Sport
"Nefychi"FK ning rasmiy veb sayti
O`zbekiston xalq ta`limi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi Farg`ona viloyati filiali
Sport xabarlari
Qo'l jangi. Moskva shahrida mezbon sportchilar bilan birga O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ukraina, Nepaldan kelgan sportchilar ishtirokida o'tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz to'rtta medalga sazovor bo'ldi. Vazni to'qson kilogrammdan ortiq sportchilar o'rtasida Murod Xonto'rayev va oltmish kilogramm vazn toifasida Jahongir Abduvohidov kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, oltmish besh kilogramm vazn toifasida Rustam Ma'diyev va sakson kilogrammda Bobur Rahmatov bronza medal bilan kifoyalandi.
* * *
Gandbol. Poytaxtimizda xotin-qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan mamlakat chempionatining uchinchi tur o'yinlari yakunlandi. Ko'pkarra mamlakat chempioni poytaxtning "Algoritm" jamoasi 26 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, Olmaliqning "OTMK" jamoasi 24 ochko bilan ikkinchi pog'onani band etgan. Uchinchi o'rinda 16 ochko jamg'argan Andijon olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi bormoqda. Chempionatning hal qiluvchi to'rtinchi tur o'yinlari aprel oyida o'tkaziladi.
* * *
Futbol. Rossiyaning Sochi shahrida o'n to'qqiz yoshgacha bo'lgan xotin-qizlar o'rtasida xalqaro turnir boshlandi. Musobaqaning "S" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi Krasnodar, Ukraina va AQSH jamoalariga qarshi to'p surmoqda.
* * *
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi "Irtish" (Qozog'iston)ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida 3:2 hisobida g'alaba qozondi. M.Umrzoqov hisobni ochgan bo'lsa, jamoaning yangi a'zosi D.Jabborov raqiblar darvozasiga ikki marta to'p kiritdi.
"Qo'qon" jamoasi uchinchi marta mag'lubiyatga uchradi
Futbol bo'yicha O'zbekiston birinchiligida 32 tur matchlari bo'lib o'tdi.
Musobaqalarda yetakchi o'rinni egallab kelayotgan "Qo'qon" jamoasi ochko yig'averib charchagan shekilli, ketma-ket ikki marta yutqazib qo'ydi. Hal qiluvchi bosqichda Qo'qon futbolchilari Qarshida mehmonda bo'lganlarida mahalliy "Dinamo" jamoasidan 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradilar.
Eslatib o'tamiz, o'tgan 31-turda ular Termizda mahalliy "Hamkor" jamoasiga "Hurmat ko'rsatishib", 1:3 hisobida yutqazishgan edi.
Hammasi bo'lib, jamoa uch marta mag'lubiyatga uchradi. Birinchi mag'lubiyat yarim yil avval Muborakning "Mash'al-Akademiya" (hozirgi "Mash'al-Sport") klubi bilan bo'lgan uchrashuvda qayd etilgan, hisob 0:1 bo'lgan edi.
Qolgan 32 tur natijalari quyidagicha:
"Spartak" (Toshkent) - "NBU-Aziya" (Toshkent) - 1:0
"Mehnat" (Yaypan) - "Shayhontohur" (Toshkent) - 1:3
"Dinamo-Hamkor" (Termiz) - "Rash-Milk futbol" (Shahrixon) - 4:3
"Jayxun" (Nukus) - "Dinamo-G'allakor" (G'allaorol) - 3:1
"Mash'al-Sport" (Muborak) - "Nasaf-2" (Qarshi) - 2:1
УМИД БОР
Осиё футбол конфедерацияси кубоги мусобақаларида Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилаётган «Нефтчи» жамоаси Фарғонада Гонконгнинг «Саут Чайна» клубини қабул қилиб, 5:4 ҳисобида ғалаба қозонганини футбол ишқибозлари яхши билишади.
Бу халқаро учрашув ва унинг натижалари ҳақида фикрлар ҳар хил. Биров режасиз, улоққа ўхшаган ўйин бўлди, деса, бошқаси Юрий Саркисянни ҳам тушуниш керак, энг кучли ўйинчилар мамлакат ёшлар терма жамоасига чақирилган, Асқаралиевга ўхшаган таниқли футболчилар сариқ карточка туфайли майдонга тушолмагандан кейин бош мураббий борига барака дея таваккал қилишга мажбурда, деб юрибди. Кўпчиликда бу учрашув ҳаяжонли, голларга бой, сермаҳсуллиги билан яхши таассурот қолдирди. Лекин бу учрашув футболдан кўра волейбол ўйинига ўхшаб кетди. Қаранг, 90 минутда 9 та гол, ҳар ўн дақиқада биттадан дегувчилар ҳам анчагина.
Нима бўлганда ҳам фарғоналик футболчилар учрашувни ғалаба билан якунладилар. Анвар Бердиев меҳмонлар дарвозасига киритган 5 та тўпдан 4 тасининг муаллифи сифатида матч қаҳрамонига айланди. Ўша куни нафақат «Нефтчи» мухлислари, балки халқаро расмий учрашувни кўриш учун Фарғонага келган водийдаги футболсеварлар ҳам марказий ўйингоҳдан хурсанд бўлиб чиқишди.
Энди ҳамма нарса шу йил 30 сентябрда Гонконгда бўладиган жавоб учрашуви натижасига боғлиқ. Мусобақанинг навбатдаги босқичига чиқиб, конфедерация кубоги учун курашни давом эттириш учун фарғоналик футболчилар ақалли дуранг натижага эришишлари лозим. Чунки майдон эгалари Фарғонадаги мағлубият аламини олиш, мухлислари олдида ўзларини оқлаш учун ғалабага жон-жаҳдлари билан интилиши аниқ. Боз устига улар таркибида футбол ватани Бразилиядан сотиб олинган таниқли ўйинчилар бор. Бутун стадион уларни қўллаб-қувватлайди.
Биз фарғоналик, ўзбекистонлик футбол ишқибозларининг бутун умиди «Нефтчи» дан. Энг оғир, мураккаб шароитда ҳам ғалаба учун ўзида куч, ғайрат, ирода топа оладиган Юрий Саркисян шогирдлари жавоб учрашувида ҳам бизни хурсанд қилишади деган умиддамиз.
Farg'onada gollar shousi
Futbol bo'yicha Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Neftchi" jamoasi chorak finalning Farg'onada o'tkazilgan dastlabki uchrashuvida "Saut Chayna" (Syangan) futbolchilarini 5:4 hisobida dog'da qoldirdi.
O'zbekiston milliy chempionati Syangannikidan ancha kuchli bo'lgani bois ko'plab muxlisu mutaxassislar farg'onaliklarning imkoniyatini yuqori baholagan edi. Jumladan, Mansur Saidovning beshinchi daqiqadayoq kiritgan chiroyli goli tufayli "Neftchi" jamoasi biroz xotirjamlikka berildi.
Asosiy e'tiborni hujumga qaratgan YU.Sarkisyan birinchi bo'limda himoyani mustahkamlay olmadi. Bundan unumli foydalangan raqib jamoa futbolchilaridan Jerard Ambassa, Ramon Rodrigo, Kvok Kin Pong mezbonlar darvozasiga bittadan to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Lekin shu kuni faol o'ynagan Anvar Berdiyevning ikkita goli evaziga tanaffusgacha vaziyat tenglashdi - 3:3.
Bellashuvning ikkinchi yarmida ham mezbonlarga raqib darvozasiga yo'l topish oson kechmadi. Aksincha, syanganliklarning hujumlari xavfli bo'ldi. Faqat o'yin yakunlanishiga o'n daqiqa qolganida Anvar Berdiyev "Neftchi"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Bu gal ham xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. Leandro Silva "Neftchi" darvozasini to'rtinchi marta ishg'ol qildi.
G'oliblik uchun farg'onaliklarning so'nggi daqiqagacha kurashgani samara berdi. Mehmonlar himoyachisi hamyurtlarimizning oxirgi hujumini qaytarishda o'yin qoidasini buzdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini aniq bajargan Anvar Berdiyev o'zining to'rtinchi to'pini kiritdi va jamoasining 5:4 hisobidagi g'alabasini ta'minladi.
Endi "Neftchi" 30 sentabrga belgilangan javob o'yinini "Saut Chayna" maydonida o'tkazadi. Bo'lajak uchrashuvda o'zbekistonlik charm to'p ustalarini durang natija ham yarim finalga olib chiqadi.
16.09.2009
Sport xabarlari
Shaxmat. Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida o‘n nafar grossmeyster ishtirokida davom etayotgan “Donostia” shaxmat festivalida o‘zbekistonlik jahon chempioni Rustam Qosimjonov yettinchi partiyani slovakiyalik Sergey Mavsesyanga qarshi o‘tkazib, durangga erishdi va jami uch yarim ochko jamg‘ardi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: Ruslan Ponomaryov (Ukraina) – Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya) 1:0, Fransisko Valyexo (Ispaniya) – Anatoliy Karpov (Rossiya) 1:0, Xulio Granda (Peru) – Xikaru Nakamura (AQSH) 0,5:0,5, Pablo San Segundo (Ispaniya) – Pyotr Svidler (Rossiya) 0,5:0,5. 30.07.2009
***
Qilichbozlik. Singapurda qilichbozlik bo‘yicha “A” toifali nufuzli xalqaro turnir – “Singapore open” O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Kudayev g‘alabasi bilan yakunlandi. Xalqaro toifadagi sport ustasi, mamlakatimiz chempioni R.Kudayev shpagada o‘tkazilgan bellashuvlarda barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 22.07.2009
***
Tennis. Iste’dodli sportchimiz Karolina Chyornaya Izmirda (Turkiya) xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirining yakkaliklar bellashuvini muvaffaqiyatli boshladi. Dastlabki bosqichda isroillik Efrat Mishorga qarshi kortga chiqqan hamyurtimiz uchrashuvni 6:3, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va keyingi davrada rossiyalik Avgusta Sibisheva bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. O‘zA. 16.07.2009
Mahorat mashg‘ulotda oshadi
Futbol bo‘yicha 1991-1992 yillarda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan O‘zbekiston terma jamoasi 2010 yili o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bellashuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Avstriyada o‘tkazmoqda.
Marat Kabayev ustozlik qilayotgan terma jamoa a’zolari jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan tashqari birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida Avstriyaning hududiy ligasi chempioni – “Simmering” klubi bilan kuch sinashdi.
Bellashuvning birinchi bo‘limi mezbonlar ustunligida o‘tdi. “Simmering” jamoasining niderlandiyalik legioneri Rashidi Gilkes hujumlardan birini samarali yakunlab, hisobni ochdi.
Vaziyatni tenglashtirish maqsadida terma jamoamiz murabbiylari taktikani o‘zgartirdi va futbolchilarimiz hujumga zo‘r berdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, “Bunyodkor”dan terma jamoaga taklif etilgan Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada ham hisobni o‘zgartirish uchun qulay vaziyatlar bo‘ldi. Biroq darvozabonlarning ishonchli o‘yini durang natijani ta’minladi. Ayniqsa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan paxtakorchi Nikita Ribkinning mahorati muxlisu mutaxassislar olqishiga sabab bo‘ldi.
Osiyo chempionatining saralash uchrashuvlari joriy yilning 1-15 noyabr kunlari Pokistonda o‘tkaziladi. “D” saralash guruhida joy olgan hamyurtlarimiz mezbonlardan tashqari Eron, Livan, Turkmaniston hamda Maldiv orollari terma jamoalari bilan raqobatlashadi. O‘zA. 15.07.2009
Sportimiz yulduzlari G`ALABA QANOT BERADI
Toshkentda o`tkazilgan qo`l jangi bo`yicha xalqaro musobaqada viloyatimiz sportchilari ikkinchi o`rinni olib qaytdilar. G`oliblar safida Nasiba Ro`zimatova ham bor. Nasibaxon xuddi o`g`il bolalar singari mard, shijoatli bo`lib voyaga yetdi. Opasi Nargiza, singlisi Mushtariylar ham ichki ishlar organlarida yetuk mutaxassis bo`lib xizmat qilishyapti. Onajonlari Ra`noxon qizlarini duo qilib, uy yumushlari bilan band. Nasibaxon yoshligidan qo`l jangi bilan muntazam shug`ullana boshladi. Turli musobaqalarda qatnashib, g`alabalarni qo`lga kiritdi. Dastlabki g`alabaga Andijon viloyatida o`tkazilgan kikboksing bo`yicha xalqaro musobaqada erishdi. Ilk muvaffaqiyat uni yanada ruhlantirib, yuqori cho`qqilar sari etakladi. Nasibaxon qo`l jangi yo`nalishida respublika musobaqalarida 2004-2006 yilgacha birinchilikni qo`ldan bermadi.2006 yilda Qozog`istonda bo`lib o`tgan kikboksing jangining jahon chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritish oson kechmadi. Raqiblarini dog`da qoldirib, shoxsupaning eng yuqorisini zabt etgan Qizginaning ko`zlariga yosh quyildi. Xuddi shu yili boks bo`yicha Rossiya birinchiligi musobaqasida faol qatnashib, o`z vazn toifasida g`olib bo`ldi. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan qo`l jangi bo`yicha jahon chempionatida 1-o`rin sohibasi bo`lib, yorug` yuz bilan ona shahriga qaytdi. -Ustozim Shuhrat aka Jo`raevga katta rahmat. Meni shu darajaga yetkazib, ikki karra qo`l jangi bo`yicha jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor etdi. Kelajakda o`zbek sporti dong`ini dunyoga yoyib, O`zbekistonimiz bayrog`ini baland ko`tarish niyatidaman. Orzularimdan eng asosiysi Olimpiada o`yinlarida ishtirok etishdan iborat.
***
Sport JAVLON - O`ZBEKISTON CHEMPIONI
Navoiy shahrida 1991-1992 yilda tug`ilgan yoshlar o`rtasida boks bo`yicha Respublika birinchiligi bo`lib o`tdi. Musobaqada Beshariq tumanidagi Rapqon boks maktabining iqtidorli tarbiyalanuvchisi Javlon Cho`lponov muvaffaqiyatli qatnashdi. U ringda jami 4 ta jang o`tkazib, hammasida g`olib chiqdi va 51 kilogramm vaznda O`zbekiston chempioni bo`ldi. Javlon bu g`alabasi bilan sport ustasi normativini bajarib, oliy o`quv yurtlariga imtiyozli kirish huquqiga ega bo`ldi.
***
NIMCHORAK YAQIN
Osiyo futbol konfederasiyasi kubogi musobaqalarida respublikamiz sharafini himoya qilayotgan "Neftchi" jamoasi Livanning "Al-Ahad" klubini o`z maydonida qabul qilib, 2:1 hisobidagi muhim g`alabani qo`lga kiritdi. Maydon egalari birinchi bo`lib o`z darvozalaridan to`p o`tkazib yuborgan bo`lsalar ham Aziz Alijonov va Sherzod Hakimovlar kiritgan gollar uchrashuvni farg`onaliklar foydasiga hal etish imkonini berdi. Bu muhim g`alaba hamshaharlarimizni musobaqaning nimchorak finaliga yaqinlashtirdi.
***
Mamlakat chempionatining oliy ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Neftchi" bu turda Andijonning "Andijon" jamoasini o`z maydonida qabul qildi. Azaldan bu jamoalar uchrashuvi qizg`in va murosasiz bo`ladi. Bu gal ham shunday bo`ldi. Maydon egalari o`yin boshlanishidanoq tashabbusni o`z qo`llariga olib shiddatli hujumga o`tdilar. Ana shunday hujumlarning ikkitasi raqiblar darvozasini egallash bilan yakunlandi. To`plarni andijlonliklar darvozasiga Anvar Berdiev va Vladimir Radkevich kiritdi. O`yinning ikkinchi yarmida mehmonlar mag`lubiyatdan qutilish, aqalli hisobni o`zgartirish uchun astoydil hujumga o`tdilar. Biroq, "Neftchi"ning himoya chizig`i bu gal xatosiz harakat qildi. "Neftchi" bu g`alaba bilan turnir jadvalidagi mavqeini ancha mustahkamlab oldi.
|