Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Muhim vazifalar belgilab olindi

 2018-02-22 17:18:07    176

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda ushbu hujjat asosida qabul qilingan viloyat hokimining qarori ijrosi va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev  olib borgan yig‘ilishda viloyat prokuraturasi, ma’muriy sud, viloyat Xalq qabulxonasi, viloyat ichki ishlar, bojxona, adliya, soliq, moliya, statistika, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmalari, savdo-sanoat palatasi, banklar, qator tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yuqoridagi Farmon bilan joriy yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman(shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.

Viloyatning 19 ta shahar va tumanlarida tashkil etiladigan davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlariga 136 ta shtat birligi ajratildi.

Ushbu markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, viloyatda shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tashkil etildi. Ular tomonidan 2018 yilning o‘tgan qisqa davrida tadbirkorlik sub’ektlariga 11326 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Haftaning dam olish kunlarida esa bozor yoki savdo komlekslarida tashkil etilayotgan “Sayyor davlat xizmatlari”da 903 nafar tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 3400 nafar fuqarolarga huquqiy tushuncha va axborotlar berildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi 6 ta hududda davlat xizmatlari markazlarini binolar bilan ta’minlash, markazlar binolarida tijorat banklarining mini kassalarini tashkil etilishini ta’minlash va boshqa zarur vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining qarori bilan Ra’no Boyqo‘zieva O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

 

Sohiba ABDURAHMONOVA.