Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi 2018 yil 31 yanvar-5 fevral kunlari Latviya respublikasida xizmat safarida bo‘ldi

×

 2018-02-12 14:27:28    301

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda tasdiqlangan “Farg‘ona viloyatida Latviya Respublikasi bilan 2018 yilda xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksportni ko‘paytirish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘l xaritasi”ga muvofiq joriy yilning 31 yanvar kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev boshchiligidagi 23 kishidan iborat  delegatsiya “Balt-tur” xalqaro yarmarkasida ishtirok etish va “yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Latviya Respubliksining Riga shahriga tashrif buyurdi.

Shu kuni Riga shahar hokimligida Riga shahar Taraqqiyot qo‘mitasi raisi Maksims Tolstojs va shahar hokimligining Tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i Viktors Buls tomonidan Farg‘ona viloyati delegatsiya a’zolari  qabul qilindi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro turizmni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarda fikr almashdilar va Riga turizm tajribasi bilan yaqindan tanishildi.

1 fevral kuni Latviya Respublikasining Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi (ISMA) turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona Davlat universitetida ta’limning mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik asosida ISMAning Farg‘ona viloyatida o‘z vakolatxonasini, keyinchalik filialini tashkil qilish masalasida ISMA universiteti rektori bilan uchrashuv o‘tkazildi va kelishuv xujjatlari imzolandi. 

Shu kuni Latviya Respublikasining standartlashtirish va metrologiya sohasida zamonaviy texnologiyalari asosida Qo‘qon shahrida laboratoriya tashkil  etish va bunda viloyatga kirib kelayotgan va eksportga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida “BIOR” ilmiy laboratoriyasiga tashrif buyurildi. Mehmonlar korxona direktori Aivars Berzins tomonidan qabul qilindi. Muloqot davomida laboratoriya faoliyati va ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Fevral oyi oxirida korxona direktori Aivars Berzins Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishini bildirib, viloyatdagi “Uzstandart” agentligining mavjud laboratoriyalarini ko‘rib chiqishi, mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazishi va kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

SHundan so‘ng Latviya Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Ya.Duklavs tomonidan viloyat delegatsiyasi qabul qilindi. Muloqot davomida Farg‘ona viloyatida chorvachilik, xususan naslli qoramol, echkichilik, quyonchilik, kartoshkachilik xo‘jaligi, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yulga qo‘yish va sertifikatlash masalalarida Latviya Respublikasi tajribasini o‘rganish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ya.Duklavs Farg‘ona viloyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

2 fevral kuni Riga shahrida “Balt-tur” Xalqaro turizm yarmarkasida Farg‘ona viloyatidagi turoperatorlarini ishtirokini ta’minlash va o‘zaro turistik korxonalar o‘rtasida shartnomalarni imzolash maqsadida Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan  delegatsiya yarmarakada o‘z ishtirokini boshladi. Yarmarkaning ochilish marosimida delegatsiya a’zosi, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari M.Abdurahmonov so‘zga chiqib, Farg‘ona viloyati hokimligi nomidan tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, viloyatning turizm va investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi.   5 fevralga qadar davom etgan yarmarkada Farg‘ona viloyati uchun “O‘zbekiston” deb nomlangan alohida joy ajratilib, viloyatdagi turizm ob’ektlari (muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, tarixiy obidalar, hunarmandchilik va oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi va viloyat stendida “Farg‘ona viloyatining turizm salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida” videroliklar doimiy ravishda taqdim etib borildi. SHuningdek, O‘zbekiston kunlarida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Madaniyat uyi raqqosalari milliy raqs namunalarini namoyish etishdi.

Riga shahrida tashkil etilgan “Lat-Uz Agrotreyd” Latviya-O‘zbekiston Savdo uyi orqali Farg‘ona viloyatida etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportini tashkil etish va 2018 yilda eksport hajmini 17,0 mln AQSH dollariga etkazish maqsadida delegatsiya a’zolari “Lat-Uz Agrotreyd” vakillari bilan birgalikda korxonaning oziq-ovqat omborxonalariga va bosh idorasiga tashrif buyurib, hamkorlik masalalari borasida muzokaralar o‘tkazdilar. Muzokalar natijasida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Shunindek,  Latviya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi o‘rinbosari Nauris Yonass va “Uztreyd Latviya” savdo uyi raisi Alvis Bikovskiy bilan Latviya Respublikasi ishbilarmonlari va Farg‘ona viloyati tadbirkorlari o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari masalasida muloqot o‘tkazildi. Bunda, ipakchilik, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosini tashkil qilish imkoniyatlari tahlil qilindi va kelgusida savdo uylari tashkil etish borasida kelishib olindi.

Tashrif davomida shuningdek, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

 “Baltic Vein Clinic” klinikalari bosh ijrochi direktori Zane Revalde bilan o‘tkazilgan muloqot davomida viloyatda ayollar kasalliklari diagnostikasi, kardiologiya va ko‘z kasalliklarini davolash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan 3 nafar shifokorlarni malaka oshirishlari uchun joriy yilning birinchi yarmida Latviya Respublikasiga taklif etildi.

Yana bir muhim masala – viloyatning Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasida ishlab chiqarilayotgan vino mahsulotlarini Evropa davlatlariga eksportini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan xalqaro litsenziyalashni tashkil etish bo‘yicha “Musmaju Darzeni” kooperativi kengashi raisasi Edite Strazdina xonim bilan viloyat delegatsiyasi a’zolari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Edite Strazdina xonim Agrofirmaga o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorlarga eksport qilish uchun zarur bo‘lgan sertifikatlarni olinishida yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Edite Strazdina xonim joriy yil 28 fevral – 1 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasiga rejalashtiralayotgan safari davomida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishni hamda mahalliy eksportyor va fermerlar bilan uchrashuvlar, seminarlar o‘tkazib, ularga Global GAAP va ISO xalqaro sifat sertifikatlari olish borasida o‘z maslahat va yordamini berishini bildirdi.

Latviya Respublikasining “Ditton” kompaniyasi bilan birgalikda mashinasozlik sanoat uchun zanjir(sep) ishlab chiqarish uchun 1,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali yangi qo‘shma korxona tashkil etish masalasida “Ditton” zanjir(sep) zavodi” AJ boshqaruv raisi Roland Zarans bilan uchrashuv;

Latviya Respublikasi Oziq-ovqat va veterinariya xizmati direktori Maris Balodis bilan;

Latviya Respublikasi Gimnastika federatsiyasi prezidenti YAnis Sakstins, “Eurasia”kompaniyasi vakili Sandra Bosurtelar bilan samarali va o‘zaro ishonch ruhida o‘tkazilgan  muloqotlar davomida  tegishli sohalar bo‘yicha  masalalar atroflicha muhokama qilindi. Har bir uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi. Latviya delegatsiyasining joriy yil mart-aprel oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekistonga tashrifi davomida Farg‘ona viloyatida ushbu ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha amaliy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirilishi kelishib olindi.

Tashrif davomida Farg‘ona viloyati bilan Elgava shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, chorvachilik yo‘nalishlarida amalga oshirilgan zamonaviy loyihalarni viloyat korxonalariga tadbiq etish va ijtimoiy masalalarda tajriba almashish belgilab olindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Latviya Respublikasi Turistik kompaniyalar uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

2018 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyati delegatsiyasi a’zolari Latviyadan yurtimizga etib keldilar.