Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

×

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yurtning sara o‘g‘lonlari o‘z yigitlik burchlarini ado etish uchun jo‘nab ketmoqdalar

×

 2018-02-22 17:29:59    312

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar mudofaa bo‘limida muddatli va shartnoma asosida xizmatga shaylangan yoshlar bilan uchrashganimizda ularning sinovlarga har tomonlama tayyorlanib borayotganiga guvoh bo‘ldik. Bu jarayon Prezidentimizning joriy yil 13 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi asosida to‘laqonli amalga oshirilyapti.

Chaqiruv komissiyalari oshkora hamda samarali faoliyat olib borayotgani diqqatga sazovordir. Zamon talablari asosida jihozlangan, qulay sharoitlarga ega harbiy chaqiruv punktida yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tajribali shifokorlar, shahar hokimining qarori bilan tashkillangan komissiya a’zolari bu borada sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

– Yigitlarimizni saralashda ularning nafaqat jismoniy balki, siyosiy-ma’naviy bilimlarini ham sinovdan o‘tkazyapmiz, – deydi mudofaa bo‘limi rahbari, mayor Jo‘rabek Sultonov. – Komissiyamiz tarkibida shahar hokimligi va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, yoshlar ittifoqi, shahar ichki ishlar boshqarmasidan vakillar bor. Chaqiruv bo‘linmasi katta yordamchilari Muborak Sodiqova, Ulug‘bek Usmonov, tibbiy ko‘rikka mas’ul 8 nafar mutaxassislar ham yigitlarni harbiy xizmatga saralab olishda astoydil mehnat qilmoqdalar.

Harbiy sohadagi islohotlar tizimning takomillashuviga xizmat qilyapti. Masalan, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olinadigan fuqarolar tomonidan to‘lanadigan pul badallari hajmini  kamaytirish maqsadida Prezidentimiz 2 fevral kuni tegishli Farmonni imzoladi. Mazkur Farmonga asosan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badali joriy yilning 5 fevralidan boshlab, eng kam oylik ish haqining 20 barobari miqdorida belgilandi. Bungacha safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badali eng kam oylik ish haqining 27,5 barobarini tashkil etgan.

Joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘tkaziladigan chaqiruv yoshidagi fuqarolar yaratib berilgan ushbu imkoniyatdan keng foydalangan holda yangidan belgilangan pul badali miqdori bo‘yicha shartnomalar imzolab, pul badallarini to‘lashlari mumkin.

– Belgilangan talab va me’yorlarni bajarib, muddatli xizmatga tanlab olinganim hayotimda unutilmas kun bo‘lib qoladi, – deydi shahardagi 49-Al-Farg‘oniy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Obidjon Sulaymonov. – Sinovlarga tayyorlanish barobarida bilimlarimizni ham yuksaltirdik. O‘z burchimni bajarib, Vatanimga munosib xizmat qilish uchun tayyorman.

Madaminjon SOLIJONOV.

Muallif olgan surat.