Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Foyda ilinjida...

×

 2018-01-10 17:13:46    375

PDF yuklash
Chop etish


Pirotexnika vositalarini sotish kimlar uchundir bayram oldi mo‘may daromad manbaidir, afsuslanarlisi shundaki, pirotexnika vositalariga ketayotgan pullar tom ma’noda havoga uchadi. Uchganda ham tinchgina emas, kimnidir kuydirib, kimnidir mayib-majruh qilib, hech bo‘lmaganda, kimningdir “kapalagini uchirib” uchadi. 

Shu bois, 2010 yil 22 sentyabrda yurtimizda pirotexnika vositalari muomalasini tartibga solish bo‘yicha Qonun qabul qilingan. Mazkur Qonunga ko‘ra, pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash joriy etildi hamda ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalasi belgilab qo‘yildi.
SHunga qaramasdan, kichkina foyda ilinjida o‘ziga katta ziyon qilganini bilmay mazkur vositalarni mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar orqali olib o‘tayotgan huquqbuzarlar ham yo‘q emas.           
         Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga piyoda harakatlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Zilolaxon Djalolidinova yulovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytmasdan, bojxona nazoratidan yashirgan holda 5 xil nomdagi 579 dona pirotexnika vositalarini kiyib olgan jemferi kapishonida va kiyib olgan kiyimlari ostiga yashirgan tarzda yashirincha respublikamizga olib kirib mo‘may daromad topmoqchi bo‘ldi.

Raqamlarga murojaat qilsak, o‘tgan 2017 yil davomida viloyatimiz bojxona xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda salkam 950 dona pirotexnika mahsulotlarining  noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.

Aylanma yo‘ldagi “Telefon”

 Yаqinda viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida “Vodil-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan Muxammadyor O‘rinboev boshqaruvidagi “Spark” rusumli, 40J779JA bo‘lgan davlat raqamli avtomashina to‘xtatilganda,  M.O‘rinboev go‘yo hech narsa bilmaganday, avtomashinani holislar ishtirokida ko‘zdan kechirishga rozilik bildirdi. 

Ko‘zdan kechirish jarayonida, avtomashinaning oldi torpedasi ichiga tashqi tomondan ko‘rinmaydigan qilib joylashtirilgan, muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chikarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan 275 dona “RYTE” nomli mobil telefonlari borligi aniqlandi.

Tadbir davomida ma’lum bo‘lishicha, uning yashash xonadoniga kirish qismida, xona ichida berkitilgan xolda sotish uchun saklanayotgan 130 dona “RYTE” nomli mobil telefonlari borligi aniqlangan.

SHuningdek, tumandagi boshqa bir aylanma yo‘lda qonunbuzar A.Mamasidiqovning hatti-xarakatlariga ham nuqta qo‘yildi. Bu yigit Xitoyda ishlab chiqarilgan, sifatiga kafolat bo‘lmagan 98 dona “REDMI 4X” mobil aloqa vositalarini “Lasetti” rusumli, davlat raqami 40S067FA bo‘lgan avtomashinasining yoqilg‘i baki ichida yashirincha olib kirib, pullashni rejalashtirgan ekan.

SH.MIRZAEV.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati xodimi.

foto: kun.uz