Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Kamalak” sardorlari bilan uchrashuv

×

 2018-02-07 16:17:35    656

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar markazida O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining yoshlar siyosati  masalalari  bo‘yicha Davlat maslahatchisi, YOshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboevning shahar ta’lim muassasalari tizimidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari  bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kengash raisi yoshlarning jismonan va intellektual, ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish,  kuch va g‘ayratlarini Vatan rivoji yo‘lida sarf etishlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan iqtidorli bolalarning ijodiy ishlarini yoritib borish uchun gazeta va jurnallar tashkil etish,  yozgi  oromgohlar, Samarqand, Buxoro singari  qadimiy shaharlarga ekskursiyalar uyushtirish,  yoshlar teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sardorlar bellashuvini o‘tkazish, kam ta’minlangan oila farzandlarini bepul sport mashg‘ulotlariga jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ochiq muloqotda ta’lim dargohlaridagi ayrim muammolar yuzasidan ham o‘quvchilarning savollari tinglandi. Jumladan, maktabdagi sharoitlar, kutubxona zallarini kengaytirish,  mavjud kitob bazasini yangilash, sport maydonchalarining talabga javob bermasligi kabi kamchiliklar aytildi. Kengash raisi yangi kitoblar etkazib berilishi, bu borada zarur tashkiliy ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi. Ta’lim dargohlaridagi ittifoqning boshlang‘ich tashkilot etakchilariga yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhit barqarorligini ta’minlash, ularning yashirin iqtidorini yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriq va vazifalar  yuklatildi.  

 

Kamola POLVONOVA.

Jahongir MIRZAMATOV olgan surat.