Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Yanvar 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni: Bayramga bag‘ishlangan sport musobaqalari

×

 2018-01-10 17:17:59    57

PDF yuklash
Chop etish


Harbiy xizmatchilar o‘rtasida regbi,  voleybol, kurash, minifutbol, qo‘l to‘pi, suzish sport  turi  bo‘yicha  “Milliy Armiya-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabi” shiori ostida viloyat birinchiligi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

6 yanvar kuni Farg‘ona davlat universiteti  o‘yingohida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari I.Nosirov viloyatimizdagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofitser va askarlarni – Vatan himoyachilari kuni bilan qutlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Davlatimiz Madhiyasi yangradi. So‘ngra regbi musobaqasi boshlandi. Unda viloyatimizdagi harbiy qismlarning “Istiqlol”, “Jasorat”, “Burgut”, “Barkamol”, “Matonat” va  viloyat yoshlar ittifoqining “Jasorat” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in bahslardan so‘ng SHarqiy harbiy okrugning “Jasorat” jamoasi  g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni viloyat yoshlar ittifoqining “Jasorat” va “Istiqlol” jamoalari egalladi.

–Keyingi yillarda sportning regbi turi rivojlanib bormoqda. Unga qiziquvchilar soni  kundan-kunga ko‘payib borayotgani  ham shundan dalolat beradi, – dedi viloyat regbi federatsiyasi raisi Iqboljon Mamajonov. – Bugungi tadbir tashkilotchilari – viloyat hokimligiga, SHarqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi  xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Regbi sport turi  yoshlarning  jismonan sog‘lom,  barkamol, chaqqon, hushyor va epchil bo‘lib kamolga etishida muhim omil sanaladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulhay Karimovning diltortar qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha shukuh va xushkayfiyat ulashdi.                                                        

 

M.SALIMOVA.

Suratlarni  Sherzod QORABOEV olgan.