Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hamkorlik memorandumi imzolandi

×

 2018-02-12 16:26:02    115

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining katta majlislar zalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish sohasida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi barcha sudlardan vakillar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari va boshqa jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirni jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Murodjon Mirzajonov ochdi va olib bordi.

Dastlab jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi Adhamjon Mirzaevning ma’ruzasi tinglandi. U jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2017 yil davomida ko‘rib chiqilgan ishlar, shu jumladan voyaga etmaganlar, yoshlar va ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish masalalari haqida batafsil to‘xtaldi. Bu borada jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida tashkil qilingan “Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish” sektori xonasi haqida axborot berdi.

Tadbirda shuningdek, oila, nikoh, meros munosabatlarida yuzaga kelayotgan muammolar xususida so‘z bordi. Fuqarolik, jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha viloyat sudlari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat Kengashi o‘rtasida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish sohasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi haqida tushunchalar berildi. Ushbu mavzular yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi Saidazizxon Akbarov, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi Turg‘unali Mirzaevlar ma’ruza qildi.

Tadbir ishtirokchilari guvohligida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Memorandumda belgilangan hamkorlik sohalarining ahamiyati va o‘quv dasturi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shu kuni sud binosida tashkil etilgan “Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish” sektori xonasining ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Tadbir qatnashchilari ushbu xonada yaratilgan shart-sharoitlar va uning maqsad, vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Mahkamjon ABDUBANNABOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining

sudya katta yordamchisi.

Madaminjon SOLIJONOV.