keng imkoniyatlar ishga solindi, – deydi serjant To‘lqin Bakaev. – Bu jihatlar yoshlarimizda ham faxru-iftixor uyg‘otmoqda. Vatanparvarlik oyligi doirasida ularga havo desant tayyorgarligi, samo sarhadlarimiz qudrati haqida keng tushunchalar berganimiz o‘z navbatida yigitlarimizning harbiy xizmatga bo‘lgan intilishini kuchaytirdi. O‘ziga xos tarzda o‘tayotgan bugungi festival ham yurtdoshlarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tadbirda maxsus harbiy bo‘linma va viloyat ichki ishlar boshqarmasi maxsus otryadining ko‘rgazmali chiqishlarini ishtirokchilar katta qiziqish bilan kuzatdilar.

– O‘zbekiston kabi tinchlikparvar, o‘z farzandlarining kamolotiga keng yo‘l ochib, baland parvozlariga qanot beradigan, eng ulug‘vor maqsadlarini dilbandlari taqdiri bilan bog‘laydigan bolasevar yurt bormikin? O‘z xalqini sevib-ardoqlaydigan, boshiga ko‘taradigan, uning rizoligini, duolarini boshiga to‘tiyo qiladigan YUrtboshimizdan cheksiz minnatdormiz, – deydi Oltiariq tumanilik mehnat faxriysi Mashrabjon Roziqov. – Bugun Vatanni qo‘riqlash, shu yurtning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalash masalasi har qachongidan dolzarbdir. Bu kabi tadbirlarimiz ana shu jihatlari bilan ahamiyatlidir.

Bayram shodiyonalari viloyatimiz yoshlarining faolligi va jonbozligi tufayli yanada shukuhli bo‘ldi. Stadion uzra baland hilpiragan mamlakatimiz bayrog‘i dillarni dillarga, qalblarni qalblarga payvand etdi.  

Tadbirda viloyatimizning taniqli xonandalari, estradamiz yulduzlari, raqs ansambllari tomonidan Vatanni, tinch-osoyishta hayot, mardlik va jasoratni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, rang-barang raqslar ijro etildi. Nuroniylar, harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.


Botir MADIYOROV,

Madaminjon SOLIJONOV,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbirlari.

Suratni Sherzod QORABOEV olgan.