Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Fevral 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yulduzlar mangu porlaydi

×

 2018-02-07 15:53:54    40

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabi kiraverishida qad rostlagan Dilshod Asanov memorial yodgorligi poyi anvoyi gullarga burkandi.

Vatan tinchligi yo‘lida dushmanga qarshi kurashda jasorat ko‘rsatgan mard o‘g‘lonning mag‘rur qiyofasi timsolida u hamisha barhayot ekani, yillar o‘tgani sari yanada o‘ktam bo‘lib, ulg‘ayib borayotganini ko‘rish mumkin. Onasi qahramonning yuz-ko‘zlarini silab, “Mening o‘g‘lim o‘lmagan, uning mardonavor ruhi hozir biz bilan bir davrada kezib yurganiga ishonaman”, deya g‘urur bilan davraga boqdi.


SHu yilning 3 fevral tongida kapalak qor yog‘ib, zumrad qish qisqa muddat bo‘lsa-da o‘z tarovatini namoyon etdi. Qish ziynati bo‘lgan oppoq qor memorial yodgorlikning ochilish marosimiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tantanali marosimda viloyat hokimligi, viloyat Mudofaa ishlari, xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari, mehnat faxriylari, mahalla faollari,  YOshlar ittifoqi vakillari, Farg‘ona shahridagi ta’lim muassasalari mutasaddilari, o‘quvchi-yoshlar hamda Dilshod Asanovning oila a’zolari, quroldosh do‘stlari va sinfdoshlari jamul-jam bo‘lishdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Nosirov so‘zga chiqib, xalqimiz o‘z tinchligi va nurli kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan bu kabi mard o‘g‘lonlarini aslo unutmasligini ta’kidladi. Dilshod Asanov kabi harbiylarimiz jasorati yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos ibrat maktabi ekanligini aytib o‘tdi. Qurolli Kuchlarimizdagi hayotbaxsh islohotlar, yangidan qabul qilingan Mudofaa  doktrinasi, harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bilim dargohida tashkil etilgan boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik sinflari o‘quvchilarining harbiy va jismoniy mashg‘ulotlar jarayonidagi mahorati, ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ishtirokchi tomonidan gulduros qarsaklar bilan olqishlandi. Yig‘ilganlar ta’lim maskanida maktabning sobiq o‘quvchisi, 2000 yili Surxondaryo viloyatida yurtimiz sarhadlariga bostirib kirgan yovlarga qarshi kurashda ayni navqiron 25 yoshida halok bo‘lgan Dilshod Asanovga bag‘ishlab tashkil etilgan xotira burchagi bilan yaqindan tanishdilar.

Biz Dilshod bilan sinfdosh bo‘lganmiz,-deydi mazkur maktab o‘qituvchisi Nafisa Sobirova. – U bolaligidan kuchli, irodali bo‘lib ulg‘aydi. SHu bois o‘quvchilarimga bolalik do‘stim haqida ajoyib xotiralarimdan aytib beraman. Sinfdoshlar ham har ko‘rishganda Dilshodni esga olamiz.

U qisqa umri davomida o‘z qahramonligi tufayli yulduzdek shu’la sochib, tinch hayotimiz va buyuk kelajagimiz yo‘lini charog‘on etdi. SHu ma’noda, yulduzlar mangu porlaydi!

 

Botir MADIYOROV.

Suratni SHerzod QORABOEV olgan.