Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qishloq xo‘jaligi yumushlari: MAVSUMGA PUXTA HOZIRLIK

×

 2018-01-10 17:28:11    269

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda sho‘r yuvish, sug‘orish tarmoqlarini tozalash va ulardagi inshootlarni ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilyapti

 2018 yil hosili uchun viloyatimizda 2871 ta fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 55 ming 397 gektar erda I-II sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda pol olingan maydonlarda sho‘r yuvish ishlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida 12 ta tumanda, 82 ta suv iste’molchilari uyushmalarida sug‘orish shtablari hamda 98 ta sug‘orish otryadlari, hammasi bo‘lib 2760 nafardan ziyod suv xo‘jaligi va suv iste’molchilari uyushmalari xodimlari, 5 ming nafardan ortiq fermer xo‘jaliklari suvchilari faol ishtirok etishmoqda.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan pol olish va sho‘r yuvish tadbirlarida sidqidildan mehnat qilayotgan suv xo‘jaligi, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari suvchilarining 3000 nafariga qishki kiyim-boshlar tarqatildi. Mavsum uyushqoqligini ta’minlash maqsadida suv, yoqilg‘i moylash materiallari, qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan bog‘liq barcha masalalar ijobiy hal etildi.

Mavsum oldidan belgilangan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari qayta hisob-kitob qilinib, viloyatimizning barcha tumanlarida amaliy seminarlar o‘tkazildi,-deydi “Sirdaryo-So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Rahmatillaev. – Bu ishga mutasaddi bo‘lgan barcha tizim va tarmoqlar rahbarlari ishtirok etgan seminarlarda erni sho‘r yuvishga tayyorlash, sho‘r yuvish, xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki ariqlarini tozalash, sharbat hovuzlari hozirlash, suv olish quloqlarini jihozlash, suv inshootlari va nasos agregatlarini ta’mirlash kabi tadbirlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Ayni kunlarda viloyatimizda 40 ming gektardan ko‘proq maydonlarda sho‘r yuvish ishlari bajarilib, bu borada belgilangan reja qariyb 75 foizga uddalandi. Viloyat melioratsiya ekspeditsiyasi rahbari o‘rinbosari Komiljon O‘rinboevning qayd etishicha, hozirda tumanlarda sho‘r yuvish ishlarini sifatli yakunlash bilan birga irrigatsiya bo‘limlari, nasos stansiyalari, kanallar, ariq va zovur bo‘ylarida har qarich erdan unumli foydalanish, issiqxonalar, yordamchi xo‘jaliklar barpo etish ishlari jadallik bilan davom ettirilyapti.

 

Botir MADIYOROV,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbiri.