Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

faq ban

Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom

Mazkur Namunaviy nizom «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning davlathokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatito‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
2. Mazkur Namunaviy nizom talablari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiq hay’at majlisida ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari:
mazkur Namunaviy nizom asosida axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibini belgilashi;
ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratishi lozim.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hay’at majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarida va (yoki) maxsus ajratilgan joylarida ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt hamda boshqa zarur axborotlar axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan texnik vositalarga majlis o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirishlari shart.
2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi
6. Axborotdan foydalanuvchi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lish uchun tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga so‘rov bilan murojaat qiladi. So‘rov «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rovlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
7. So‘rov kelib tushgan kuni u tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi tomonidan alohida maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va zudlik bilan ko‘rib chiqiladi. Mazkur jurnal hay’at mas’ul kotibi tomonidan yuritiladi.
8. So‘rovga asosan hay’at mas’ul kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq hay’at majlisida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritadi hamda bu haqda axborotdan foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Ochiq hay’at majlisining o‘tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi o‘zgargan taqdirda, bu haqda axborotdan foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.
9. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.
10. Axborotdan foydalanuvchi ochiq hay’at majlisiga kelmagan taqdirda, hay’at mas’ul kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi.
11. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq hay’at majlisi o‘tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlaydi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisi o‘tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.
Axborotdan foydalanuvchilar sonining ko‘pligi sababli, ularni ochiq hay’at majlisi o‘tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ular ochiq hay’at majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan xonaga joylashtirilishi mumkin.
12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan alohida xona jihozlab qo‘yilishi mumkin.
13. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisi boshlangunga qadar belgilangan joyga yetib kelishi, ro‘yxatdan o‘tishi va belgilangan joyga o‘tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi e’lon qilingandan so‘ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va hay’at majlisiga qo‘yilmaydi.
14. Axborotdan foydalanuvchi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan ochiq hay’at majlisining reglamentida belgilangan tartibda majlisda hay’at a’zolariga savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
15. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan hay’at majlislari davomida hay’at majlisi muhokamasiga taalluqli bo‘lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bo‘yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.
16. Axborotdan foydalanuvchi hay’at majlisi o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.
Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis o‘tkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan hay’at mas’ul kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
17. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq hay’at majlisini fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
18. Hay’at majlisi bayonnomasida ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
3-bob. Yakuniy qoida
19. Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan kelishilgan.

 

Manba: LEX.UZ

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

10
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ