Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Ezgu kalomdan yog‘ilgan nur

×

 2018-02-12 15:55:07    234

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar qilinganidek, shu kunlarda viloyatimizning barcha shahar-tumanlari masjidlarida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar va ularning noiblari, Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidorli hamyurtlarimiz o‘rtasida Qur’on musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Oltiariq tumanida ham Oltiariq va Rishton tumani bo‘yicha erkaklar o‘rtasida hifz (Qur’oni karimni to‘liq yod olish) va tilovat (go‘zal va ravon qiroat qilish) yo‘nalishidagi hududiy bosqich ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Ikki tumandan yuz nafardan ziyod ishtirokchilar musobaqasida Alisher Ermatov, Abdulhafiz Boymurodov, Hamidullo Mamajonov, Farhodjon Sulaymonov, Abdulboriy Aminbekov, Jasur Oripovlar g‘olib sifatida e’tirof etildilar. Tuman markazidagi “Shoh Tolib” masjidida yuqori saviyada tashkil etilgan hududiy bosqich g‘oliblari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Qo‘qon shahridagi “Degrezli” masjidida hifz va tilovat yo‘nalishida uyushtirilgan musobaqada shahardagi 90 nafarga yaqin muslima ayollar o‘zaro bahs olib borishdi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan qatnashchilar uchun barcha qulayliklar muhayyo etilib, musobaqa g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar hozirlandi. Eng nufuzli hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini xolislik va adolat mezoni asosida baholab borishdi.

Hifz yo‘nalishida Mubinabonu Mo‘ydinova va Ziyoda Vahobova birinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi va musoabqaning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi. Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha Ominaxon Akbarova hamda Muhsina Mirzaalievalar shahar bosqichi g‘olibi sifatida rag‘batlantirildilar. Shuningdek, kecha 110 nafar erkaklar o‘rtasida shahar bosqichi o‘tkazilib, qatnashchilarning 38 nafari hifz yo‘nalishida o‘z iqtidorini namoyish etishdi.   

Muhtaram Prezidentimizning xayrli tashabbuslari bilan bo‘lib o‘tayotgan bu kabi tadbirlar xalqimizning ezgu fazilatlarini namoyon etib, mushtarak maqsad yo‘lidagi o‘zaro axillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega,-deydi Qo‘qon shahar bosh imom xatibi Abdumajid Isoqov.- Shu bois bunday ezgu ishlar bardavom bo‘lishi va muqaddas dinimiz ma’rifati xalqimizning olijanob maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini istaymiz.

Ayni kunlarda viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida Qur’oni karim musobaqalari davom etmoqda. 


Botir MADIYOROV.

Suratni SHerzod QORABOEV olgan.