Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalq deputatlari Buvayda tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi to‘g‘risida axborot

 2018-02-08 17:00:00    257

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi SHuhrat G‘aniev ishtirok etib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bu borada erishilayotgan yutuq va natijalar xususida ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek, tumanda 2017 yilda sanoatni rivojlantirish dasturi bo‘yicha 29 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 32 ta, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarida 34 ta loyihalar amalga oshirilib, 1000 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha 2017 yilgi Investitsiya dasturiga asosan 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi va ta’mirlanishi ishlari olib borildi. 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 11 ta maktabgacha ta’lim muassasasi joriy ta’mirlandi. SHuningdek, 23 ta qishloq vrachlik punkti negizida 8 ta qishloq oilaviy poliklinikasi va 2 ta QVP negizida tez yordam shoxobchasi, 7 ta QVP o‘rnida shifokorlar xizmat uylari tashkil etildi. Elektr ta’minoti, ichimlik suvi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borildi. 2017 yilda 720 mln. so‘m mablag‘ hisobiga 33 km.dan gaz tarmog‘i tortib kelinib, 34 ta ko‘p qavatli uylar hamda sanoat korxonalariga to‘liq etkazib berildi.

O‘tgan yili tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari davlatga don etkazib berish rejasini 114,1 foizga, paxta topshirish shartnoma rejasini 101 foizga bajarib, viloyatimiz miqyosida yaxshi natijaga erishganliklari e’tiborga sazovordir.

Sessiyada viloyat hokimi tomonidan tuman fermerlarining bu kabi yutuqlari alohida e’tirof etildi va joriy yilda ham nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki barcha sohalarda yutuqlar bardavom bo‘lishiga yuksak ishonch bildirildi.

Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tganligi sababli uni egallab turgan lavozimidan ozod etish, ayni paytda Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Bexzod Ibragimovni Buvayda tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarorlari xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Sessiyada tuman faollari tomonidan eng muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.   

 

Botir MADIYOROV.