
.
.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 92Saytni baholash

Matnda xatolik ko'rdingizmi?
Sichqoncha bilan belgilab
Eng namunali ta’lim muassasasi
2018-02-08 16:57:23 144
Oltiariq tumanidagi pedagogika kasb-hunar kollejida “Eng namunali ta’lim muassasasi” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar ishtirokchilari kollejda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini ta’minlash, o‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat bilan tanishdilar.
Iqtidorli o‘quvchilarning innovatsion texnologiyalar ko‘gazmasi namoyish etildi. Yosh kashfiyotchilarning turli yo‘nalishlarda olib borayotgan izlanishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori o‘rinbosari Farhod Rizaev ayrim ta’lim muassasalarining qoniqarsiz faoliyati, rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni keskin tanqid ostiga oldi. Yoshlar tarbiyasida hech kimning xato qilishga haqqi yo‘qligi, eng namunali ta’lim muassasasiga qo‘yilgan talablar atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Farg‘ona aloqa kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan “Namunali ta’lim muassasasi” ko‘rgazmali seminarida kollejlarning o‘quv ishlari hamda kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Ular sohalar bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linib, chet tillarni o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish, axborot-resurs markazida elektron darsliklar va multimediya ishlamalaridan foydalanish bo‘yicha tashkil etilgan ochiq dars soatlarida qatnashdilar. Darslar noan’anaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi. Iqtidorli o‘quvchilarning yaratgan maketlar va texnik vositalarini ko‘zdan kechirishdi. O‘quv laboratoriyadagi sharoitlar va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Seminar davomida dars mashg‘ulotlarini qiziqarli tashkil etish, ko‘rgazmalar yangi g‘oya va innovatsiyalardan keng foydalanishga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.
Kamola POLVONOVA.
Sherzod QORABOEV olgan surat.