Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qirg‘izistonlik nuroniylar “Chimyon”da dam oldilar

×

 2018-02-22 17:03:48    494

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi tashabbusi bilan  Qirg‘iziston Respublikasining 30 nafar nuroniylari Farg‘ona tumanidagi “Chimyon” sihatgohida 10 kun mobaynida dam oldilar.    

Viloyat hokimi  Shuhrat G‘aniev  sihatgohga tashrif buyurib,  bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  Qirg‘izistonlik nuroniylar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Mehmonlarning maroqli dam olishlari,  viloyatimiz ko‘rki va go‘zalligidan bahramand bo‘lishlari uchun ekskursiyalar tashkil etildi. Farg‘ona shahrining diqqatga sazovor joylari, Qo‘qon shahridagi muhtasham binolar ularda katta taassurot qoldirdi.  

89 yoshli G‘olibjon ota Isaqov,  80 yoshli  Ismon ota Islomqulov, 79 yoshli Toyqora ota Tog‘aevlar shaharlar qiyofasining yangicha ko‘rinishi, zamonaviy arxitekturasi avvalgi qiyofasidan  butkul farq qilishini to‘lqinlanib gapirishdi.  Qo‘llarini duoga ochib,  yurtimizga omonlik, tinchlik,   millatlar o‘rtasida totuvlik  doimo mustahkam va abadiy  bo‘lishini so‘rab,  duo  qildilar.

E’tiborlisi,  xayrli tadbir tufayli 500 nafar nuroniylar sihatgohda salomatliklarini  tiklash imkoniga ega bo‘ladilar.

     Tadbirda Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjoy shahri meri  Baqitbek Begaliev, Qadamjoy tuman hokimi birinchi o‘rinbosari  Abdubannop Jakbarov, Farg‘ona tumani  hokimi  Sodiqjon Imomaliev  ishtirok etdi.

 


Kamola POLVONOVA.

Shamsiddin QORABOEV olgan suratlar.