Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Fotogalereya: O`FF prezidenti Farg`onada

×

 2018-01-12 21:06:42    400

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 12-yanvar kuni O`zbekiston futbol federatsiaysi rahbari Umid Ahmadjonov viloyatimiz hokimi va bir vaqtning o‘zida mintaqa futbol federatsiyasi prezidenti Shuhrat G‘aniyev bilan ko‘rishdi. Bunda ikki rahbar Farg‘onada millionlar o‘yinini rivojlantirish masalasida suhbatlashdilar.

Foto: O‘FF

Hokim bilan suhbatdan so‘ng Ahmadjonov “Neftchi” klubiga qarashli “Istiqlol” stadioniga kelgan va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘FF matbuot xizmatining qayd etishicha, 20 ming muxlis uchun mo‘ljallangan stadionda o‘yinlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoit bor. Shundan kelib chiqib, Ahmadjonov “Istiqlol” stadioni imkoniyatlarini yaxshi baholadi.

Stadiondan chiqqach, u “Neftchi”ning ayol futbolchilari bilan uchrashdi. Ular ishtirokidagi mashg‘ulotni kuzatib, keyinroq futbolchilarga yangi to‘plar sovg‘a qildi. Xuddi shu hol “Neftchi” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan ham kuzatildi.

Delegatsiyaning keyingi manzili Farg‘ona viloyat futbol federatsiyasi bo‘ldi. Uning faoliyati bilan tanishib chiqqan Umid Ahmadjonov, shu yerning o‘zida mas’ullar bilan anjuman o‘tkazdi. Majlisda nafaqat Farg‘ona, balki Andijon va Namangan futbol federatsiyalarining xodimlari ham ishtirok etdi. Shuningdek, unga OAV xodimlari ham taklif etildi.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF


Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

manba: daryo.uz