Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

ChIGIT EKISh MAVSUMIGA PUXTA HOZIRLIK

o’tgan yilgi xatolardan kerakli saboq chiqarish va joriy yilgi agrotexnik tadbirlarni mukammal bajarishni taqozo etadi

Shu yilning 11 mart kuni Qo’shtepa tumanidagi Davlatjon Isaqov rahbarligidagi “Oila” fermer xo’jaligida joriy yilgi chigit ekish mavsumiga tayyorgarlik doirasida viloyatimiz fermer xo’jaliklari uchun amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda fermer xo’jaliklari, mahalliy hokimliklar vakillari, Fermerlar kengashi, qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari, suv iste’molchilari uyushmalari, qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarni viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev boshqarib bordi.

2016 yilgi dehqonchilik yilida ba’zi fermer xo’jaliklari tomonidan navlarni joylashtirish, chigit ekish muddatini cho’zib yuborish, qishloq xo’jaligi sohasida ixtisoslashgan ilmiy markazlar agrotexnik tavsiyalariga to’liq rioya etish borasida kamchiliklarga yo’l qo’yilgan edi, –dedi viloyat hokimi. – Bu yil ana shunday nuqsonlar takrorlanmasligi uchun mahalliy sharoitlardan kelib chiqib g’o’za navlarini joylashtirishga jiddiy e’tibor qaratiladi. Chigit ekish yumushlariga tajribali mutaxassislar, hosilotlar keng jalb etiladi. Bu borada suv ta’minoti, biolaboratoriyalar faoliyatini yaxshilash, yangi agrotexnik usullardan samarali foydalanish ustuvor vazifalar sirasiga kiritilgan.

Ta’kidlash o’rinliki, chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish bo’yicha viloyatimizda o’ziga xos tajriba maktabi shakllangan bo’lib, joriy yilda ham ana shu asosda ish yuritish rejalashtirilyapti. Shu maqsadda 95,3 ming gektar maydonda chigit ekishni eng yaxshi muddatda sifatli amalga oshirish, har bir fermer xo’jaligining tuproq-iqlim sharoiti, chigit ekish muddatlari va yillar davomida olingan hosildorlikni tahlil etib, viloyatimiz miqyosida ekish jadvallari ishlab chiqildi. Ekish jadvalllari hududlarda hosilotlar, paxtachilikda yuqori tajribaga ega fermer va dehqonlar hamda mutaxassislar ishtirokida qayta tahlil qilinib, har bir fermerning chigit ekish muddati belgilab olindi.

2017 yil hosili uchun viloyatimizda 70 ming gektar maydonlarga pol olinib, sho’r yuvish ishlari amalga oshirildi. O’tgan yilgi holatlardan kelib chiqib, Markaziy Farg’ona va Qolgandaryo massivlarida sho’r yuvish ishlari ikki marta, sho’rlanish darajasi kuchli bo’lgan maydonlarda uch marta sho’r yuvildi. Shu bilan birga 13 ming gektar maydonga pushta olinib, nam suvi berish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

2013-2017 yillarda sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash Dasturi bo’yicha 2013-2016 yillar davrida 19 ming 800 gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilandi, o’rtacha va kuchli sho’rlangan maydonlar 12 ming 744 gektarga, er osti suv sathi 2 metrgacha bo’lgan maydonlar esa 12 ming 93 gektarga kamaytirildi. Hududlarda 124,5 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanishiga erishildi.

E’tiborlisi, har yilgidan farqli ravishda 2017 yil hosili uchun g’o’zani navlar bo’yicha joylashtirishda fermer xo’jaliklarining takliflari alohida inobatga olindi. Shunga ko’ra “Namangan-77”, “Sulton”, “S-6524”, “Andijon-35”, “S-8290” kabi navlar ekilishi belgilandi. O’tgan yilgi ko’sak qurtiga qarshi kurash tadbirlarida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar chuqur tahlil etilib, zararkunandalarga qarshi biologik usulda kurashish ko’lamini kengaytirish maqsadida 14 ta tumanda bittadan mexanizatsiyalashgan tarmoqqa ega, xizmat ko’rsatish ko’lami 2,5 mingdan 4 ming gektargacha bo’lgan biolaboratoriyalarni tayyorlash ishlari yakunlanyapti. Qo’shtepa, Oltiariq, Beshariq, Rishton, Quva tumanlarida shunday biofabrikalar ishga tushirildi va qolgan tumanlarda 20 martgacha shunday biofabrikalar to’la quvvat bilan ishlashi rejalashtirilyapti.

Bu yil chigit ekish ishlarini eng yaxshi muddatlarda sifatli amalga oshirish maqsadida 134 ta otryadlar shakllantirilib, ularga 557 ta oddiy, 104 ta yuqori unumli, jami 661 ta seyalkalar biriktirildi. Chigit ekish ishlari olib borilishini doimiy nazorat qilib borish va amaliy yordam berish uchun viloyatda va barcha tumanlarda shtablar tashkil etildi. Har bir shtab tarkibida mavsum davomida monitoring olib boruvchi ishchi guruhlar tarkibi shakllantirildi. O’tgan yilgidan farqli ravishda chigit ekish oraliqlari fermer xo’jaliklari talablaridan kelib chiqib belgilandi hamda 50 ming gektar qo’sh qator usulda, 32 ming 300 gektar maydonlar qator orasiga 60 sm va hokazo usulda chigit ekish ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunga qadar ekish uchun zarur bo’ladigan 5 ming 600 tonna urug’lik chigit to’liq tayyorlandi va 46 ta urug’lik tarqatuvchi shaxobchalarda sifatli saqlovga qo’yildi. Bu jarayonda fermer xo’jaliklari talabi asosida urug’liklarni sertifikat bilan etkazib berish tizimi yaratildi. Er tayyorlash ishlari sifatli bajarilishini ta’minlash uchun 134 ta otryadlarga 14 mingdan ortiq texnika va mexanizmlar, xususan, 440 ta haydov traktorlari, 177 ta uzun bazali, 612 ta kalta bazali er tekislagichlar biriktirildi. Texnikalar bilan mart oyining oxirigacha asosiy maydonlarni tekislash bo’yicha jadval ishlab chiqildi. Chigit ekiladigan maydonlarda er tekislash ishlarini amalga oshirish uchun fermer xo’jaliklari dalasiga dizel yoqilg’isini etkazib berishda yoqilg’i quyish shoxobchalari tomonidan 75 ta tashuvchi transport vositalari jalb etiladi. Chigit ekish mavsumi uchun 18 milliard 52 million so’mlik mineral o’g’itlar ajratildi. Bugungi kunga qadar ekishga talab etiladigan kaliy va fosforli mineral o’g’itlar zaxirasi to’liq yaratildi. Chigit ekish yumushlari uchun 81 milliard so’m mablag’ talab etilishi hisob-kitob qilindi va ushbu mablag’ shakllantirilmoqda.

Viloyat er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tizimidagi mutaxassislar tomonidan chigit ekiladigan maydonlarni tekislash va ekilganligi bo’yicha sertifikat asosida ish tashkil qilinadi. Bu jarayonda kadastr xizmati tomonidan er maydoni talab darajasida tayyorlanganligi yuzasidan xulosaviy sertifikat asosida faoliyat olib boriladi. Bunda kadastr xizmati tomonidan er maydoni talab darajasida tayyorlanganligi yuzasidan xulosaviy sertifikat berilganidan so’ng chigit ekishga ruxsat beriladi, chigit ekib bo’linganidan keyin esa haqiqatda chigit to’liq ekilganligi kunlik hisobotga olinadi. Umuman olganda, joriy yilgi chigit ekish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash, kunlik ishlarning monitoringini nazorat qilish, ekish mavsumi mobaynida yuzaga keladigan ayrim muammolarni bartaraf etishda amaliy yodam berish maqsadida hududlarga viloyat tashkilotlari rahbarlari mas’ul etib belgilandi.

Seminar davomida chigit ekish mavsumining barcha yumushlari borasida mutaxassislar tomonidan fermer xo’jaligi rahbarlariga amaliy mashg’ulotlar o’tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar malakali javob qaytarishdi.

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

9
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ