Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Yanvar 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Mening do‘stim – Vatan himoyachisi

×

 2018-01-10 16:45:53    76

PDF yuklash
Chop etish


Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida “Mening do‘stim –  Vatan himoyachisi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan oddiy askarlar “Toshkent-Farg‘ona” teleko‘prigi  orqali ota-ona, do‘st va yaqinlari bilan  muloqot qildilar. 

Ukam  Ulug‘bek Nosirov Toshkent shahrida  yigitlik burchini o‘tamoqda, – deydi  Navro‘za Fozilova. – U harbiy xizmatga yoshligidan qiziqadi.  Sohaga oid kitoblarni o‘qib, o‘rgandi.   Maqsadiga etib, hozirda  Vataniga sidqidildan xizmat qilmoqda. Uning  o‘ziga bo‘lgan ishonchi, qat’iyatini ko‘rib, qalbim cheksiz sevinchga to‘ldi. 

Assalomu alaykum do‘stim SHoxruh Ismoilov, –    dedi diydor ko‘rishib turganidan mamnun  Jahongir Abdurasulov. – Sen bilan birga maktabga bordik, yoshlik damlarimizning quvonchini birga baham ko‘rdik.  O‘qishda ham, ishda ham tengdoshlaringga doimo namuna bo‘larding. Egningdagi  harbiylik libosi  juda yarashibdi.  Havasim keldi. Men ham sendek harbiy askar bo‘lishni ko‘nglimga tugdim.  Seni  va barcha tengdoshlarimni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman.

Yigit kishining  mard va jasur bo‘lib kamolga etishida harbiy xizmatning o‘z o‘rni bor, – deydi Xumoyun Mamaturaimovning dadasi O‘rmonjon Rahmatullaev. –  Ularni  Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida,  yuksak ma’naviy fazilatlar va mustahkam iroda bilan  tarbiyalashga,  jismoniy va jangovor tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi. Vatan himoyachilari safida o‘g‘lim ham borligidan cheksiz faxrlanaman. 

–     Farg‘ona shahrida harbiy xizmatni o‘tayotganimdan juda xursandman, – deydi oddiy askar Saidboriyxon Muxlisxodjaev, –   Milliy kurash bilan shug‘ullanib kelaman. Harbiy xizmat davomida ham tanlovlarda ishtirok etib, yutuqlarga erishdim.  Xizmatni  muvaffaqiyatli tugallab,  universitetga o‘qishga kirmoqchiman.  YAngi texnologiyalarni yaratishga qiziqaman. 

 Tadbir davomida Vatan, ona-yurt, mard o‘g‘lonlarni madh etuvchi  she’rlar yangradi. Elimiz suygan san’atkorlar Abdulhay Karimov Zuhriddin Bozorboev tomonidan jarang sochgan kuy-qo‘shiqlar  barchani raqsga chorladi.

 Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosarlari I.Nosirov, S.Alimova, Oliy Majlis Senati a’zosi E.Siddiqova, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi T.Xoldorov, SHarqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, podpolkovnik  SH.Abdullaev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

 

Kamola POLVONOVA.

Jahongir MIRZAMATOV olgan surat.