Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Fevral 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

Sayt ustida ishlash kerak - 43.6%
Qoniqarli - 4.3%
Yaxshi - 8.5%
A'lo - 41%

Ovozlar soni: 117
The voting for this poll has ended bo'yicha: Yanvar 30, 2017

faq ban

Tadbirkorlik

Tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga (shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog’i orqali) belgilangan shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi arizaga:

1. Davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining ikki asl nusxasi (ustav, ta’sis shartnomasi).

2. Davlat bojining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati (dehqon xo’jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aktsiyadorlik jamiyatlaridan tashqari);

3. Firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol

4. ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari.

Yakka tadbirkorni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun jismoniy shaxs tomonidan o’z yashash joyidagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog’i orqali belgilangan shaklda davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ariza taqdim etiladi. Arizaga qo’yidagilar ilova qilinadi:

1. 3x4 sm o’lchamdagi ikkita fotosurat;

2. davlat bojining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati;

3. ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari (yakka tadbirkor xohishiga ko’ra);

4. pasport nusxasi.

Yuridik shaxs bo’lmagan dehqon xo’jaliklarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga dehqon xo’jaligi rahbari tomonidan shaxsan o’zi kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog’i orqali belgilangan shaklda davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ariza taqdim etiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1. tuman hokimining er uchastkasi ajratib berish to’g’risidagi qarori;

2. muhr va shtamp eskizlari (arizachining xohishiga ko’ra);

3. pasport nusxasi.

Yuridik shaxs bo’lmagan oilaviy tadbirkorlik sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko’ruvchi jismoniy shaxs tomonidan o’z yashash joyidagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmog’i orqali belgilangan shaklda davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ariza taqdim etiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

1. yuridik shaxs bo’lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolarining 3x4 sm o’lchamdagi ikkita fotosurati;

2. davlat bojining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati;

3. ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari (yuridik shaxs bo’lmagan oilaviy tadbirkorlik sub’ektining xohishiga ko’ra);

4. pasportlar nusxalari va yuridik shaxs bo’lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolarining qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

1. Davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi. (ustav, ta’sis shartnomasi)

2. Davlat bojining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati (eng oylik ish xaqining 5 baravari va 500 AQSh dollari).

3. firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol.

4. Ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari.

5. Xorijiy muassis to’g’risida yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi yoki mazkur yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat savdo reestridan olingan, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo’lmagan taqdirda, muassis ro’yxatdan o’tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O’zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan ko’chirma taqdim etiladi. Xorijiy muassis to’g’risidagi savdo reestridan ko’chirmada yoki mazkur xorijiy yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatda xorijiy yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan manzili, xorijiy yuridik shaxs nomidan imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak. Ushbu ko’chirma berilgan paytdan boshlab 1 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs — O’zbekiston Respublikasi norezidenti o’z pasportining nusxasini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan, belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak.

Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk bo’lsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan baholash to’g’risidagi hisobotni taqdim etishi kerak.

Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan ro’yxatdan o’tkazish yoki asoslangan holda rad etish to’g’risidagi qaror zarur hujjatlar ilova qilingan ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza olingan kundan boshlab:

yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo’lmasdan tashkil etilgan dehqon xo’jaliklari bo’yicha — 2 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda;

yuridik shaxs sifatidagi barcha tadbirkorlik sub’ektlari bo’yicha 3 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda qabul qilinadi.

Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tadbirkorlik sub’ektiga Davlat soliq qo’mitasi va Davlat statistika qo’mitasining tegishli idoraviy saytlaridan foydalanib real vaqt rejimida Internet tarmog’idan olingan STIR va XTUT kodlarini beradi. 

Tugatuvchi korxonani davlat reestridan chikarish uchun ro’yxatdan o’tkazgan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to’g’risidagi e’lon (kreditorlarning talablarini qabul qilish muddati ikki oydan kam bo’lmasligi kerak);
  1. davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma;
  1. korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi to’g’risida xizmat ko’rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;
  1. korxonaning muhr va shtamplari;
  1. vakolatli organning, agar mavjud bo’lsa, chiqarilgan qimmatli kog’ozlarini bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotnomasi;
  1. agar mavjud bo’lsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl  nusxalari;
  1. davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha karz yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;
  1. korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro’yxatdan o’tkazgan organ ixtiyoriy tutatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab to’kkiz oydan oshmasligi kerak.

Tugatuvchi korxonani davlat reestridan chiqarish uchun ro’yxatdan o’tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi e’lon chiqqan sanadan keyin bir oydan erta bo’lmagan muddatda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to’g’risida bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan e’lon;
  1. davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvoxnoma;
  1. banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to’g’risidagi xat yoki, agar mavjud bo’lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi;
  1. muassislar (qatnashchilar)ning ular o’rtasida mol-mulk taqsimlanganligi to’g’risidagi qarori;
  1. korxonaning muhr va shtamplari;
  1. korxona hujjatlari davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Maxsus komissiyasi uch kun muddatda bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lon berilishini tashkil etadi. Tugatish to’g’risidagi e’londa yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, kreditorlarning talablari ko’rsatilgan arizalarni qabul qilish muddati ko’rsatiladi, bu muddat mazkur e’lon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo’lmasligi kerak.

Mazkur muddat tugagandan so’ng maxsus komissiyasi tugatilayotgan korxona mol-mulki tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar, kreditorlar tomonidan qo’yilgan talablar ro’yxati, shuningdek ularni ko’rib chiqish natijalari ko’rsatilgan oraliq maxsus balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuboradi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi to’g’risida matbuot organlarida berilgan e’lonning nusxasi;
  2. xizmat ko’rsatuvchi bankning tugatish hisobvarag’ida mablag’larning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi va mavjud kreditorlik qarzlari bo’yicha ma’lumotlar;
  3. kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

Oraliq tugatish balansi ro’yxatdan o’tkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank to’lov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuboradi.

Tugatish balansi xududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

Korxonaning tugatish hujjatlari to’liq paketi to’plangandan so’ng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning davlat reestridan chiqarish to’g’risida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ro’yxatdan o’tkazuvchi organga murojaat qiladi:

  1. muhr, burchakli va boshqa shtamplar;
  2. davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma;
  3. bank muassasasining tugatish hisobvarag’i yopilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
  4. maxsus komissiyaning tugatish balansini tasdiqlash to’g’risidagi qarori, soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini ilova qilgan holda;
  5. soliq organining byudjetdan va byudjetdan tashqari jamg’armalardan qarzlarning mavjud emasligi yoki ularning hisobdan chiqarilganligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;
  6. korxonaning hujjatlari Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish to’g’risida qaror qabul qilishda hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:

1.korxonaning tugatilishi to’g’risida matbuotda e’lon beradilar;

2.bank muassasalaridagi foydalanish hukuqini bermaydigan maxsushisobvarag’i hamda kutilmagan holatlar hisobvarag’ini yopadilar;

3.muhrlar va shtamplarni yo’q qilish ro’yxatdan o’tkazuvchi organga topshiradi;

4.ro’yxatdan o’tkazuvchi organga korxonani davlat reestridan chiqarish to’g’risida ariza bilan murojaat qiladilar.

Matbuotda korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lon chiqqandan so’ng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan davlat reestridan chiqarilishi mumkin:

1.korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reestridan chiqarish to’g’risidagi ariza;

2.xo’jalik sudining korxonani tugatish to’g’risidagi qarori;

3.davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning asl nusxasi;

     

4.bank muassasasining foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvarag’i hamda kutilmagan holatlar hisobvarag’i yopilganligini tasdiqlovchi hujjati;

5.soliq organining korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

6.ommaviy axborot vositalarida korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;

7.soliq organi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansi;

8.hujjatlar Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2016-yil 09 dekabr holatiga

Barcha murojaatlar 3304 ta100%
Javob berilgan 3237 ta97.9%
Ko`rib chiqilmoqda 67 ta2.1%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

5
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ